|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 325/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)1.1 IP protokoli.Internetda ko‘plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin
asosiylaridan biri bu — IP-paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‘lmagan
transport muhitini taklif etadi. Mazkur protokolning ma’lumotlarni uzatish
algoritmi juda ham oddiy: xato hollarda deytagramma tashlab yuboriladi,
jo‘natuvchiga esa tegishli ICMP-xabar yuboriladi (yoki hech narsa
yuborilmaydi). IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlarni ta’minlash uchun
to‘rtta asosiy mexanizm qo‘llaniladi: xizmat ko‘rsatish turi, paket yashash vaqti,
sarlavhaning nazorat yig‘indisi, qo‘shimcha imkoniyat(opsiya)lar [2]. Xizmat
Изм. Лист
№ документа
Подпись Дата
Лист
440
KURS ISHI5311000.0001 T.YO .
441
ko‘rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning tarmoqlararo tizim orqali
uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‘rsatishi uchun foydalaniladi.
Paketning yashash vaqti tarmoqdagi deytagramma mavjud bo‘lish vaqtining
yuqori chegarasini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich jo‘natuvchi tomonidan beriladi
va
tarmoqlararo
deytagrammaning
marshrut
nuqtalari
bo‘ylab
harakatlanishiga ko‘ra kamayib boradi. Tarmoqlararo deytagramma vaqti
qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‘lsa, u holda ushbu
deytagramma yo‘q qilinadi. Sarlavhaning nazorat yig‘indisi undagi ma’lumotlar
himoyasini ta’minlaydi. Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa, u holda
ushbu tarmoqlararo deytagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‘q
qilinadi. Qo‘shimcha imkoniyatlar ayrim qo‘shimcha xizmatlar bajarilishini
ta’minlaydi, masalan, ma’lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish
usullari.
1.2. IPv4 protokoli.IPv4 protokoli o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan.
232 ta adreslarini taqdim eta olish imkoniga ega bo‘lgan bu protokol bir qancha
kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, adreslar soni barcha ehtiyojlarni qondirish
uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari ushbu protokolda
ko‘rib chiqilmagan.
|
| |