|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
81
ATM texnologiya, shu jumladan, Intelning raqamli uyi uchun faol
masofaviy boshqarish texnologiyasini Active Management Technology oldinga
surmoqda. Bu texnologiya quyidagilarni ta‘minlaydi:
tarmoq tizimlarini ularning holatidan qat‘iy nazar masofaviy boshqarish
imkoniyati;
tarmoq tizim qurilmalarini masofaviy tashxislash va buzilishlarni bartaraf
etish imkoniyati;
dasturiy ta‘minotni avtomatik ravishda masofaviy yangilash;
viruslardan himoyalanishni ta‘minlash.
Intel Active Management Technology korporativ masalalarni hal qilish
uchun mo‗ljallangan, bunda gap nafaqat serverli tizimlar haqida, balki korporativ
hisoblash tizimostilari va hatto stol usti ShK hamda xizmatchilarning noutbuklari
haqida yuritilmoqda. Shunday qilib, Intel Active Management Technology
yordamida masofadan turib barcha mijozlarning kompyuterlarida dasturiy
ta‘minotni o‗zgartirish va viruslar bilan shikastlangan kompyuterlarni korporativ
tarmoqning boshqa kompyuterlaridan ajratib qo‗yishni amalga oshirish mumkin.
AMT texnologiyasi Lyndon stol usti kompyuterlar uchun platformada va
Bensley server platformasida joriy etilgan. Bu texnologiyaning asosiy afzalligi
operatsion tizimni yuklashdan oldingi bosqichda tarmoq bo‗ylab masofadagi
kompyuterni boshqarish, bunda foydalanuvchiga maʻmuriyatning tashriflar soni
jiddiy kamayadi, ishsiz turib qolishlar kamayishi natijasida qurilmalarga xizmat
ko‗rsatish narxi kamayadi, bu ayniqsa, kompyuterlar soni ko‗p bo‗lgan korxonalar
uchun dolzarb hisoblanadi.
AMT bilan Virtualization Technology birgalikda, Vanderpool texnologiyasi
bilan (bitta kompyuterda bir necha operatsion tizimlarni ishlatishga imkon
beruvchi), Extensible Firmware Interface mikrodastur bilan, EFI (kompyuterda OT
yuklanguncha ba‘zi amallarni quvvatlovchi) va La Grande texnologiyalari
(viruslardan himoyani ta‘minlovchi) *T platform nomi bilan Intel platformasiga
|
| |