• 5.3.3 Ma’lumotlarni filtrlash
  • Ajratilgan fragment bo‘yicha filtr
  • Поиск и замена по умолчанию




    Download 1 Mb.
    bet17/26
    Sana13.06.2024
    Hajmi1 Mb.
    #263151
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
    Bog'liq
    Nasiba

    Поиск и замена по умолчанию (Default find/replace behavior) gurushida kerakli qidiruv turi tanlanadi: поле - целиком (Fast search), везде - любая часть (General search), поле - с начала (Start of field search).

  • ОК tugmasi bosiladi.

    5.3.3 Ma’lumotlarni filtrlash


    Microsoft Access da filtrlash yo‘li bilan yozuvlarni ajratib olishning to‘rtta usuli inobatga olingan:

    • Ajratilgan fragment bo‘yicha filtr;

    • Oddiy filtr;

    • Фильтр для (Filter For) maydoni;

    • Kengaytirilgan filtr.

    Ajratilgan fragment bo‘yicha filtr, oddiy filtr va Фильтр для (Filter For) maydoni yozuvlarni ajratib olishning eng sodda usullari hisoblanadi. Bularning ichida eng oddiysi ajratilgan fragment bo‘yicha filtr hisoblanadi. U tanlangan maydondagi ma’lum qiymatli barcha yozuvlarni topish imkoniyatini beradi. Oddiy filtr bir nechta maydon qiymatlari bo‘yicha yozuvlarni tanlash bo‘yicha ishlatiladi. Филтр для (Filter For) maydoni kiritish fokusi jadval maydonida joylashganda va izlanayotgan aniq qiymatni yoki ifodani kiritish uchun ishlatiladi. Uning natijasi tanlash harti sifatida qo‘llaniladi. Murakkab filtrlarni yaratish uchun kengaytirilgan filtr oynasidan foydalanish tavsiya qilinadi.
    Filtrlash jarayonida tanlangan yozuvlar to‘plami natijaviy to‘plam deyiladi.

    Ajratilgan fragment bo‘yicha filtr


    Ajratilgan fragment bo‘yicha filtrni ishlatish uchun quyidagi amallar bajariladi:

    1. Таблицы rejimida ob’ekt maydonida yozuvlar tashkil etuvchi qiymat topiladi. Bu qiymat filtr qo‘llanilganda natijaviy to‘plamga kiritiladi.

    2. Bu qiymat tanlanadi va uskunalar panelidagi Режим таблицы (Table Datasheet) ning Фильтр по выделенному (Filter by Selection) tugmasi bosiladi.

    Jadvallar yoki shakllar saqlanganda filtrlar avtomatik ravishda saqlanadi. Shunday qilib jadvallar yoki shakllar qaytadan ochilganda saqlangan filtrni yana qo‘llash mumkin.
    Filtr tanlangan qiymatdan tashkil topmaydigan yozuvlarni ham tanlash imkonini beradi. Buning uchun qiymatni tanlash, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Исключить выделенное (Filter Excluding Selection) buyrug‘ini bajarish zarur.

    Rasmda (Northwind) demonstratsion ma’lumotlar bazasining "Заказы" (Orders) jadvaliga ajratilgan bo‘yicha filtrni qo‘llab olingan natijaviy to‘plam ko‘rsatilgan.
    Bu natijani olish uchun quyidagilar bajariladi:

    1. Таблицы holatida "Заказы" jadvali ochilsin.

    2. "Клиент" ustunida biror qiymat, masalan Ernst Handel tanlansin.

    3. Uskunalar panelida Фильтр по выделенному (Filter by Selection) tugmasi bosilsin.

    Filtrni bekor qilish uchun Режим таблицы (Table Datasheet) uskunalar panelining Удалить фильтр (Remove Filter) tugmasini bosish zarur yoki kontekst menyuning shu nomli buyrug‘idan foydalaniladi.
    Access oxirgi qo‘llanilgan filtrni yodida saqlab qoladi, shuning uchun uskunalar panelidagi Применение фильтра (Apply Filter) tugmasi bosilganda yana shu yozuvlar tanlanadi.

    Download 1 Mb.
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Поиск и замена по умолчанию

    Download 1 Mb.