|
«Nima uchun?» chizmasini tuzish qoidalari
|
bet | 122/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org«Nima uchun?» chizmasini tuzish qoidalari:
1. Aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakllardan foydalanishni o‘zingiz tanlaysiz.
2. Chizmaning ko‘rinishini - mulohazalar zanjirinito‘g‘ri chiziqlimi, to‘g‘ri chiziqli emasligini o‘zingiz tanlaysiz.
3. Yo‘nalish ko‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi.
“QANDAY?”
“Qanday?” texnologiyasi “Qanday qilib muammoni hal etish mumkin? Degan savolga javob topadi va muammoni hal etishning barcha imkoniyatlarini tadqiq etadi. Ularni amalga oshirish usullarini o‘rganadi.
Ko‘pgina hollarda muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi to‘g‘risida o‘ylanib qolmaslik kerak. Asosan, muammo uni yechishda “Buni qanday qilish kerak?”, “Qanday?” kabi savollar yuzaga kelishidan iborat bo‘ladi. “Qanday” savollarining izchil berilishi quyidagilar imkonini beradi:
Diagramma strategik savollar bilan ishlanadi. Muammo yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning ro‘yxatiga mos keladi. Barcha g‘oyalar o‘ylab o‘tirmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezlikda yozilishi kerak. Diagramma hech qachon tugallangan bo‘lmaydi: unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin. Agarda chizmada savol uning aylanalarida bir necha bor takrorlansa, unda u biror muhimlikni anglatadi. U muammoni yechishning asosiysi bo‘lishi mumkin. Yangi g‘oyalarni qanday grafik ko‘rinishda qayd qilish pedagogning ijodiy yondashuviga bog‘liq.
http://fayllar.org
|
| |