O'yin-bola faoliyatining asosiy turi
1. O‘yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o’ziga xosligi.
2. Qoidali va ijodiy o‘yin turlari.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o’yinlar texnologiyasi.
O'yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san'atshunos olimlar diqqatini o'ziga tortib kelgan bo'lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o'z o'yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o'sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o'yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.
Y.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, AS.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g'oyalari hozirgi zamon bolalar o'yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o'yini ko'p asrlik tarixga ega,- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U insonning o'zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan».
Yan Amos Komenskiy o'yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to'g'ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o'yin - bolaning barcha qobiliyat ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin davomida tengqurlari bilan do'stlashadi. Y.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va bolani uyg'un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o'yinlariga e'tiborli munosabatda bo'lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.
P.F.Lestgaft bolalar o'z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg'or olim va pedagoglar o'zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.
Tarbiyachilar bolalar o'yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim.
1. o'yin bilan mehnat o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish
2. o'yinda bolalarning bo'lajak mehnat ahliga xos bo'lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.
Shu tariqa o'yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir; o'yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o'zgarishi bilan uning mazmuni ham o'zgaradi; o'yin ma’lum maqsadga yo'naltirilgan ongli faoliyat bo'lib, uning mehnat bilan ko'p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida boladagi o'quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o'ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o'qiydi.
Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo'l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o'yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o'yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta'lim-tarbiyaviy ishlarini ma'lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o'z o'yinlarida qo'llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o'yini mazmun jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o'yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo'lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. Navbatdagi bosqich rolli o'yin bo'lib, unda bolalar o'zlariga tanish bo'lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalar o'yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o'yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Shunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o'yinning tutgan o'rni juda katta bo'lib, o'yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berishda keng foydalaniladi.
Zero: - o'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo'ladi;
- o'yin Maktabgacha taiim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir;
- o'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
- o'yin bolalarga ta'lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
- o'yin bolalarni o'quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.
Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlario'yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o'yinining rivojlanish darajasiga ta’sir etish mumkinligini ko'rsatdi. Bolalar o'yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko'ra xilma-xildir. Ijodiy o'yinlarni bolalar o'zlari o'ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar bo'lmaydi. O'yin qoidasini bolalar o'zlari o'yin jarayonida belgilashadi. Qoidali o'yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o'yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o'yinlar, harakatli o'yinlar, musiqaviy o'yinlar, ermak o'yinlar. Bolalarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o'yinni tanlay bilishi, unga to'g'ri rahbarlik qilish “MTM ta'lim va tarbiya dasturfda belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaydi.
O'yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o'yinni maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O'yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o'tishini ta'minlovchi sifatlar shakllanadi, ruhiyatida sezilarli o'zgarishlar yuz beradi.
O'yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o'zaro ta'sir etgan holda shakllanadi. O'ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to'g'risidagi tasavvurini, kattalarga va o'rtoqlariga bo'lgan munosabatini bilib olish mumkin.
Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o'yiniga qiziqishini, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o'yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o'yinlarini rivojlantirish uchun esa o'z navbatida yaxshi tashkil etilgan bolalar jamoasi zarur bo'ladi.
O'yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning ta'lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o'rin tutadi,O'yinda bola organizmiga xos bo'lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o'yin munosib o'rin egallaydi.
O'yin ta'lim va mashg'ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog'liq bo'lib juda katta ta'lim tarbiyaviy ahamiyatga ega.Ijodiy o'yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini, xayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga o'rganadi, o'ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o'ylab topadi, o'z bilimlaridan foydalanish va uni so'z bilan ifodalashga o'rganadi.
O'yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg'onadi. Ko'pincha o'yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Ijodiy o'yinni tor didaktik maqsadlarga bo'ysundirib bo'lmaydi, bu o'yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. Qoidali o'yin bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqati va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har bir qoidali o'yin ma'Ium didaktik maqsadga ega bo'lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Ta'limning o’yin shaklida bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'lib bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'Iadi. Ta'limning o'yin shaklida bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi.
Qiziqarli o'yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o'yinda bola mashg'ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta'lim butunlay o'yin shaklida bo'lishi kerak degan gap emas. Ta'lim turli usullar va metodlarni qo'llashni talab etadi. O'yin ta'lim shakllaridan biri bo'lib, boshqa bir metod bilan qo'shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so'zlab berish va hokazolar. Bola o'ynayotib o'z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni o'rganadi. Ijodiy o'yinlarda bolalarning fantaziyasi buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo'l ochiladi. O'yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O'yin jarayonida yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o'yin bolada yaxshi hislarni, ulug'vor orzular va intilishlarni, sog'lom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi. O'yin mustaqil faoliyat bo'lib, bu jarayonda bolalar o'z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun o'yin do'stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir.
Birgalikdagi o'yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o'yinga jalb qilish, bolalar o'rtasida do'stlikka, haqqoniylikka, o'rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o'rnatishdan iborat. O'yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o'z o'yinlarida har xil kasbdagi kishilarrii aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga, mehnatiga bo'lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O'yin bolada ko'pincha mehnat qilish xohishini uyg'otadi, o'yin uchun kerakli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. O'yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo'lgan texnikaga qiziqish paydo bo'ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o'yinchoqlar bilan o'ynaydilar.
O'yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O'yinda ijodiy xayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. Yaxshi tanlangan o'yinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o'yinlarda harakatning go'zalligi va maromi bolalarni o'ziga maftun qiladi.
O'yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o'z-o'zidan amalga oshmaydi. O'yin befoyda, hatto zararli bo'lishi, ba'zan yomon hislarni qo'zg'atishi mumkin. Tarbiyachi o'yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojiantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta'sir etib borishi zarur.
Bu vazifani hal etishda o'yin boialar bog'chasidagi ta'lim-tarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan bog'Iangan bo'lishi kerak. O'yinda bolalarning mashg'ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola hayotga o'rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o'yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko'chiriladi. O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma’qul. Sayr davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlar ini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini aks ettiradi. O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro, temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin. Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z obrazningyaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi. Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
O'yin g'oyasi
- bu nima o'ynashni belgilab olish: "do'kon, "shifoxona”, "uchuvchilar", "bolalar muassasasi” va shunga bunday o'yinlarini bir necha o'ziga xos guruhlarga bo'linadi.
Ular:
-O'yinlarning bunday bo'lishi albatta shartli bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy voqealar aks etishi ham mumkin.
-G'oya o'yinning mazmuni, jonli to'qimasi, uning rivojlanishini, o'yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab beradi.
- O'yinning qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari
o'yinning mazmuniga bog'liq.
-O'yinda bola ijro etadigan rol o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir.
Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan. Bolalar o'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O'yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojiantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir.
Ammo o'yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e'tibor berishi zarur: o'yin mazmunining ta'lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi, aks ettirilayotgan
narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi, o'yin harakatlariga faol, ma'lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo'lishi kerak.Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish, o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand bo'lishlarini ta'minlash lozim.
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomorilariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. O'yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini o'yinga qaratishi lozim. Bola o'ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-vatanga, o'z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi; mustahkamlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to'g'rilik, o'zini tuta bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir.
O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi. Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar. Ammo o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng foydalanadi. Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o'z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini, harakatlari chiroyli bo'lishini ham ta'minlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi. O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo'llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O'yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari - xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda avval o'rgangan ashula, she'r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi. O'yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini davom ettiradilar.
Sayrda bolalarning o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol usti o'yinchoqlari o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o'yinlardan ham foydalaniladi.
Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlik bola ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta'limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi. Lekin bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi o'yinlar qiziqtira boshlaydi. Shunday qilib, pedagogika fani o'yinga bola shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.
Ijodiy o'yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan taasurotlari aks ettiriladi. Ijodiy o'yin bolalarning mustaqil o'yini bo'lib, o'yinning mazmunini ular o'zlari o'ylab topadilar.
Bu o'yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchilik va ijodkorlik qobiliyatlari to'laligicha namoyon bo'Iadi. Ammo o'yinda hayotiy taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu bolalarning o'yin g'oyasini yaratishlarida, uning mazmunini tuzib, tasvirlovchi vositalarni tanlashlarida va shunga o'xshashlarda namoyon bo'ladi.
