|
Oybekning «bolalik» asarida bolalar psixologiyasining ifodalanishi
|
Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 16,88 Kb. | | #127670 |
Bog'liq Baratova Shohida 1
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 615_21-guruh talabasi Baratova Shohidaning XXasr O’zbek adabiyoti fanidan Oybekning “Bolalik”qissasi mavzusida yozgan maqolasi
OYBEKNING «BOLALIK» ASARIDA BOLALAR PSIXOLOGIYASINING IFODALANISHI
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Oybekning hayoti va ijodi,hamda Oybekning
«Bolalik» qissasi talqini, bu asarda bola psixologiyasiga ta'sir etuvchi omillar talqin etilgan.
Kalit so'zlar: Bolalik qissasi, Musavoy obrazi, kichkintoylar psixologiyasi, obraz,
sarguzasht…
KIRISH Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek o'tgan asrimizning buyuk adiblaridandir. Uning "Alisher Navoiy", "Qutlug' qon", "Quyosh qoraymas", "Oltin vodiydan shabadalar" kabi romanlari, "Bolalik", "Nur qidirib", "Alisherning bolaligi" kabi qissalari, she'r va dostonlari — jami 19 tomlik mukammal asarlari bizga meros bo'lib qoldi. "Bolalik" qissasi bir necha bor nashr etilgan va turli avlodlarning koʻngil mulkiga aylangan. Uni yangi asrimizning yosh avlodlari oʻqir ekanlar, bundan yuz yil muqaddam bobolarining bolaligi qanday kechganligini bilib oladilar va bugungi chin ma'nodagi hurlik, mustaqillikning qadriga yetadilar. Ustoz Oybеkning «Bolalik» va «Bola Alishеr» qissalari mеning bolalikda o'qigan va bir umrga mеhr qo'ygan kitoblarimdir. Avval «Bolalik»ni o'qiganman, qayta-qayta mutolaa qilganman. Yillar o'tib «Bola Alishеr»ni topganman. Bu ikki asar bolaligimning sеvimli kitoblari Mirkarim Osimning «O'tror»,Ananyanning «Qoplon dara asirlari»,G'afur G'ulomning «Shum bola» va ertak to'plamlari qatorida edi. Atoqli ozbek yozuvchisi Muso Toshmuhammad ogli Oybek turfa voqealarga boy, mashaqqatli va ayni paytda ajoyib hayot yolini bosib otgan. Qolingizdagi «Bolalik xotiralarim» kitobida u ana shu yolning 1917- 1918 yillarga qadar bolgan qismi bilan siz hurmatli kitobxonlarni tanishtiradi. Oybek singari ulug allomalarning bolalik va yoshlik kezlari ularning kocha changitib yurgan oddiy boladan xalqning mutafakkir siymolaridan biriga aylanishi, ayniqsa, yosh avlodlar uchun hamisha maroqli va ibratlidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oybekning ―Bolalik qissasi avtobiografik xarakterda boʻlib, uning bosh qahramoni Musavoy, yaʼni boʻlajak adibning oʻzidir. Qissa bola tilidan hikoya qilinadi. Undagi voqealar Oybekning bolalik xotiralaridir, lekin muallif faqat xotiralar bilan cheklanib qolmasdan, oʻsha davrning yirik voqealarini ham tasvirlaydi. Qissa voqealari XX asrning 10-yillarida kechadi. Bu davr adibning ayni bolalik davridir. Adabiyotshunos A. Rasulovning taʼkidlashicha, ―Oybek davrlarni yaxshi eslaydi. Aniqrogʻi, XX asrning 10-yillari voqeligi odamlari Oybek ijodining oʻq ildizidan birini belgilaydi. U Bobom, ―Bolalik, ―Baxtigul va Sogʻindiq, ―Ulugʻ yoʻl asarlarida shu davrni tasvirlaydi. Demoqchimizki, Oybek ijodini oʻrganganda biografik metodni zinhor