Matematika o'qitish metodikasi bilan pedagogika
orasida ikki tomonlama bog'lanish
mavjud. Bir tomondan, matematika o'qitish
metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda
shakllanadi, bu hoi matematika o'qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy
yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, pedagogika
umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan
ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi. Shunday
qilib, pedagogika metodikalaming muayyan materialidan «oziqlanadi», undan
pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o'z navbatida metodikalami ishlab
chiqishda yo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Matematika metodikasi pedagogika,
psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog'liq. Boshlang'ich matematik bilimlar
berish metodikasi ta’limning boshqa metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm,
mehnat va boshqa fanlar metodikasi) bilan ham uzviy bog'liq. Bugungi kunda
ta’limning boshlang'ich bosqichlaridanoq bolalaming dunyoqarashini va hisoblash
ko'nikmalarini shakllantirishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga katta
e’tibor berilmoqda. Bu holat kompyuter texnologiyalarini ta’limning rivojlanish
jarayonini, ulaming dinamikasini ko'rsata olishi, o'quv materiallarini belgilangan
miqdorda o'quvchilarga taklif eta olish qobiliyati, ta’limni individuallashtirishga,
bilimlami o'zlashtirishni boshqara olish kabi parametrlar bilan belgilanadi. Ular
bolalaming bilimga bo'lgan intilishlarini rivojlantira oladi, ma’lum bir shart-
sharoitlar ishlab chiqilganda o'quvchilaming ta’lim jarayoniga bo'lgan hissiy
qiziqishlarini orttiradi, timsollami har tomonlama shakllantirish imkonini beradi,
bilimlaming puxta o'zlashtirilishini ta’minlaydi, ilmiy 9 bilimlaming hayot bilan
aloqasini tushunishga imkon beradi va bu jarayonda o‘qituvchi vaqtining
tejalishiga sabab bo‘la oladi. Tajribalaming ko‘rsatishicha, kichik yoshdagi
o‘quvchilaming o‘zlashtirishlarini osonlashtirish, ulaming aqliy rivojlanishlarini
ta’minlash hamda mustaqil ishlash qobiliyatlarini tarbiyalashda maktabgacha
yoshdagi bolalami birinchi sinfda o‘qishga oldindan, oilada, bolalar bog'chalari
yoki tayyorlov guruhlarida tayyorlashning o‘mi beqiyosdir. Shu nuqtai nazardan,
maktabgacha yoshdagi bolalar hamda quyi boshlang'ich sinf o‘quvchilarida
dastlabki matematik bilim, ko'nikma va malakalami shakllantirishda multimediali
intellektual o'yinlardan foydalanilsa, o'quvchilaming matematika fanini, unga
bog'liq holda boshqa fanlami ham o'zlashtirishlari osonlashib, mustaqil ishlash
qobiliyatlari rivojlanadi. Ilk yoshdayoq bolalaming bir xil turdagi predmetlar
haqidagi tasawurlari kengayib boradi: «Ko‘p o'yinchoqlar», «uchta mashina»,
«qoMda beshta barmoq» kabilar. Bu birinchi tasawurlar bolaning passiv nutqida
namoyon boMadi. Tajribaning ko'rsatishicha, 15 oylik bola berilgan topshiriqlami,
ya’ni «kichik uy» yoki «katta uylar» qurishi, «mashina» yoki «mashinalami olib
kelishi», «koptok» yoki «koptoklami» dumalatishi mumkin. 18 oylik go‘dak, faol
nutqni egallaydi, otning bir ko'plik shakllaridan foydalangan holda, alohida
predmetlami oladi: «Bu kubik, bu kubiklar», «koptok - koptoklar», «qo‘g‘irchoq -
qo‘g‘irchoqlar». Bu yoshdagi bolalami ko‘proq bir xil turdagi predmetlar
qiziqtiradi, (shar, mashina, halqa). Ular bu narsalami sochadilar, yana yig‘ib
oladilar, stol ustiga gorizontal bo‘yicha teradilar. Bolalar birdaniga predmetlami
qo‘llariga olib, barmoq lari bilan qisib, uning sochilishini kuzatishni yaxshi
ko‘radilar (masalan, tugmachalar). Predmetlar ko‘pligini, ulaming xususiyatlari
turlicha ekanligini bola turli xil sezgi analizatorlari yordamida qabul qiladi:
eshitish, ko‘rish, hid bilish, paypaslab ko‘rish va boshqalar. U o‘zi bir xil turdagi
harakatlami bajargan: 1 ta o‘yinchoqni bir necha marta tashlagan, qoshiq bilan
stolini taqqillatgan. Ko‘plik haqidagi birinchi tasawurlar va ulaming alohidaligi
birlik va ko‘plikni ajrata olishiga yordam beradi. Matematikada ko‘plik
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. «Ko‘plik- bu bir butun qilib quriladigan
obyektlaming yig‘indisidir». Ko‘plikni tugallangan va tugallanmagan holda
quriladi. Kichik yoshdagi bolalar tugallangan ko‘plik bilan ish ko‘radilar. 10
Go‘dak bolada ko‘plik haqidagi eng birinchi tasawurlaming rivojlanishi diTfuzion,
ya’ni u hali aniq chegaraga ega bo'lmaydi va element ketidan element qabul
qilinadi. Bunday qabul qilish noaniq ko‘plikni xarakterlaydi. Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalami o'qitish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Maktabgacha tarbiya
yoshida yechilishi kerak bo'lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o'qitish
muvaffaqiyatli bo'lmaydi. Bu vazifalardan biri muayyan bilimlar va tafakkur
usullaridan abstrakt bilim va usullarga o'tishdan iborat. Bu xil o'tish saviyasi,
ayniqsa, matematika o'qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo'lmasligi yoki
yetarli bo'lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko'pincha maktabga mavhum matematik
usullami egallagan holda keladilar, bulami bartaraf qilish juda qiyin bo'ladi.
Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstakt bilimlami egallar ekanlar, ko'pincha
ulami formal, asl mazmunini tushunib yetmagan holda o'zlashtiradilar. Shuning
uchun ham muayyan shart-sharoitlarda matematik bilimlami qo'llash imkoniyati
juda cheklangan bo'ladi. Shu sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalami
o'qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan borliq olam orasidagi
bog'lanishni ta’minlaydigan bilim va harakatlaming oraliq saviyasini
shakllantirishdan iborat bo'lishi kerak. Tekshirishlar shuni ko'rsatmoqdaki,
maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o'qitish mazmuni quyidagilardan
iborat: - birinchidan, shunday faoliyat va masalalami o'zlashtirish kerakki, ularda
matematik amallami qo'llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko'rinib turadi. Bu, bir
tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog'liq (tenglashtirish,
taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar
kiritiladiki, bunda mazkur masalalami matematik vositalardan foydalanmay turib
(masalan, fazoda ajratib qo'yilgan ikki to'plamni amalda tenglashtirish) amalga
oshirish mumkin bo'lmaydi; - ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini
ajratish kiradiki, bu munosabatlaming qo'llanilishi bolaga muayyan buyumlardan
matematik obyektlarga o'tish (masalan, buyumlami ma’lum belgilari bo'yicha
guruhga kiritish va shu asosida to'plam munosabatlarini, qismbutun munosabatlami
hosil qilish) imkonini beradi. 11 Tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, matematik
amallar maktabgacha yoshda o‘zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar
asosida kiritilsa va qayta ishlansa, matematikani egallash samarali boMadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga dastlabki matematik bilimlar berish
natijasida bolalar rangi, oMchami yoki shakli har xil boMgan bir nechta predmetlar
(o‘yinchoqIar, mashinachalar, kubiklar, shariklar, koptoklar) orasidan xuddi shu
rang, oMcham, shakldagi predmetlami tanlab oladi. Bola topshiriqni bajargach,
tanlab olgan o‘yinchogMning nomini va har ikkala o‘yinchoq uchun umumiy
(mushtarak) boMgan belgini aytishi kerak. Har gal kichkintoylardan biri
predmetlar qanday umumiy belgi asosida guruhga birlashtirilganligini va o‘zi nima
qilganligi va nima uchun shunday qilganligini aytish muhimdir. Bunday qilish
bolalami ongli harakat qilishga o‘rgatadi. Bunday mashqlar natijasida bolalar hatto
umumiy belgisi boMgan turli xil predmetlami ham bir guruhga birlashtirish
mumkinligini tushuna boshlaydilar. Bir xil predmetlardan guruhlar tuzishda va
guruhlami ayrim predmetlarga boMib tashlashda jamoa boMib bajariladigan o‘yin
mashqlari miqdor haqidagi tasawumi yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu
mashqlar davomida bolalar har bir guruh (to‘pIam) ning ayrim predmetlardan
iborat ekanligini tushunishlari, guruh ichidan ayrim predmetlami ajratib olishni
o‘rganishlari, yaxlit to‘plam bilan uning elementi o‘rtasidagi nisbatni aniqlashlari
kerak boMadi. Xuddi shu tariqa bolalami guruhlarga birlashtirilgan predmetlaming
umumiy belgilarmi ko‘ra bilishga va atay olishga, guruhni yaxlit bir butun narsa
deb idrok etishga o‘rgatish davom ettiriladi. To‘plamdagi hamma predmetlaming
1-2 umumiy belgisini ajratib ko‘rsatish bilan birga bolalar shu guruhdagi
predmetlaming faqat biror qismi uchungina umumiy boMgan belgilami, ya’ni
boshqa qismlaming belgisidan farq qiluvchi belgilami ham ko‘rishga o‘rganadilar.
Ular gumhni bir necha guruhchaga boMadilar, ya’ni to‘plamni to‘plamchalarga
ajratadilar. Masalan, guldastada ko‘p gullar borligini, ulaming ba’zilari qizil,
ba’zilari oq, sariq ekanligini, qizil gullar ham, oq gullar ham, sariq gullar ham
ko'pligini yoki ulaming biror turi (masalan, oq gullar) bir dona ekanligini
aniqlaydilar.
|