|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
86
1.2.4. Axborot hisoblash tizimlarining turlari,vazifalari va tarkibiy
tashkillanishi
Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi
jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta‘sirlar haqida axborotga ega bo‗linadi va
uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yigish, uzatish, qayta ishlash va saqlash
vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur
tashkilotning axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir,
chunki axborot o‗zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan
vazifalarga bog‗liq. Axborot tizimiga kiradigan ma‘lumot sifatida axborotni
shakllantiruvchi axborot manbalari va ma‘lumotlarni yig‗ish tizimi ko‗rib
chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish,
ya‘ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak,
axborot tizimi axborotni boshlang‗ich yig‗ish va undan ikkilamchi foydalanish
tizimi bilan o‗zaro bog‗liq.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish
tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta‘sir
ko‗rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi. Axborot tizimi
tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo‗lishi bilan
bog‗liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya‘ni texnologik va mazmuniy
jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondashuv uni axborot
protseduralarini (ma‘lumot yig‗ish, ro‗yxatga olish, uzatish, sakpash, jamlash,
qayta ishlash va hokazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog‗liq boshqaruv
jarayonlarining biri sifatida ko‗rib chiqishini ko‗zda tutadi. Protseduralarni bajarish
tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro‗y beradi.
Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga
yo‗naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondashuv u yoki bu tashkilotning funksional
vazifasi bilan bog‗liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko‗rsatkichlar,
|
| |