|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
90
Shunday qilib, milliy iqtisod tarmog‗ining turli boshqaruv darajasida
boshqaruv jarayoni to‗g‗risida axborot olish diskretligi turlichadir. Xuddi
shuningdek, tashkilotning boshqaruv organi tomonidan maqsadga muvofiq ushbu
jarayonni tuzatish zaruriyati axborot olish chastotasiga ko‗ra yuzaga keladi yoki
kelmaydi.
Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo
bo‗lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida
boshqaruvga ehtiyoj bo‗ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan
tayyorlangan axborot talab qilinadi.
Axborot tizimi. Tegishli tashkilotlar (obyektlar)da faoliyat ko‗rsatuvchi va
turlicha tuziluvchi axborotlar majmuiu axborot tizimini tashkil etadi. Axborot
tizimlarining asosiy vazifasi—barcha resurslarni samarali boshqarish uchun
tashkilotlarga kerakli bo‗lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish
uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. Boshqaruv tizimini ko‗rib
chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko‗rsatish
mumkin: strategik, taktik va tezkor (8-rasm). Har bir darajaning o‗z vazifalari
bo‗lib, ularni hal etishda axborotga bo‗lgan ehtiyoj, ya‘ni axborot tizimiga nisbatan
talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan.
Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan
foydalanib javoblarni shakllantirish imkonini beradi. Shunday qilib, boshqaruvning
har bir darajasida kerakli qarorni qabul qilish uchun asos bo‗luvchi axborot paydo
bo‗ladi.
Boshqaruv darajasi ahamiyatliligiga ko‗ra qancha yuqori bo‗lsa,
mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish
hajmi shuncha kam bo‗ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining murakkabligi va
intellektual imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chog‗idagi roli
ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi
axborotga muhtoj bo‗ladi.
|
| |