2. Neftni qo‘shimchalardan tozalash Neftni kompleks tayyorlash qurilmalarining umumiy chizmasi va texnologik jarayonlari




Download 390,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.11.2023
Hajmi390,1 Kb.
#101331
  1   2   3


14-Ma’ruza:Gaz taqsimlash tizimining tasnifi va vazifalari 
Reja: 
1. Quvurlardan olinayotgan neftni tarkibi va undagi 
qo‘shimchalarnisalbiyta’sirlari 
2. Neftni qo‘shimchalardan tozalash 
3. Neftni kompleks tayyorlash qurilmalarining umumiy chizmasi va 
texnologik jarayonlari 
 
Quduqlardan olinayotgan neft “hom” mahsulot bo‘lib, uning tarkibida qatlam 
suvida erigan mineral tuzlar, qatlam suvi, organik (S
1
-S
4
) va noorganik (SO
2
, N
2
S) 
gazlar va mexanik qo‘shimchalar bo‘ladi. 
Neft tarkibida (1 t neftda) qatlam suvining miqdori 200-300 kg bo‘lib, ayrim 
hollarda uning miqdori 90 % gacha bo‘ladi. 1 tonna neft tarkibidagi organik gazlar 
miqdori50-100 m
3
ni tashkil etadi. Qatlam suvi tarkibidagi mineral tuzlar miqdori 
2500 mg/l gacha bo‘ladi. Neftdagi mexanik qo‘shimchalar qum, tuproq 
zarrachalaridan, hamda korroziya mahsulotlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Yuqorida 
keltirilgan qo‘shimchalar orqali jo‘natish, saqlash va qayta ishlash jarayonlariga
hamda neftdan olinadigan mahsulotlarning tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Neft tarkibida suvning bo‘lishi, quvur orqali jo‘natilayotgan mahsulot hajmini 
ko‘payishini sodir etadi (ko‘pirishi sababli). Bu o‘z navbatida tashish harajatlarini 
qimmatlashtiradi. 
Neft tarkibidagi suvning miqdori 0,1 % bo‘lgan holda ham rektifikatsiya 
kolonnasida neftning tez ko‘pirishini sodir etib, texnologik jarayonlarini tez izdan 
chiqishiga olib keladi. 
Neft tarkibidagi yengil uglevodorodlar (S
2
-S
5
) foydali homashyo bo‘lib, 
ulardan sanoat miqyosida ishlatiladigan spirtlar, sintetik kauchik, erituvchilar, suyuq 
motor yoqilg‘ilari, o‘g‘itlar, suniy tolalar va boshqalar olinadi. Shuning uchun ularni 
texnologik jarayonlarda (haydash, saqlash) isrof bo‘lmasligini sodir etish va qayta 
ishlash uchun soklash kerak bo‘ladi. 


Neft tarkibida mineral qo‘shimchalarning bo‘lishi: quvur va qayta ishlash 
zavodining jihozlarini errozik yemirilishini sodir etadi; neftni qayta ishlashni 
qiyinlashtiradi; mazut va gudronlarni kukunini (zolnost) oshiradi, hamda 
sovutkichlarda, pechkalarda issiqlik almashtiruvchi apparatlarda qoldiqlar hosil 
qilib, issiqlik berish koeffitsiyentini kamaytiradi va tezda ishdan chiqishiga olib 
keladi. 
Neft tarkibida kristall ko‘rinishidagi mineral tuzlarning bo‘lishi; neftni 
haydash, qayta ishlash metall qurilmalarini va quvurlarni tez korroziyalanishini 
sodir etadi, emulsiya turg‘unligini oshiradi, neftni qayta ishlash jarayonlarini
qiyinlashtiradi. 
Yuqorida keltirilgan qo‘shimchalardan tozalash jarayoni kon havzasida 
joylashgan neftni kompleks qayta ishlash qurilmalarida (UKPN) amalga oshiriladi. 
Bu qurilmalarda: gazsizlantirish, suvsizlantirish, tuzsizlantirish texnologik 
jarayonlar bajariladi, hamda tozalangan neftni quvurlar orqali qayta ishlash zavodiga 
yuboriladi. 
Quvur orqali jo‘natishga tayyorlangan neftning tarkibi quyidagicha bo‘lishi 
kerak: mineral tuzlarning miqdori 50 mg/l; mexanik qo‘shimchalarning miqdori 
0,05% dan va suvning miqdori 0,5% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 

Download 390,1 Kb.
  1   2   3




Download 390,1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Neftni qo‘shimchalardan tozalash Neftni kompleks tayyorlash qurilmalarining umumiy chizmasi va texnologik jarayonlari

Download 390,1 Kb.
Pdf ko'rish