|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
92
butun boshli sinfi qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib
chiqaradi.
Tashkilotni boshqarishning yuqorida ko‗rib chiqilgan tizimi o‗nta kibernetik
nuqtayi nazardan yondashuviga ko‗ra belgilangan. Agar boshqaruv tizimi haqida
ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bo‗lsak, yuqorida qayd etilganlardan tashqari
tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi, xodimlar, vazifani
bajarish choralarini ko‗rish, tashkilotning ichki madaniyati va hokazo omillar ta‘sir
ko‗rsatadi. Xo‗sh, ta‘sir ko‗rsatish nima degani? Bu axborot tizimida qanday
axborot mavjudligi, u qanday saqlanishi, qay yo‗sinda qayta ishlanishi, ushbu tizim
qanday ishlashi va hokazolarni oldindan belgilashni anglatadi.
1.2.5. Ko‗p mashinali va ko‗p protsessorli hisoblash tizimlari
Ko‗p mashinali hisoblash kompleksi-qator o‗rnatilgan hisoblash mashinalari
guruhi bo‗lib, maxsus tutashtiruvchi vosita yordamida birlashtirilgan. Ular
birgalikda yagona axborot jarayonini bajaradi.
Ko‗p mashinali hisoblash kompleksi quyidagicha bo‗lishi mumkin:
• lokal-kompyuterlar bitta binoda o‗rnatilgan sharoitda o‗zaro aloqa uchun
maxsus asbob-uskuna va alohida aloqa kanali talab qilmaydi;
• masofali (distansion)-kompleksning ayrim kompyuterlari markaziy
EHMdan ma‘lum masofada o‗rnatilgan bo‗ladi va bu ma‘lumotlarni uzatish uchun
telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi.
1-misol. Axborotlarni paketli qayta ishlash rejimini ta‘minlovchi meynfreym
turidagi EHMga bog‗lovchi qurilma yordamida mini EHM ulangan. Har ikki EHM
bitta mashina zalida turibdi. Mini EHM keyinchalik meynfreymdagi murakkab
masalalarni yechishda foydalaniladigan ma‘lumotlarni tayyorlaydi va oldindan
qayta ishlab chiqadi. Bu ko‗p mashinali lokal kompleks sanaladi.
2-misol. Qayta ishlanishga keladigan masalalarni qayta taqsimlash uchun
kompleksga uchta EHM birlashtirilgan. Ulardan biri dispetcherlik vazifasini
|
| |