Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi.
Maruza rejasi.
9.1. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi.
9.2. Neftni turg`unlashtirish
.
9.3.Neftni qatlam suvi va mineral bug`lardan tozalash.
9.1. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi.
Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning
umumiy texnologik
tarxi
9.1-rasm. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning umumiy
texnologik sxemsi. 1–neft quduqlari; 2–neft miqdorini o‘lchovchi
jihozlar; 3–
siquvchi nasos stansiyasi; 4–gazni qayta ishlash zavodi; 5– neftni kompleks
tayyorlash qurilmalari; 6– suvni tozalovchi qurilmalar; 7– neftni saqlovchi
rezervuarlar; 8– tayyorlangan neftni uzatuvchi nasoslar; 9–neft sifatini
tekshiruvchi jihozlar; 10–tayyor neftni saqlovchi rezervuarlar; 11–tayyor neftni
magistral neft quvuriga (12) haydovchi nasoslar; 13–suvni haydovchi nasos; 14–
suvni neft quduqlariga haydash.
Quduq (1) dan olingan neft quvurlar orqali o`z bosimida neft hajmini
o`lchovli jihoz (2) larga keladi. Bu yerda ma‘lum miqdoriga yengil uglevodorodlar
ajratib olinadi. Keyin neft siquvchi nasos stantsiyasi (3) ga uzatiladi.
U yerda
ajratgichlar o`rnatilgan bo`lib, birinchi bosqich ajratib olish amalga oshiriladi. U
yerda ajralgan gaz gazni qayta ishlash zavodi (4) ga beriladi. Qisman gazdan
tozalangan neft neftni kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga yuboriladi. Bu yerda
neftni ikkinchi va uchinchi bosqich gazdan tozalash jarayoni amalga oshiriladi.
Undan tashqari neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish
jarayonlari amalga
oshiriladi. Undan tashqari neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari
amalga oshiriladi. Ajratib olingan gazlar gazni qayta ishlash zavodi (4) ga
yuboriladi. Ajratib olingan suvlar esa suvni tozalash qurilmasi (6) ga uzatiladi.
Tozalangan neft yopiq idish (7) larga oqiziladi va u yerdan nasos (8) yordamida
neftning sifatini tekshiruvchi jihozlar (9) ga uzatiladi.
Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarli bo`lsa, mahsulot saqlovchi idish
(10) ga haydaladi. U yerdan nasos (11) yordamida magistral neft quvurlari (12)
orqali neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi.
Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarsiz bo`lsa, neft sifatini tekshiruvchi
jihoz (9) dan yana kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga qaytariladi.
Ajratib
olingan suv (6) tozalash nasos (13) yordamida neft quduqlariga haydaladi.