|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 327/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
443
ehtimolini kamaytirish va uning natijasi — uning aynan adresga yuborilmasligi
(va yo‘qolishi)ning oldini olish uchun, sarlavha paketi 2 bayt o‘rin egallaydigan
va butun sarlavha bo‘ylab hisoblanadigan tekshirish ketma-ketligi — nazorat
yig‘indisi bilan yuboriladi. Sarlavhada bo‘lgan IP-adreslar (jo‘natuvchining IP-
adresi (Source Address) qabul qilib oluvchining IP-adresi (Destination Address)
tarmoq obyektlari — so‘nggi ko‘rsatma va marshrutlashtiruvchilarning 32-
bitlik identifikatorlari bo‘lib xizmat qiladi. IP ning yordamchi ko‘rsatkichlari
maydoni (IP optsiyalari) (Options) — qo‘shimcha xizmatlar bor yoki yo‘qligini
aniqlaydi. O‘zgaruvchan uzunlikka ega va tarmoqlararo deytagrammada
bo‘lishi va bo‘lmasligi mumkin. To‘ldiruvchi maydon (Padding) sarlavhani 32-
razryadli chegaraga moslashtirish (to‘g‘rilash) uchun qo‘llaniladi. [2]
1.2.2.
IPv4
protokolini
adreslashdagi
umumiy
tamoyillar
IP-adreslash asoslari. IP-adres o‘nlik sonlarda ifoda etilgan, W.X.Y.Z shaklida
nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni ajratish uchun
foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob to‘rt oktetlik (32-bitlik) kattalikni
o‘zida ifoda etadi. Adresning 32 biti ikki qismdan iborat: tarmoq yoki aloqa
adresi (o‘zida adresning tarmoq qismini ifoda etuvchi) va xost adresi (tarmoq
segmentida xostni identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi xostlar soni
bo‘yicha ajratish IP-adreslarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi. IP-
adreslarning 5 ta: A, B, C, D va E sinflari mavjud. Faqatgina A, V va S sinflari
adreslari noyob sifatida foydalanilishi mumkin. D sinfiga oid adreslar tugunlar
to‘plamiga murojaat qilish uchun qo‘llaniladi, «E» sinfiga oid adreslar esa
tadqiqot olib borish maqsadida zahiralashtirilgan va hozirgi vaqtda ulardan
foydalanilmaydi. Bundan tashqari, barcha sinflardagi bir necha adreslar maxsus
maqsadlar uchun zahiralashtirilgan.
«A» sinf adreslari. «A» sinf tarmoqlari adresdagi eng katta (chap) bitning 0
qiymati bilan aniqlanadi. Birinchi oktet (0 dan 7 gacha bitlar) adresdagi chap
bitdan boshlanadi. Ushbu oktet tarmoqdagi tarmoqosti (tarmoqning ichidagi
kichik tarmoq)lar sonini belgilaydi, ayni vaqtda, qolgan uchta oktet (8 dan 31
ga qadar bitlar) tarmoqdagi xostlar sonini ifoda etadi. Misol uchun, tarmoqdagi
A 124.0.0.1 sinfi adresini olaylik. Bunda 124. — tarmoq adresini ifoda etadi,
adres oxiridagi 0.0.1 esa, ushbu tarmoqdagi birinchi xostni anglatadi. «A» sinfi
adreslari yordamida, har bir tarmoqda faqatgina 16 777 214 (224-2) ta
xostlarni ifoda etish mumkin.
«B» sinf adreslari. «B» sinf tarmoqlari adresning katta bitlarida 1 va 0
qiymatlar bilan belgilanadi. Adresdagi birinchi ikkita oktet (0 dan 15 ga qadar
Изм. Лист
№ документа
Подпись Дата
Лист
443
KURS ISHI5311000.0001 T.YO .
|
| |