96
1.3 § Mikroprotsessor vazifalari
Mikroprotsessor (MP)–shaxsiy kompyuterning markaziy qurilmasi bo‗lib,
kompyuterning barcha bloklarini boshqarish va axborotlar ustida arifmetik hamda
mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‗ljallangan.
Boshqarish qurilmasi (UU) kerakli vaqt momentlarida kompyuterning
barcha bloklariga ma‘lum boshqarish signallarini (boshqarish impulslarini)
bajarilayotgan
operatsiyalarning
xususiyatlaridan
va
oldingi
bajarilgan
operatsiyaning natijasidan
kelib chiqqan holda beradi; bajarilayotgan operatsiya
ishlatadigan xotira yacheykasining manzilini hosil qiladi va bu manzilni
kompyuterning
tegishli blokiga uzatadi; boshqarish qurilmasi tayanch impulslar
ketma-ketligini takt impulslar generatoridan oladi.
Mikroprotsessorning tarkibiga bir necha komponentlar kiradi:
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) barcha arifmetik va mantiqiy
operatsiyalarni sonli va belgili axborotlar ustida bajarish uchun mo‗ljallangan
(kompyuterlarda
operatsiyalarning
bajarilishini
tezlatish
uchun
AMQga
qo‗shimcha matematik soprotsessor ulanadi).
Mikroprotsessor xotirasi (MPX) bevosita yaqin taktlarda axborotni qisqa
vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun ishlatilishga mo‗ljallangan; kompyuterni
yuqori tezlik bilan ta‘minlash uchun
MPX registrlarda qurilgan, tezkor
mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun asosiy xotira esa har doim ham zarur
bo‗lgan axborotni yozish, qidirish va o‗qish tezligini ta‘minlab bera olmaydi.
Registrlar–xotiraning turli uzunlikdagi tezkor yacheykalaridir (OX yacheykasidan
farqli, ularda standart uzunligi 1 bayt va tezligi ancha kam).
Mikroprotsessorning interfeys tizimi ShKning boshqa qurilmalari bilan ulash
va aloqasini tashkil etish uchun mo‗ljallangan; o‗z
tarkibiga MPning ichki
interfeysini, buferli xotira registrlarini va kiritish-chiqarish portlarini boshqarish
sxemalarini hamda tizimli shinani oladi.