WWW.HUMOSCIENCE.COM
968
Shamollash vaqtida xizmatchining ovozi o`zgarishi aniqligi har qanday vaziyatda
uning kayfiyatiga va gapirish holatiga ta`siri tufayli ushbu usulga ball bera olmaymiz.
Shovqin vaqtida xizmatchining ovoziga ta`siri sezilganligi tufayli biometrik tizim
uning ovozini ajrata olishi ancha qiyin. Shu sababli ushbu usulga ball berish xatolik
tug`diradi. Yuz yordamida autentifikatsiyalashga esa shovqinning aloqasi yo`q. Shu
sababli yuz yordamida autentifikatsiyalashga 10
ball va ovoz yordamida
autentifikatsiyalashga 0 ball beramiz.
Yuz yordamida biometrik autentifikatsiyalash usulining ishonchlilik jihatidan
ko`p hollarda muammo keltirish sababli ya`ni o`xshash shaxslar borligi aka-
ukalarning bir-biriga o`xshashligi bois bu usul ko`p
xollarda ham ishonchli
hisoblanavermaydi.Bunday hollarda faqatgina ko`zning tuzulishi va aylanasining
radiusi hisobiga farqni ajrata olishimiz mumkin.Shu sabablarni hisobga olib unga 5
ball berib o`tamiz. Ovoz yordamida biometrik autentifikatsiyalash usulining ishonchli
bo`lmasligiga sabab ovozni o`xshatish mumkinligidadir. Ammo ovozning aytilish
chastotasi faqatgina 50 % ni tashkil qilishi bilan uning aniqlanishi mushkul bo`lishi
hisobiga unga 5 ball berib o`tamiz. Narxi jihatidan ikkala autentifikatsiyalash
usuli
ham ko`p mablag’ talab qilmaganligi uchun ikkala usulga ham 10 balldan beramiz.
Vaqti jihatidan biometrik autentifikatsiyalash usullari ichida eng ko`p vaqt ovoz
usulida kuzatilganligi va unda 6 s davomida autentifikatsiyalash bo`lganligi sababli
barmoq yordamida biometrik autentifikatsiyalash usuliga 4 ball berib o`tamiz. Yuz
yordamida biometrik autentifikatsiyalash usuli 4-5 s davom etganligi sababli unga 8
ball berib o`tamiz.
Jami natija shuni ko`rsatadiki eng ko`p ball yuz yordamida biometrik
autentifikatsiyalash usulidir. Uning balli 41 ball bo`lib
u hamma tomonlama qulay
bo`lgan, xar hil sharoitda ham qulay va narxi ham ko`p mablag` sarf qilmaydigan
usuldir.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
969
XULOSA
Axborot xavfsizligini biometrik usullar yordamida ta`minlar ekanmiz bizga
qo`yiladigan birinchi savol qaysi biometrik usulni, qancha
narxga va nechta shaxsga
mo`ljallab uni korxona, tashkilot yoki muassasaga o`rnatishimiz mumkinligi haqida
aniq bir xulosaga kelishimiz lozim. Undan tashqari korxonaning xavfsizlik va iqtisodiy
tomonlama qay darajada bo`lishi lozimligi ham biometrik usullarni tanlashga ko`mak
beradi. O`z vaqtida shuni aytib o`tish joizki xar bitta korxona, tashkilot yoki muassasa
o`z xavfsizlik tizimini tubdan o`ylab chiqishi va hamma tomonlama ushbu xavfsizlik
tizimi uni qanoatlantirishi lozim.