|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 309/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
423
xabarlar shifrlansa, ammo kalitiga oson ega bo‗linsa, u holda shifrlashdan samara
nolga teng bo‗ladi. Agarda Internetga ulangan tarmoqning tashqi trafigi quvvatli
brandmauzerdan o‗tsa, ammo foydalanuvchi Internet tugunlari bilan alohida
o‗rnatilgan modemlar orqali kommutatsiyalanuvchi yo‗llar orqali ulanish
imkoniyati bo‗lsa, u holda brandmauzerga sariflangan mablag‗i (odatda kam pul
emas) bekorga sarflangan hisoblanadi.
Buzilish sodir bo„lganda maksimal himoyalash holatiga o„tuvchi
himoyalash vositalarini ishlatish. Bu turli vositalarga tegishlidir. Agarda tarmoqda
barcha kiruvchi trafikni tahlillovchi qurilma bo‗lsa va u jo‗natilish manzili
oldindan ma‘lum bo‗lgan kadrlarni tashlab yuborsa, buzilish sodir bo‗lgan holda u
tarmoq kirishini to‗liq bloklashi kerak. Buzilish sodir bo‗lganda barcha tashqi
trafikni ichki tarmoqqa o‗tkazib yuboruvchi qurilmani esa hech ham o‗rnatib
bo‗lmaydi.
Xurujni amalga oshishidan va uni bartaraf etishdagi bo„lishi mumkun
bo„lgan ziyon muvozanati. Xavfsizlik tizimining birortasi ham axborotlar
himoyasini 100% kafolatlamaydi, chunki bo‗lishi mumkin bo‗lgan xavf bilan
bo‗lishi mumkin bo‗lgan xarajatlarning kelishuvi natijasidir. Xavfsizlik siyosatini
aniqlashtirilar ekan, ma‘mur axborotlar himoyasini buzulishi natijasida korxona
ko‗rishi mumkin bo‗lgan ziyoning qiymatining kattaligini va bu axborotlarni
himoyalashga talab etiladigan xarajatlar nisbatini kiritishi kerak bo‗ladi. Ba‘zi
hollarda standart odatiy yo‗naltirgichning filtrilash vositalari uchun qimmat
turuvchi tarmoqlar aro ekrandan voz kechish ham mumkin. Asosiysi qabul
qilingan yechimlar iqtisodiy nuqtai nazardan asoslangan bo‗lishi kerak.
424
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
|
| |