76
Bir yadroli Core Solo mikroprotsessori juda past energiya iste‘mol qiladi va
asosan, mobil kompyuterlarda ishlatish uchun mo‗ljallangan.
Ular multimediali
ilovalarda, kompyuter o‗yinlari avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlarida
yuqori unumdorlikni ta‘minlaydi.
Ikki yadroli Core 2 Duo protsessorlarining
yadrosi egallaydigan maydon
yuzasi 1,44 sm
2
va uning yuzasida 200 mln. dan 400 mln. gacha tranzistor
joylashgandir. Ular takt davomida 4 ta ko‗rsatmani (instruksiya)
bajarishlari
mumkin (Wide Dynamic Execution Intel texnologiyasi) va ish jadalligini
yo‗qotmasdan (Advanced Media Boost Intel texnologiyasi) SSE3 to‗plamidan 128-
bitli SIMD operatsiyalarini amalga oshira oladi.
Core 2 Duo mikroprotsessori axborot shinasining chastotasidan 4 hissa ortiq
(quad-pumped texnologiyasi) va manzillar shinasining chastotasidan 2
hissa ortiq
(double-clocked texnologiyasi) chastota bilan axborotlarni uzatishga imkon beradi.
Mikroprotsessorlar har bir yadrosida L1 kesh 64 Kbayt (32 axborotlar
uchun, 32 buyruqlar uchun) va ikki yadro uchun umumiy bo‗lgan L2 keshga ega, u
ikki yadro bir xil axborotlar to‗plami bilan ishlaganda
ushlanishlarni jiddiy
kamaytiradi. Advanced Smsrt Cache Intel texnologiyasi zarur bo‗lgan taqdirda L2
keshini yadrolar yuklanishlariga mos ravishda o‗zaro bo‗lib olishga imkon beradi.
Net Burst va Centrion Intel texnologiyalaridan tashqari, Core yo‗nalish
mikroprotsessorlari quvvatlovchi boshqa texnologiyalarini
ham qayd qilib
o‗tishimiz kerak:
Intel Smart Memory Access–MP ishini tezlashtirishga imkon beruvchi
axborotlarni dastlabki tanlashning samarali mexanizmi;
Intel Virtualization Technology (VT)–virtuallashtirish texnologiyasi. VT
bu protsessorning apparat to‗plamlar resursi bo‗lib, u mos dasturiy ta‘minot bilan
birgalikda virtuallashtirishni quvvatlaydi (virtual mashinalarni tashkillashtirish).
Virtuallashtirish quyidagilarni ta‘minlaydi: AT-resurslar
narxini pasaytiradi, tizim