Syujetli-rolli o'yin - maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o'yin turlaridir. Syujetli-rolli o'yin o'z xususiyatiga ko'ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o'yin mazmuniga manba bo'lib xizmat qiladi. Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o'yinda qayta ishlanadi, to'ldiriladi, sifat jihatidan o'zgartiriladi. Bolalarning bunday o'yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir. Bolalar o'yininmg o'ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o'yin jarayonida yuklangan rol va o'yin syujetidan tashkil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o'z ichiga oladi. O'yinning syujeti - bir-biriga hayotiy aloqador bo'lgan qator voqea- hodisalar yig'indlsidir. Rol syujetli-rolli o'yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O'yin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg'otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi. Bola o'ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxta ustidan o'tadi, engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo. Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o'z xohishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo'lib qoladi. Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o'yin katta ahamiyatga ega. O'yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Roll! o'yinlar bola kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O'yinda bola o'z oldiga maqsad qo'yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topag'onlikka o'rgatadi. O'yin jarayonida juda ko'p gaplashishga, tortishishga, bahslashishga, aytib berishga to'g'ri keladi. Bolalar o'zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko'p o'ylab, fikrlashishlariga to'g'ri keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va xayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Bola o'z o'yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog'liq bo'lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola o'yinida ona rolini o'ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda bo'lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o'qib beradi. Bu o'yin bolada muloy imlilik, g'amxo'rlik, e'tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg'otadi. Rolli-syujetli o'yinlarning o'ziga xos xususiyati. Rolli o'yinlarning boshqa o'yinlarga nisbatan o'ziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo'lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to'g'risida yetarlicha tasavvurga ega bo'lgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan, bolalar "paroxod" o'yinini o'ynamoqchi bo'lishdi. Bunga o'yinning qanday borishi to'g'risida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog'liq bo'Iadi, Bolalarda avval g'oya paydo bo'ladi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba'zan bolalar o'yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga "bormoqchi" bo'lsalar, sayohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar. Bundan ko'rinib turibdiki, rolli o'yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o'zaro munosabatda bo'ladilar. Rolli o'yinda har bir bola o'ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, haydovchi, tarbiyachi, enaga, san'atkor va hokazo. Rolli o'yinlarda didaktik, qoidali - harakatli o'yinlardagi singari qat'iy o'rnatilgan qoida bo'lmaydi. Bunda ko'pincha bolalar o'z xayol qilgan narsalari bo'yicha harakat qiladilar. Masalan, "raketa tushib oyga uchadilar", "paroxodda suzadilar", "kasalni davolaydilar"...
Ammo bolalarning xayollari bilan o'ynashlari ularni real voqealikdan uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug'iladi, yo'q, bolalar o'zlari buning o'yinligini yaxshi biladilar. Shu bilan birga bolalarning kechinmalari,hayajonlari, qilgan rostakam, sidqidildan bo'ladi.
Masalan, "doktor” rolidaga bola kasal to'g'risida qayg'uradi.O'yin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'yinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasimng kengayib borishiga bog'liq bo'ladi. Rolli o'yinlar ining mazmuni va mavzusi o'zgarishi bilan bir qatorda uning tuzilishi va o'yin shartlari o'zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbuskorligi ham o'sib boradi.Avvalgi bolalar o'z-o'zicha alohida-alohida o'ynaydilar.
Sekin-asta rolli o'yinlarning paydo bo'lishi, o'yinda kishilar o'rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o'yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta bo'lmagan guruhchalar 2-3 kishidan iborat bo'lib o'ynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar.
O'yinda har xil rollar orqali o'zaro munosabatda bo'lish bolalarda o'rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.O'yinning tuzilishi va mazmuni o'zgarishi bilan o'yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o'zgarib boradi va h.k.
Bog'cha yoshidagi bolalarda ijodiy o'yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi bolalarning o'yinlari yangi tus oladi: bola qo'g'irchoqni va o'zini kishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan, deb so'rasa, "Haydovchiman" deb javob beradi. Yoki qizcha qo'g'irchog'iga ovqat pishirayapti. "Sen kimsan?”- degan savolga "Men oshpazman" deb javob beradi. Bolalar o'z o'yinlarida sekin-asta murakkab bo'lmagan syujetli o'yinlarni o'ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi.
Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi.Yana ovqat berishadi va uxlatishadi. Yoki qo'g'irchoq kasal bo'lib qolsa, darrov uning qo'li, oyog'i bog'lanadi, yolg'ondakam dori beriladi.
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi.
“Men oyisiman", "Men - vrachman" deb bular birdaniga enaga, tarbiyachi, doktor bo'lib qolishi mumkin. Bola to'rt yoshga o'tganda syujetli-rolli o'yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O'yinlar mavzui har xil bo'lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o'z o'yinlarida oila, MTMni, avtobusda, tramvayda kelayotgan kishini aks ettiradilar. Tevarak-atrofni kuzatish natijasida tasavvurlari kengayadi, bu ularning o'yin mazmuniga ta'sir etadi: bayramlar, magazin, transporting har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar o'rtasidagi bog'liqliklarni hali tushunib yetolmaydilar. Bola besh yoshga qadam qo'yganda undagi kuzatuvchanlik tafakkuri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli o'yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolning rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo'yicha murakkab bo'lmagan o'yinlarni o'ynashadi.O'yin mazmuni bilan bir qatorda bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori bo'ladi.
