Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
88
nazarda tutish kerakki, tezkor hal qilishni talab etuvchi oddiy masalalar nisbatan 
ko‗p yuzaga keladi. Demak, ular uchun tezkor hal qilinadigan, nisbatan quyi 
boshqaruv darajasi qabul qilinadi. Boshqaruv paytida shuningdek, qabul 
qilinadigan qarorlarni amalga oshirish dinamikacini ham hisobga olish zarur. Bu 
hol boshqaruvga vaqtinchalik omil nuqtayi nazaridan qarash imkonini beradi. 
Tezkor boshqaruv darajasi ko‗p marta qaytariluvchi vazifalar va 
operatsiyalarini hal etishini hamda keladigan joriy axborotlar o‗zgarishini qayd 
etishni ta‘minlaydi. Mazkur darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham
boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham yetarlicha yuqori. Uni 
ko‗pincha, vaziyat o‗zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor 
boshqaruv darajasi, deb ham yuritishadi. 
O‗rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan 
axborotlarni oldindan tahlil etishni talab qiladigan masalalar yechimini 
ta‘minlaydi. Mazkur darajada boshqaruvning tahlil vazifalari keng ahamiyatga ega 
bo‗ladi. Hal etiladigan masalalar hajmi kamayadi, biroq ularning murakkabligi 
oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab chiqish imkoni 
bo‗lmaydi. Buning uchun yetmagan ma‘lumotlarni yig‗ish, tahlil etish va 
fikrlashga qo‗shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan to 
qaror qabul qilish va uni amalga oshirguncha, shuningdek, qarorni amalga oshirish 
vaqtidan to unga bo‗lgan ta‘sirni qayd etguncha bo‗lgan ayrim oraliq to‗xtalishlar 
bilan bog‗liq. 
Strategik daraja tashqilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga 
erishishga yo‗naltirilgan boshqaruv qarorlarni tanlashni ta‘minlaydi. Modomiki, 
qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o‗tgach ko‗rinar ekan, ushbu 
darajada strategik rejalashtirsh kabi boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega. 
Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha to‗liq ishlab 
chiqilmagan. Ko‗pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq 
muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qarorning 



Download 5,65 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish