O'z O'zidan Harakat Yo'nalishini O'ngdan Chap Tomondan Tushunchalarini
hisoblash
Reja:
1. Maktabgacha ta’Iim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga matematik ta’lim berish
2. Matematika o'qitish metodikasi bilan pedagogika orasida ikki tomonlama
bog'lanish
Kirish
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy,
tarixiy me`rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy
vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish
ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda
ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini
mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va
ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi. Aynan shuni e’tiborga
olgan holda bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida,
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol
tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va
qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil
etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil,
29- dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish
choratadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr),
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim
muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017-
yil, 19-iyo‘l), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi
maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida
o‘rin egallamoqda. Matematik tasawurlarni shakllantirish nazariyasi va
texnologiyalari fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 0 ‘zbekiston “
|