O'yin birinchidan, xursandchilik bilan hamohang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o'z o'yinlarida aks ettiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o'yin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu o'yinlarda bolalar o'zlari eshitgan, ko'rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqamanbalardan olgan bilim, malakalarini, his-hayajonlarini to'la qo'llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o'yinlarida berilgan ta'lim-tarbiyaning natijasi yaqqol ko'rinib, sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o'ynashi to'g'risida va o'yinning qanday borishi to'g'risida o'zaro kelishib oladilar. O'yinlar uzoqroq davom etadigan bo'lib boradi. Bitta o'yinni uzoq vaqt, hatto bir necha kun o'ynash mumkin, bunda har gal o'yinga yangilik kiritib boriladi.
Uzoq davom etadigan o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlarining yuqori bosqichi hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlariga to'g'ri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o'z an'anasiga, o'z qoidasiga ega bo'Iadi.
Bolalarda birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular o'rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo'lib boradi.Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar o'rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.
Har bir bolaning o'ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo'lib boradi. Bunda bolalar faol tashkilotchi, o'ziga ishonadigan va tortinchoq, indamaslarga bo'linadi. Faol bolalar har doim o'yinni o'z xohishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba'zan o'yinni buzishadi, o'rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta'siriga tez berilishadi. Ularning ijobiy xususiyatlari, sog'lom qiziqishlari bo'Iadi, tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta'sir etadi. O'yin mavzusi o'zgarishi bilan o'yinda qatnashuvchilarning ham o'zaro munosabatlari o'zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri o'z holicha o'ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo'lib o'ynay boshlaydi, o'rta maktabgacha yoshga kelganda o'ynovchilar soni ko'payib, o'rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o'yinga mavzu tanlashda, rollar va o'yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi. O'yinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan o'yinchoqning roli va unga talab ham o'zgarib boradi. Kichkina bolalar o'yinini ko'pincha o'yinchoq belgilaydi. Bitta o'yinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin.
O'rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin to'g'risidagi fikr avval tug'iladi. Keyin o'ynay boshlaydi. O'yinchoq o'yin mazmuniga qarab tanlanadi. Bolalarning o'ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak.
Rolli o'yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarning o'z harakatlari; o'yinchoq va boshqa materiallar; so'z. Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o'zlarining harakatidir, Masalan, bola ikki oyog'ida sakrab quyonchaga taqlid qiladi. ikki qo'lini qimirlatib, pishillab parovoz bo'ladi va h.k.
Bolalarning ko'p harakatlari qurish, yasash bilan bog'liq bo'ladi, ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o'ziga o'xshatishga urinadilar. Ko'pincha qurish o'yinning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi.
Taqlid vositasiga o'yinchoq ham kiradi. O'yinchoq bola harakatini to'ldiradi, o'ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi.Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug'diradi.
Bolalar o'yin jarayonida ba'zi bir narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o'sha xohlagan narsalarini faraz qilib juda yaxshi o'ynaydilar, masalan, taomni "konfet", qumni "shakar" stulni "mashina" deb atashlari mumkin. So'z yordamida bolalar qanday o'yin o'ynashlarini kelishib oladilar. So'z yordamida bir-biri bilan muomalada bo'lib, o'z fikrlarini izhor etishadi. So'z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko'pincha bir vaqtda foydalanadilar. Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko'p bo'lsa, o'yin mazmuni shunchalik boyroq bo'ladi hamda tevarak-atrofdagi voqea-lardan taassurot shunchalik to'laroq aks ettiriladi. O'yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon bo'lgan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lgani uchun uning syujetini bolalar o'zlari o'ylab topishadi va o'zlari tashkil etishadi.
O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a'zosi deb hisoblashadi, o'zaro kelishib harakat qilishga o'rganishadi.Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o'ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va shu jamoada o'rnashib olishi lozim.
Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o'ynay olishi, diqqatini shunga to'play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o'ynay olish malakasining shakllanishiga yordam beradi.
Bolalar birgalikda o'ynashga o'tganlarida bir-birlari bilan ma'lum munosabat o'rnatishlari lozim bo'ladi. Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o'ynashga o'rgatish orqali erishadi. Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti-harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi.Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi.
Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir. Ba'zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish ham, qiziqish ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi. Bunday o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida his etib; uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so'zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo'lgan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi.
Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy asarning g'oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi. Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli bo'lib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri aks ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha sahnalashtirilgan o'yin o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik ishini o'tkazishi kerak. Bu ish oldindan bir qator mashg'ulot va o'yinlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o'yinga tayyorlanish uchun ma'lum bir vaqt ajratiladi va har bir mashg'ulotda aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil she'r o'qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni, tovushlarni qanday talaffuz etish kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so'zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni talab etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o'tkaziladigan har bir mashg'ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar «Sholg'om», «Bo'g'irsoq», «Tulki, xo'roz va quyon» kabi ertakni sahnalashtirishni juda sevadilar. Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar.
Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday o'rganiladi.
|