Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
99
Semiconductor RAM), u o‗zining akkumulyatoridan doimiy quvvatlanadi; unda 
tizimning har bir yoqilganida tekshiriladigan ShK ning apparat tarkibi haqidagi 
axborot (kompyuterda mavjud barcha apparatlar haqida) saqlanadi. 
Tashqi xotira. Tashqi xotira shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalariga 
kiradi va masalani yechish uchun qachondir kerak bo‗ladigan axborotlarni uzoq 
vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotira qurilmasida kompyuterning 
barcha dasturiy ta‘minoti saqlanadi. Tashqi xotiraning har xil turlari mavjud, 1.8-
rasmda keltirilgan tashqi xotira turlari-qattiq diskdagi jamlovchilar amaliy jihatdan 
har bir kompyuterda bor. 
Bu jamlovchilarning vazifasi–katta hajmdagi axborotlarni saqlash, yozish va 
so‗rov bo‗yicha operativ xotira qurilmasiga uzatish. Tashqi xotira qurilmasi 
sifatida keng miqyosda optik disklarda jamlovchi qurilmalar ham ishlatilmoqda 
(SD–Compact Disk, DVD–Digital Versatile Disk), flesh-diskda jamlovchilar va 
kamroq kassetadagi magnit tasmali xotira qurilmalari (MTXQ, strimmerlar), diskli 
magnitooptik jamlovchilar (DMOJ). 
Energiya ma‘nbai. Energiya manbai–blok, shaxsiy kompyuterni elektr 
tarmog‗idan va alohida energiya manbaidan ta‘minlash vositasi. 
Taymer. Taymer–bu kompyuterning ichidagi real vaqt soati, avtomatik 
ravishda hozirdagi vaqt ko‗rsatkichlarini beruvchi (yil, oy, soat, minut, sekund va 
sekundning qismi). Taymer alohida elektr manbai-akkumulyatorga ulanadi–va 
kompyuter manbadan uzilganda ham u o‗z ishini davom ettiradi. 


 
100
1.3.1. Tashqi qurilmalar va funksional xarakteristikalari 
Tashqi qurilmalar. ShK ning tashqi qurilmalari (TQ)–har qanday hisoblash 
majmuasining tarkibiy qismi, TQ ning narxi shaxsiy kompyuter narxining 80–90% 
ini tashkil etishi mumkin. 
Shaxsiy 
kompyuterning 
tashqi 
qurilmalari 
atrof-muhit 
hamda 
foydalanuvchilar, boshqarish obyekti va boshqa kompyuterlar bilan muloqotini 
ta‘minlaydi. 
Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi: 

tashqi xotira qurilmalari (TXQ) yoki ShK tashqi xotirasi; 

foydalanuvchining muloqot vositalari; 

axborotni kiritish qurilmalari; 

axborotni chiqarish qurilmalari; 

telekommunikatsiya va aloqa vositalari. 
Foydalanuvchining muloqot vositalari o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi: 

ko‗rsatuv monitori (ko‗rsatuv terminali, displey)–shaxsiy kompyuterga 
kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni aks ettirish uchun mo‗ljallangan 
qurilma; 

nutqni kiritish-chiqarish qurilmasi–multimedianing tez rivojlanayotgan 
vositasi. Bular turli mikrofonli akustik tizimlar, inson tomonidan aytilayotgan so‗z 
va harflarni tanishga imkon beruvchi va ularni identifikatsiyalovchi va 
kodlashtiruvchi 
murakkab dasturiy ta‘minotga ega bo‗lgan ―tovushli 
sichqonchalar‖, kompyuterga ulangan tovush karnaylari yoki dinamik orqali hosil 
qilingan so‗zlar va harflarni raqamli kodlarga o‗zgatirishni amalga oshiruvchi 
tovush sintezatorlari. 
Axborotlarni kiritish qurilmalariga quyidagilar kiritiladi: 

klaviatura-shaxsiy kompyuterni boshqarish, matinli va sonli axborotlarni 
kiritish uchun xizmat qiluvchi qurilma; 



Download 5,65 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish