|
O’tibdo’: N. Xalilova 7-sinf informatika Dars mavzusi: Internetda ma'lumotlarni izlash. Qidiruv tizimlari
|
bet | 1/3 | Sana | 16.03.2024 | Hajmi | 1.86 Mb. | | #173810 |
Bog'liq O’tibdo’ N. Xalilova 7-sinf informatika Dars mavzusi Internetd GURUXLAR sardorlari, 1-маъруза. (1), 1-маъруза., Mavzu, 7-блок, Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA., 1 amaliy Ramzidin, 1 amaliy, Mat analiz, Asosiy adabiyotlar, ВИИБ БОШЛИҒИ ФАРМОЙИШИ ДИЛЛАРДА ВАТАН МАДҲИ
T A Q R I Z
80-umumiy o’rta ta’lim maktabining informatika fani o’qituvchisi Abdiraxmanov Abdisalomning 7-sinflar uchun tuzgan “ Internetda ma'lumotlarni izlash. Qidiruv tizimlari.” mavzudidagi dars ishlanmasi DTS talablari asosida turli manbalardan, ya’ni internet yangiliklari, qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitilgan bo’lib fan o’qituvchisi dars ishlanmasini tuzishda ilmiy yondoshgan.
Darsda “Jamoa bo’lib ishlash”, “Klaster”, “BBB” metodlaridan foydalanildi. O’qituvchi darsni amaliy tashkil etishda maktab veb sayti, ziyonet tarmog’i, kitob.uz, google.uz qidiruv tizimi kabi veb saytlar asosida tashkil etdilar.
Dars ishlanmasi 7-sinf o’quvchilarining internetdan foydalanish va qidiruv tizimlar haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’TIBDO’: N. Xalilova
7-sinf informatika
Dars mavzusi: Internetda ma'lumotlarni izlash. Qidiruv tizimlari.
Dars maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarni qidiruv tizimlari haqida tushincha hosil qilish. Google, rambler, yahoo kabi qidiruv tizimlaridan kerakli ma’lumotlarni olishni o’rgatish. Qidiruv tizimlari va veb saytlar bilan ishlash bilim ko’nikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: qidiruv tizimlatidan milliy madaniy me’roslarimizga oid ma’lumotlarni olishni va elektron kutubxonadan samarali foydalanishni o’rganadi. Rivojlantiruvchi: axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni o’rgatib, o’quvchilarni tezkor ma’lumot olish va undan foydalanishga o’rgatadi.
Darsning turi: noan’anaviy, yangi ped texnalogiyalar asosida.
Dars metodlari: aqliy hujum, klaster, o’rgandim-o’rganmoqchiman-tushunmadim.
Darsning jihozi: ko’rgazmali rasmlar, plakatlar, slayd, darslik.
Texnik vositalar: AKT vositalari(proyektor, kompyuter). Darsning texnologik xaritasi:
|
| |