Asosiy qism. Ovoz bo`yicha autentifikatsiyalash tizimlari. Bu tizimlarni hamma
multimediaga ega bo`lgan kompyuterlar asosida amalga oshirish mumkin. Shu sababli
bu biometrik tizimlar arzonligi tarafi bilan boshqa biometrik tizimlardan ajralib turadi.
Bu tizimni ishlatish uchun mikrofon yetarli. Bu tizim shaxsning tovush chastotasiga
asoslanib ishlaydi. Ushbu biometrik autentifikatsiyalash usuli asosan, zamonaviy
biznes markazlari ishlatiladi va ayni paytda bu texnologiya, jadal rivojlanmoqda. Ovoz
bilan bir andozani qurishning ko'p yo'llari bor. Odatda, bu usul chastota va uning turli
tuzilmalari va ovozli statistik xususiyatlarga ega. Shu biosdan uning muammo tomoni
bir kishining ovozi xilma: ovozli salomatligi, yoshi, kayfiyat va hokazo holiga qarab
farq qilishi mumkin.[1] Ushbu xilma-xillik, inson ovozi o'ziga xos xususiyatlari
ajratish jiddiy qiyinchiliklar tug`diradi. Bundan tashqari, shovqin ham ovoz bilan
amaliy foydalanish autentifikatsiya qilish vaqtida yana bir muhim va hal etilmagan
muammo hisoblanadi.
Yuzning tuzilishi bo`yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar.Yuzning tuzilishi
bo`yicha autentifikatsiya qilish hamma tamonlama ya`ni arzon va barcha
kompyuterlarning video xususiyatga ega ekanligi bois bu tizim hamma joyda ishlatila
olishi bilan farq qiladi.Bu tizim asosan masofaviy identifikatsiya qilish vaqtida
ishlatiladi.[5] Yuzning nuqtalari asosida yuzning o`lchamlari hisoblanadi. Ushbu
nuqtalar yuzning semirganini hisobiga ham o`zgarib turadi. Ammo yuz semirgan
paytda ham ozgan paytda ham uning tuzulishi geometrik o`lchamlari va burchagi
WWW.HUMOSCIENCE.COM
966
o`zgarmaydi . Shu bois bu tizim eng ishonchlilaridan biri hisoblanadi. Bunda uning
quyidagi nuqtalari o`lchamlari olinadi:
-Lab tuzilishi uning burchagi;
-Burun uchi va o`lchamlari;
-Ko`zning markazi va ko`z burchagi;[2]