1.2.1. IPv4 paketlar formati.IPv4 paketlar formati 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Sarlavha maydonlarining funksional vazifasi quyidagilardan tashkil topgan:
Versiya maydoni (Version) mazkur tarmoqlararo protokol versiyasini
ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda protokolning 4-versiyasi bilan birgalikda (ya’ni 0100
maydonida) protokolning 6-versiyasidan (ya’ni 0110 maydonida) foydalanish
boshlanadi. Sarlavha uzunligi maydoni (Header Length) tarmoqlararo
diagramma sarlavhasining 32 razryadli so‘zlardagi uzunligini ko‘rsatadi. Eng
kam (minimal) uzunlik — beshta so‘z, eng katta (maksimal) uzunlik — 32-
razryadli so‘zlardan o‘n beshtasi. Servis turi maydoni (Type of Service) xizmat
ko‘rsatishning talab etiladigan sifati parametrlarini ko‘rsatadi. Ustuvorlik esa,
har bir deytagrammaga ustuvorlik kodini berish orqali paketlarni uzatilishida
unga ustunliklar beradi. Bitlar: 12 — D (delay) — kechikish, 13 — T
(throughput) — samaradorlik (o‘tkazish qobiliyati), 14 — R (reliability) —
ishonchlilik, S (cost) — narxi.
Paketning to‘liq uzunligi maydoni (Total Length) deytagrammaning sarlavha va
foydali ish yuki bilan birga, oktet(bayt)lardagi umumiy uzunligini belgilaydi.
Paketning to‘liq uzunligi 65535 bayt (216-1 65 535)gacha yetishi mumkin.
Umumiy identifikator maydoni (Identification) tarmoqlararo deytagrammalar
Изм. Лист
№ документа
Подпись Дата
Лист
441
KURS ISHI5311000.0001 T.YO .
442
fragmentlarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Bayroq (Flag) maydoni
deytagrammalarni fragmentatsiyalash imkoniyatini ta’minlaydi hamda
fragmentatsiyadan foydalanishda deytagrammaning so‘nggi fragmentini
identifikatsiyalash imkonini beradi. «Flaglar» maydonining 0 biti zahirada
bo‘lib, 1 esa paketlarni fragmentatsiyasini boshqarish uchun xizmat qiladi (0 —
fragmentatsiyalash ruxsat etiladi; 1 — taqiqlanadi), 2 biti mazkur fragment
so‘nggisi yoki so‘nggisi emasligini aniqlaydi (0- so‘nggi fragment; 1 — davomini
kutmoq lozim).
Fragmentli
siljitish
maydoni
mazkur
fragmentning
tarmoqlararo
deytagrammadagi o‘rnini ko‘rsatadi. Birinchi fragment nolga teng siljishga ega.
Qandaydir sabablar natijasida ushlab (kechiktirib) qolingan paketlarni
tarmoqdan bartaraf etish uchun sarlavhadagi yashash vaqti maydonida paket
tarmoqda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan vaqt ko‘rsatiladi. Ushbu vaqt qiymati
paketning tarmoq bo‘ylab qurilmalardan o‘tishi sayin kamayib boradi. U tamom
bo‘lganida, jo‘natuvchi tegishli ICMP-xabar bilan xabardor qilingan holda, paket
yo‘q qilinadi. Bunday chora tarmoqni siklik marshrutlardan va haddan tashqari
ish bilan yuklashdan himoya qiladi. «Yashash vaqti» soniyalarda — ko‘pi bilan
255 soniya (taxminan 4,3 daqiqa) etib beriladi [2].
Protokol turi (Protocol) maydoni foydalaniladigan yuqori sath (ICMP — 1, IGMP
— 2, TCP — 6, UDP — 17) protokolini aniqlaydi. Sarlavhaning nazorat yig‘indisi
maydoni (Header Checksum). Paketning adres (adres) qismi buzib ko‘rsatilish
Изм. Лист
№ документа
Подпись Дата
Лист
442
KURS ISHI5311000.0001 T.YO .
|