unutmaslik kerak‖.Bizningcha, badiiy soʻz tahlilida asar mohiyatini bevosita matn orqali anglagan muhim. Yaʼni muallifdan matnga emas, matndan muallifga tomon borgan maʼqul. Garchi, Bolalik qissasi voqealari memuar tarzda boʻlsa ham, muallif unga bir qancha ijtimoiy ruh bagʻishlaydi. Bu narsa asarning keyingi boblarida ijtimoiy voqealarning yorqinlashuvida koʻrinadi. Bolalik qissasidan bola rivojlanishida ijtimoiy muhit va sotsiogenetik omillar muhim ekanligini anglash mumkin. Chunki Musavoyning hayoti asosan ijtimoiy muhitda: bozorda, koʻchada oʻtadi. Musavoy ham Shum bola kabi oʻsmir yigit. Faqat Gʻ. Gʻulom Shum bolaning 5-6 oylik sarguzashtini tasvirlasa, Musavoyning kamida oʻn yillik hayoti aks ettiriladi. Uning yoshi (4-14) muallif tomonidan aniq koʻrsatiladi. Oybekning qirq olti yoshida og’ir va bir umrli xastalikka yo’liqqanida, shunday ijodiy kuchga to’lgan edi. Ammo xastalik uning tiliga kishan solib,o’ng qo’lidagi qalamni bir umrga tortib oldi. Oybek ko’pgina asarlarini jumladan Bolalikni qissasini ham oila a‘zolariga aytib yozdirdi.Oybekning Bolalikqissasi estetik janrda yozilgan.Asarda bosh qahramonning biografiyasi xalq hayoti davr hodisalari ijtimoiy o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq holda tasvirlangan.Qissada bosh qahramon Musaboyning biografiyasini hikoya qilish orqali o’sha yillardagi xalq hayotining keng haqiqiy manzarasi chizilgan. Qissa o’z uslubining mayinligi lirizmga boyligin voqealar mantig’ining kuchliligi va izchilligi ,obrazlarning aniqligi,qissa tilining ravon va jozibadorligi bilan kitobxonlarga manzur bo’ladi.Oybek bu qissani yozish bilan birga o’zining bolalar dunyosini, kichkintoylar psixologiyasini qanchalik chuqur bilishini namoyish etadi.Chunki bu asarda bolalar xarakteri va psixologiyasining turli xil, hatto ba‘zan ko’z ilg’mas darajada nozik bo’lgan murakkab tomonlari ham mohirlik bilan ochib berilgan.Oybekning Qutlug’ qon romani voqealari Bolalik qissasi voqealari bir-biriga o’xshaydi. M Qo’shjonov ta‘kidlaganidek .Tarixdan ma‘no izlashni Oybek umrining oxirigacha davom qildirdi. U o’zining Bolalik qissasida temirchi Jo’ra, Tursunlar va Yo’lchilar davriga murojaat qiladi. Bolalikda temirchi Jo’rani eslatadigan kosib va masteroviylar obrazini yaratdi.Bolalikda yana bir xulosa Oybek poemalari bilan uchrashamiz.Bu esa adib qahramonlarining hayotiy ekanligini yana bir tasdiqlaydi. Oybekning ―Bolalik ‖qissasi shaxsiy sarguzashtlar ifodasi bo’lib qolmasdan, adib qalamining har bir harakatida katta umumlashmalar, davrning xarakterli voqealari,muhim masalalari talqini yotadi.Asar bosh qahramoni Muso doim bobosi Otaqo’zi bilan birga yuradi.Undan latifalar, ertaklar ,rivoyatlar tinglaydi.Ikiknchi bobosi (onasining otasi)ham Musoni juda yaxshi ko’radi.Muso bobosi huzurida xalifalarning turli hangomalarini eshitadi. Onasi Karomatning Mashrab, Fuzuliy g’azallarini o’qishi Musoda kitobga havas uyg’otadi. U maktabga o’qishga borganda ham qunt bilan domlasi buyurgan vazifalarni bajaradi. U ayniqsa Navoiy she‘riyatini juda sevadi. Ilk daf‘a Navoiyning ijodini o’qir ekan, Navoiyga bo’lgan Bo’lgan munosabatini quyidagi satrlarda bayon qiladi: Baytlari ishqiy , falsafiy, chuqur mazmunli…
