1.4. IPv4 va IPv6 protokollarini solishtirish
Ushbu ikki protokollar haqida keltirilgan ma’lumotlardan so‘ng, ularni
solishtirib ko‘rib, jadval tuzamiz.
Изм. Лист
№ документа
Подпись Дата
Лист
447
KURS ISHI5311000.0001 T.YO .
448
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bu ikki protokol bir-biri bilan solishtirilganda
ustunlik va kamchiliklari bor. IPv6 protokolida xavfsizlik choralari ko‘rilgani,
ya’ni IPSec protokolining ishini osonlashtirish uchun qo‘shimcha maydon
qo‘shilganligi, ma’lumotlarning yetib borishi sifati va ishonchliligi, IPv6
asosidagi qurilgan tarmoqning sodda arxitekturaga ega bo‘lishi, ya’ni NAT —
tarmoq manzillarini ishlatmagan holda end-to-end asosida ishlashni tashkil
etgani uchun ham bu protokolga o‘tish eng to‘g‘ri yechimdek ko‘rinishi mumkin,
ammo hozirdagi ko‘plab tarmoq qurilmalarining IPv6 protokolini qo‘llab-
quvvatlamasligi, ko‘plab kontent ma’lumotlardan IPv6 orqali foydalanish ilojsiz
bo‘lgani, qurilmalarni yangilash uchun esa katta xarajat va vaqt talab etilishi
bu protokolni qo‘llashda ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirda
IPv4 adreslari qolmagani va keyingi ulanayotgan yangi foydalanuvchilarni
faqat IPv6 orqali adreslash mumkin bo‘lganligi, IPv6 protokoliga o‘tish
muqarrarligini anglatadi.
Umuman ta’kidlash mumkinki, yangi texnologiyalar yaratilayotgani, Internet
foydalanuvchilarining tobora oshib borayotgani noyob IP adreslarga bo‘lgan
talabni keskin oshirmoqda. Bo‘sh IPv4 adreslari qolmaganligi sababli hozirda
IPv6 protokoliga o‘tish yuzasidan global darajada ish olib borilmoqda.
Изм. Лист
№ документа
Подпись Дата
Лист
448
KURS ISHI5311000.0001 T.YO .
|