• Tayanch so`zlar
  • Ключевые слова
  • Key words
  • Ovoz va yuz yordamida biometrik autentifikatsiyalash usullarining solishtirma tahlili




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana06.01.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #131316
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    963-969



    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    963 
    OVOZ VA YUZ YORDAMIDA BIOMETRIK 
    AUTENTIFIKATSIYALASH USULLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI 
     
    O’ralov Javlonbek Bahodir o’g’li 
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch Filiali magistranti.
    uralovjavlonbek0001@gmail.com
     
    Rajabboyeva Surayyo Baxrom qizi 
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch Filiali magistranti.
    surayyobaxromqizi@gmail.com
     
     
    ANNOTATSIYA 
    Ushbu Maqolaning asosiy maqsadi keltirilgan biometrik usullarni solishtirma 
    tahlilini amalga oshirish, qanchalik muhim va ahamiyatga ega ekanligini yoritish va 
    aniq vazifani bajarishga mo`ljallangan axborot tizimlarini yaratishda, yuqori samara 
    beradigan usulni taklif qilishdan iborat. 
    Tayanch so`zlar: Barmoq izi, autentifikatsiyalash, identifikatsiyalash
    biometriya, parol. 
    АННОТАТЦИЯ 
    Основная цель этой статьи-провести сравнительный анализ представленных 
    биометрических методов, осветить, насколько они важны и актуальны, и 
    предложить высокоэффективный метод при создании информационных систем, 
    предназначенных для конкретной задачи.
    Ключевые слова: отпечаток пальца, аутентификация, идентификация, 
    биометрия, пароль. 
    ANNOTATION 
    The main purpose of this article is to carry out a comparative analysis of the cited 
    biometric methods, to highlight how important and important it is, and to propose a 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    964 
    method of high efficiency, when creating information systems designed to perform a 
    specific task. 
    Key words: Fingerprint, authentication, identification, biometrics, password. 
    Kirish. Hozirgi vaqtga kelib, kompyuter-kommunikatsiya texnologiyalari 
    kundan-kunga tez rivojlanib bormoqda. Shu sababli ham kompyuter texnologiyalari 
    kirib bormagan sohaning o`zi qolmadi, desak xato bo`lmaydi. Ayniqsa ta'lim, bank, 
    moliya tizimlarida ushbu zamonaviy texnologiyalarni qo`llash yuqori samara 
    bermoqda. Shu bilan birga axborot havfsizligiga bo`lgan tahdid ham tobora kuchayib 
    borayotgani hech kimga sir emas. Demak, hozirgi davrning eng dolzarb 
    muammolardan biri axborot havfsizligini ta'minlashdan iborat. 
    Hozirga qadar tizimga ruxsatsiz kirishni taqiqlashning eng keng tarqalgan usuli 
    sifatida «parol» qo`yish printsipi hisoblanib kelmoqda. Chunki ushbu usul juda sodda, 
    foydalanish uchun qulay va kam harajat talab etadi. Lekin, hozirga kelib «parol» tizimi 
    to`laqonli o`zini oqlay olmayapti. Ya'ni ushbu usulning bir qator kamchiliklari ko`zga 
    tashlanib qoldi. 
    Birinchidan, ko`pchilik foydalanuvchilar sodda va tez esga tushadigan parollarni 
    qo`llaydilar. Masalan, foydalanuvchi o`z shaxsiga oid sanalar, nomlardan kelib 
    chiqqan holda parol qo`yadilar. Bunday parollarni buzish esa, foydalanuvchi bilan 
    tanish bo`lgan ixtiyoriy shaxs uchun qiyinchilik tug’ilmaydi.
    Ikkinchidan, foydalanuvchi parolni kiritishi jarayonida, kuzatish orqali ham 
    kiritilayotgan belgilarni ilg`ab olish mumkin. 
    Uchinchidan, agar foydalanuvchi parol qo`yishda murakkab, uzundan-uzoq 
    belgilardan foydalanadigan bo`lsa, uning o`zi ham ushbu parolni esidan chiqarib 
    qo`yishi extimoldan holi emas. 
    Va nihoyat, hozirda ixtiyoriy parollarni buzuvchi dasturlarning mavjudligi ko`zga 
    tashlanib qoldi.Yuqoridagi kamchiliklardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, 
    axborotni himoyalashning parolli printsipidan foydalanish to`la samara bermayapti. 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    965 
    Shu sababli ham hozirda axborotlardan ruxsatsiz foydalanishni cheklashning biometrik 
    usullarini qo`llash dunyo bo`yicha ommaviylashib bormoqda va ushbu yo`nalish 
    biometriya nomi bilan yuritilmoqda. 
    Biometriya – bu insonning o`zgarmaydigan biologik belgilariga asosan aynan 
    o`xshashlikka tekshirishdir (identifikatsiya). Hozirda biometrik tizimlar eng ishonchli 
    himoya vositasi hisoblanadi va turli xil maxfiy ob'ektlarda, muhim tijorat axborotlarini 
    himoyalashda samarali qo`llanilmoqda. 

    Download 0,5 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ovoz va yuz yordamida biometrik autentifikatsiyalash usullarining solishtirma tahlili

    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish