Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
444
bitlar) tarmoq adreslarini ifoda etish uchun xizmat qiladi, qolgan ikkita oktet 
esa, ushbu tarmoqlardagi xostlar raqamlarini ifoda etadi. Natijada biz 65534ta 
xostlarning har biridan 16384ta tarmoqlar adreslariga ega bo‘lamiz. Misol 
uchun, «B» sinfi adresidagi 172.16.0.1, tarmoq adresi — 172.16, xost raqami — 
0.1. 
«C» sinf adreslari. «C» sinf tarmoqlari adresdagi katta bitlar 1, 1 va 0 qiymatlari 
bilan aniqlanadi. Birinchi uchta oktet (bitlar 0 dan 23 ga qadar) tarmoqlar 
raqamlarini ifoda etish uchun foydalaniladi, so‘nggi oktet esa (bitlar 24 dan 31 
ga qadar) tarmoqdagi xostlar raqamini o‘zida ifoda etadi. Shunday qilib, 2 097 
152 ta tarmoqqa ega bo‘lamiz, ularning har birida 254ta xost bo‘ladi. Misol 
uchun, S 192.11.2.1 sinfi tarmog‘idagi adresni olaylik, undagi 192.11.2 tarmoq 
adresini o‘zida ifoda etadi, tarmoqdagi xostning raqami esa — 1. 
«D» sinf adreslari. «D» sinf tarmoqlari IP — adresning birinchi to‘rtta bitlarida 
1, 1, 1 va 0 qiymatlari bilan belgilanadi. «D» sinfining adres kengligi tugunlar 
to‘plamini adreslash uchun foydalanuvchi, guruhiy IP — adreslarni ifoda etish 
uchun zahiralashtirilgan. Bu mazkur paketning adres maydonida ko‘rsatilgan 
raqam bilan guruhni tashkil etuvchi bir nechta tugunlarga darhol yetkazilish 
lozimligini anglatadi. 
«E» sinf adreslari. «E» sinf tarmoqlari IP — adresning katta to‘rtta bitlarida 1, 
1, 1 va 1 qiymatlari bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda ushbu diapazon 
adreslaridan foydalanilmaydi. Ular tajriba maqsadlari uchun zahiralashtirilgan. 
Tarmoqostilarni adreslash. «A» sinfi, «V» sinfi va «S» sinfi tarmoqlaridagi xost-
mashinalari raqamlari singari, tarmoqosti adreslari lokal ravishda beriladi. 
Boshqa IP — adreslari singari, tarmoqostining har bir adresi noyobdir. 

Download 5,65 Mb.
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish