Maktabgacha ta’Iim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga matematik ta’lim




Download 215,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.05.2024
Hajmi215,12 Kb.
#238709
1   2   3
Bog'liq
matematika 1-t

Maktabgacha ta’Iim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga matematik ta’lim 
berish
metodikasi bilan bog'liq adabiyotlarda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi: 
1. Matematika o'qitishda ko'zda tutilgan maqsadlami asoslash (nima uchun 
matematika o'qitiladi, o'rgatiladi?). 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o'rgatish kerak?), 
bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatning 
hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo'ladi. 3. Matematik bilim 
berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o'qitish kerak?), ya’ni bolalar 
hozirgi kunda zarur bo'lgan bilim, malaka, ko'nikmalami va aqliy faoliyati, 
qobiliyatlarini egallab oladigan bo'lishlari uchun o'quv ishlari metodikasi qanday 
bo'lishi kerak? Matematik bilimlami egallash jarayonida bolalar shaxsining 
garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o'qitish 
kerak? 4. Matematik bilim berish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, 
ko'rsatma qo'llanmalar va texnik vositalami ishlab chiqish (nima yordamida 
o'qitish). 5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (mashg'ulotni va 
ta’limning mashg'ulotdan tashqari shakllarini qanday o'tkazish kerak? 
Mashg'ulotlarini qanday tashkiliy metodlarda o'tkazish kerak? Mashg'ulotlar 
o'tkazish jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq 
hal qilish kerak?). Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va 
shakllari metodik tizimning asosiy komponentlaridir. Bolalarga natural son, 
geometrik figura, miqdor kabi abstrakt tushunchalami, tevarak-atrofdagi 
predmetlarga xos bo'lgan bog'lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda 
bilimlar berish hamda bu bilimlar orqali ulaming fazoviy tasawurlarini, mantiqiy 
fikrlash 8 qobiliyatlarini rivojlantirishga, mavjud olamdagi yuz beradigan eng 
sodda hodisalami tushunishga, bilishga yordam berish kerak. Boshlang‘ich 
matematik bilimlar berish metodikasi umumiy matematika o'qitish metodikasi 
bilan chambarchas bog'lanadi, ya’ni umumiy matematika o'qitish metodikasi 
tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi bolalaming yosh 
xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi 


tomonidan ishlatiladi. Boshlang'ich matematik bilimlar berish metodikasi 
pedagogika va innovatsion texnologiya fanlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, uning 
qonuniyatlariga tayanadi. 

Download 215,12 Kb.
1   2   3




Download 215,12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta’Iim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga matematik ta’lim

Download 215,12 Kb.
Pdf ko'rish