|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
78
Intel kompaniyasining ko‗p dolzarb texnologiyalari ―raqamli uy‖da
ishlatilgan. Raqamli uy g‗oyasi (Intel Digital Home) 1990-yillarda taklif etilgan.
O‗sha yillari Digital Home Working Group uyushma (alyans) tashkil etilgan,
keyinchalik nomi Digital Living Network Alliance (DLNA) deb o‗zgartirilgan va u
standartlarni, protokollarni, qurilmalarni, dasturiy ta‘minotni va raqamli uyning
boshqa qismlarini loyihalashtirish uchun xizmat qilgan. Raqamli uy g‗oyasi uy va
ofis qurilmalar muloqotini amalga oshiruvchi majmua yaratishni nazarda tutgan,
yaʻni dam olish yoki ishlash jarayonida xohlagan vaqtda xohlagan axborotga ega
bo‗lishning interaktiv imkoniyatini havola qiluvchi majmuadir.
Raqamli uy (o‗xshash g‗oyalar ham mavjud, raqamli ofis va raqamli
korxona) bu elektronika bilan texnikaning oxirgi so‗zi bo‗yicha jihozlangan, u
yashovchining hayoti va dam olishini yengillashtiruvchi vositadir. Bu uyda ko‗p
vaqt oladigan uy-ro‗zg‗or ishlarini maksimum texnika yordamida bajariladi (xuddi
kompyuter texnikasini uy-ro‗zg‗or texnikasiga ko‗chishi ro‗y bergani kabi), uning
natijasida dam olish va ijod qilish uchun ko‗p vaqt qoladi, uni ham uyda
optimallashtirish mumkin. Kompyuter texnikasi keng doiradagi masalalarni hal
qila boshladi, uy-ro‗zg‗or elektronikasining boshqa qismlarini faol integrallashtirib
va ko‗pincha, ularni o‗rnini egallash orqali amalga oshirildi. Kompyuterlarni
o‗zining an‘anaviy tatbiqidan tashqari, dam olish bo‗yicha, masalan, audio
yozuvlarni va videofilmlarni ko‗rib chiqish, televizorni ko‗rish va radioni eshitish
hamda kerakli audio, video axborotlarni yozib olish mumkin. Va buning hammasi
juda ham optimallashtirilgan holda tashkillashtiriladi. Kompyuter qandaydir virtual
raqamli koinotning markaziga aylanib qolganday bo‗ldi. Internetga va boshqa
axborot-hisoblash tarmoqlariga simsiz ega bo‗lishni ta‘minlab, kompyuter raqamli
uyning barcha elektron qurilmalar uchun yaxlit yagona axborotlar bazasini
yaratadi, raqamli axborotni taqsimlash, saqlash va yaratish uchun xizmat qiladi.
Raqamli uyning unifikatsiyalashtirilgan platformasi (Uin-Fi) o‗z tarkibiga
quyidagilarni oladi:
|
| |