• 9.3.Neftni qatlam suvi va mineral bug`lardan tozalash.
  •  Neftni turg`unlashtirish




    Download 403.68 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana19.12.2023
    Hajmi403.68 Kb.
    #124018
    1   2
    Bog'liq
    6-ma\'ruza (1)
    Basketbolda xakamlar, 116561, Kurs ishi mikroiqtisodiyot G\'aniyev Javlonbek 2 , Jalolxon Bank, Nawayi kanshiki ham texnologiyalar universiteti janindagi No’kis kanshikik, d77GwsFWB0hhwCrRk7uf7dbsaOgaSqsxwCVkmrl7 (1), 11th-lecture-Eco-Cities-City-planning, Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´sir-fayllar.org, 8-mavzu (13) (2), 1-2 МАЪРУЗА, Nodir, OTB - Yoqubjonov, metrologiya haqida qonun, 001 тема
    9.2. Neftni turg`unlashtirish 
      
    Neftni gazsizlantirish deganda normal sharoitda gaz holatida bo`lgan neft 
    tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratib olish va ularni neft – kimyo sanoatiga 
    ishlatish uchun abyuborish tushuniladi. Neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni 
    ajratish (separatsiya) va rektifikatsiya usullari yordamida amalga oshiriladi. 
    Ajratish usulida neft aralashmalarini bir yoki bir necha bor bug`latish va bosimini 
    kamaytirish natijasida undan yengil uglevodorodlarni va ular bilan birga boshqa 
    gazlarni ajratiladi. 
    Rektifikatsiya usulida neftni bir yoki bir necha bor qizdirish va sovutish 
    (kondensatsiyalash) natijasida undan aniq uglevodorod fraktsiyasi olinadi. Kon 
    maydonida neftni turg`unlashtirish ajratish usulida amalga oshiriladi. 
    Yuqori bosimdagi neft oqimi ajratgichga tushganda, uning bosimi kamayadi. 
    Natijada yuqori bosimda suyuq holatda bo`lgan yengil uglevodorodlar gaz holatiga 
    o`tib, suyuq neftdan ajraladi. 
    9.3.Neftni qatlam suvi va mineral bug`lardan tozalash. 
     
    Neft va suv aralashmasi emulsiya ko`rinishida bo`ladi. Ularning 
    aralashmadagi hajm miqdoriga ko`ra neftning suvdagi emulsiyasi (n/s) yoki 
    suvning neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo`lishi mumkin. Asosan amaliyotda (0,5x) 
    suvning neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo`ladi. 
    Hosil bo`lgan neft – suv emulsiyasi turg`un holatda bo`lib, ularni 
    turg`unligini buzush va ajratish uchun emulsiya tarkibiga deemulgatorlar 
    (emulsiyani parchalovchi kimyoviy moddalar) qo`shiladi. 
    Hosil bo`lgan va hosil bo`layotgan emulsiyani buzishda diemulgator sifatida 
    emulgatorlarga nisbatan aktiv bo`lgan SFM (sirt faol modda) lardan foydalaniladi. 
    Emulsiyani buzish uchun qo`llaniladigan demulgatorlarni ikki guruhga 
    ajratamiz. Ionagen va ionagen bo`lmagan moddalar. 


    Birinchi guruhga kam samarali deemulgatorlar, NCHK (neytralizovanny 
    cherny kontakt) va NKG (neytralizovanny kisly gudron) bular hozirgi kunda ishlab 
    chiqarilmaydi. 
    Ionagen bo`lmagan deemulgatorlarga diproksamin – 157, proksamin – 385, 
    dissolvan – 4411, siparol, poliakrilamidlar kiradi. 
    Neftni suvsizlantirish mexanik, termik, kimyoviy, filtrlash, issiqlik kimyoviy 
    emulsiyani parchalash, elektrik usullari yordamida amalga oshiriladi. 
    Mexanik usul: bu tindirishga asoslangan bo`lib, u tindiruvchi qurilmalarda 
    olib boriladi. Neft – suv aralashmasi tindiruvchi qurilmaga yig`iladi va u yerda 
    ajralish sodir bo`ladi, ya‘ni neft suvdan yengil bo`lganligi uchun aralashma yuziga 
    ajralib chiqib neft qatlami hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan neft va suv qatlamlari 
    alohida ajratib olinadi.Issiqlik usulda – tindirishgacha bo`lgan davrda, aralashma 
    qizdiriladi yoki issiqlik bilan ishlanadi. Bunda suv zarrachalarining yuza ta‘sirining 
    mahkamligi kamayib, neftning qovushqoqligi pasayadi. Natijada suv zarrachalari 
    kattalashib, cho`kish tezligi oshadi. 
    Kimyoviy usuli asosiy usullardan bo`lib, bunda tindirish jarayonigacha neft 
    – suv aralashmasining tarkibiga deemulgatorlar qo`shiladi. Qo`shilgan 
    deemulgatorlar turg`un neft – suv emulsiyasini parchalaydi. Natijada tindirish 
    qurilmalarida neft va suvning ajralishi uchun sharoit yaratiladi. Issiqlik kimyoviy 
    deemulsiya usulida neft – suv aralashmasi tarkibiga deemulgatorlar qo`shish bilan 
    birga, ular issiqlik bilan ham ishlanadi. Bunda suv tomchilarining sirt yuza ta‘siri 
    kuchlari kamayib, emulsiya turg`unlari buziladi. Bu o`z navbatida tindirish 
    jarayonida suv va neftning ajralish jarayonini yuqori darajada sodir bo`lishiga olib 
    keladi. 
     
    Nazorat savollari: 
     
    1. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasida qanday ishlar amalga oshiriladi?
    2. Neftni turg`unlashtirish deganda nimani tushunasiz?
    3. Rektifikatsiya jarayonini izohlab bering.
    4. Neftni suvsizlantirish qanday usullarda amalga oshiriladi?
    5. Issiqlik va mexanik usulda neftni tozalash. 
    6.
    Neft va gazni konlarda tayyorlash uchun qanday asbob-uskunalardan
    foydalaniladi va bu asbob – uskunalar nima vazifalarni bajaradi? 

    Download 403.68 Kb.
    1   2




    Download 403.68 Kb.
    Pdf ko'rish