Haqiqatdan, Navoiy menda pok sevgi yaratdi. Uning she‘rlarini zavq bilan, chuqur his bilan o’qiyman. Pok muhabbatni, chuqur ma‘noni yoqimli hisni ilk daf‘a Navoiydan o’rganaman. Oybek xalq tili boyligini ruhini mukammal bilgan va ulardan ustalik bilan bilgan va ulardan ustalik bilan foydalana oladigan san‘atkor bo’lganligi uchun ham Bolalikning tili shirali, sodda va ravon.Asar tilining bu fazilati, eng avvalo adibning tabiiylikni ta‘minlashi bilan o’lchanadi. Chunki umuman ijodda, xususan tilda tabiiylikni ta‘minlamay turib, obrazlilikni yuzaga keltirib bo’lmaydi. Negaki,hayotimizdan mahrum obrazlilik, badiiylik emas, sun‘iylikdir. Bolalikda yozuvchi har bir nutq vositasini, sharoitni,qahramonlar sevgisini, intilish va dunyo qarashini nazarda tutgan holda qo’llagani uchun tabiiylikni ta‘minlay olgan. Ustoz Oybek har bir asarida xalqimiz taraqqiyoti tarixidagi xarakterli davrni qalamga oladi. Uni butun murakkabligi bilan juda haqqoniy ifodalaydi. Natijada ko’p qirrali ijtimoiy, siyosiy, va madaniy hayotimiz munavvar ko’zgu sifatida namoyon bo’ladi. Sevimli adib har bir tarixiy jarayonini haqqoniy aks ettirar ekan, xalq qalbi va ruhini butun to’laligi bilan ijodlashga va badiiy mahsul qaddini tiklovchi tasviriy vositalarning tabiiyligiga alohida e‘tibor beradi. Binobarin hayotiy materialning tabiiyliga ham zarur. Adib bu masalaga hamisha yuksak san‘atkorlik nuqtai nazaridan yondashadi. Oybek ijodkorning xalq tilidan foydalanishda alohida ma‘suliyatini nazarda tutishni uqtiradi. Ayni vaqtda yozuvchi tiliga ijodiy yondoshsa, uning xizmatlari xalq tili taraqqiyotiga ta‘sir etishini ham ta‘kidladi. Tilning boyishida, ijod va so’zlarning aniqlanishida fikrlarni ochiq va qavariq bera bilishida adabiyotning, demak , san‘atkorlarning katta xizmatlari bo’ladi.Bu esa badiiy qalamning mo’jizakorligini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Xullas, tahlilga tortilgan qissalarda soʻz psixologiyasi va psixologik tasvirlarga keng oʻrin berilgan. Qolaversa, ularning yana bir xarakterli jihati, ularda bola obrazlarining mavjudligidir. Chunki muallif asarda bola obrazini yaratishdan muayyan badiiy maqsadni koʻzlaydi, uning ruhiy erkinlikka boʻlgan tashnaligi bola obrazida mujassamlashadi. XX asr oʻzbek qissachiligining rivojlanishi unda inson ruhiy olamini kengroq tasvirlashga urinishda namoyon
boʻldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. A.Zunnunov. Adabiyot oqitish metodikasi. N.: ―Oqituvchi‖, 1992.
2. Zunnunov A., Xotamov N. Adabiyot nazariyasidan qollanma. Orta maktablarning
yuqori sinflari uchun. – T.: Oqituvchi, 1978
3. Imomova G.M. Tipik milliy xarakterlar yaratishda badiiy nuqning |roli: Filol. Fanlari
nomzodi … dis. Avtoref. -T., 1993. – 135 b.
4. Yuldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik taxdili asoslari. -T.:Fan, 2007.-1236
5. Matjon S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. – T.: Oqituvchi, 1996.-145
|
| |