|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 330/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)1.3.1. IPv6 paketlar formati 2-rasmda IPv6 sarlavhasining formati aks
ettirilgan.
«Versiya» maydoni Internet protokoli versiyasining 4 bitlik kodi raqami.
Ustuvorlikning 4 bitlik «Ustuvorlik» maydoni IPv6 sarlavhasida jo‘natuvchiga
paketlarni yetkazishning nisbiy ustuvorligini identifikatsiyalash imkonini
beradi. Ustuvorliklarning qiymatlari ikki diapazonga bo‘linadi. 0 dan 7 gacha
kodlar trafik ustuvorligini berish uchun foydalaniladi. U uchun jo‘natuvchi
ortiqcha yuklanish ustidan nazoratni amalga oshiradi (misol uchun, ortiqcha
yuklanish signaliga javoban TSR oqimini pasaytiradi). 8 dan 15 gacha bo‘lgan
qiymatlar trafik ustuvorligini aniqlash uchun foydalaniladi. U uchun ortiqcha
yuklanish signaliga javoban oqimni pasaytirish amalga oshirilmaydi. Misol
uchun, doimiy (turg‘un) chastota bilan yuboriladigan «real vaqt» paketlari
holida.
Изм. Лист
№ документа
Подпись Дата
Лист
445
KURS ISHI5311000.0001 T.YO .
446
«Oqim belgisi» — oqim belgisining 24 bitlik kod maydoni IPv6 sarlavhasida
jo‘natuvchi tomonidan paketlarni ajratish uchun foydalanilishi mumkin. Ular
uchun marshrutlashtiruvchida maxsus qayta ishlash talab etilmaydi. Misol
uchun, nostandart QoS yoki «real-time» xizmati kabi. Ma’lumotlar o‘lchami —
belgisiz 16 bitlik son. O‘zida ma’lumotlar maydonining oktetlardagi uzunlik
kodini tashiydi va u paket sarlavhasidan so‘ng keladi. Agar kod 0 ga teng bo‘lsa,
u holda ma’lumotlar maydoni uzunligi jumboq ma’lumotlar maydonida yozilgan
bo‘ladi va u o‘z navbatida, optsiyalar zonasida saqlanadi. Keyingi sarlavha — 2
bitlik ajratuvchi. IPv6 sarlavhadan keyin bevosita keluvchi sarlavha turini
identifikatsiyalaydi. IPv4 protokoli ishlatadigan qiymatlardan foydalanadi.
Qadamlarning chegaralangan soni (paketning maksimal yashash vaqti) — 8
bitlik belgisiz butun son. Paket o‘tuvchi har bir tugunda bittaga kamayadi.
Qadamlar nolga teng bo‘lganda paket yo‘q qilinadi. IPv4 dan farqli o‘laroq, IPv6
tugunlari paketlarning maksimal yashash vaqtini belgilanishini talab etmaydi.
Shu sababli IPv4 «time to live» (TTL) maydoni IPv6 uchun «hop limit» —
qadamlarning chegaralangan soni deb nomlangan. Amaliyotda unchalik ko‘p
bo‘lmagan IPv4 ilovalar TTL bo‘yicha cheklovlardan foydalanadilar.
«Jo‘natuvchi adresi» va «Qabul qilib oluvchining adresi» maydonlariga adres
uzunligi IPv4 ga nisbatan uzun bo‘lganligi uchun 128 bit ajratilgan.
|
| |