Neftni kompleks tayyorlash qurilmalarining umumiy




Download 390,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.11.2023
Hajmi390,1 Kb.
#101331
1   2   3
Neftni kompleks tayyorlash qurilmalarining umumiy
chizmasi va texnologik jarayonlari 
Neftni kompleks tayyorlash qurilma va jihozlarining umumiy 
texnologik chizmasi. 
1- neft quduqlari; 2- neft miqdorini o‘lchovchi jihozlar; 3- siquvchi nasos 
stansiyasi; 4- gazni qayta ishlovchi zavod; 5- neftni kompleks tayyorlash 
qurilmalari; 6- suvni tozalovchi qurilmalar; 7- neftni saqlovchi rezervuarlar;
8- tayyorlangan neftni uzatuvchi nasoslar; 9- neftni sifatini tekshiruvchi 
jihozlar; 10- tayyor neftni saqlovchi rezervuarlar; 11- tayyor neftni magistral neft 
quvuriga haydovchi nasoslar; 12- haydovchi nasoslar; 13- suvni haydovchi nasos; 
14- neft quduqlariga haydash. 


Quduqlardan olingan “xom” neft quvurlari orqali, o‘z bosimida, neft hajmini 
o‘lchovchi jihozlarga keladi. Bu yerda ma’lum miqdordagi yengil uglevodorodlarni 
ajralishi sodir bo‘ladi. Keyin neft aralashtirilib, siquvchi nasos stansiyasiga 
oqiziladi. U yerda seporatorlar bo‘lib, birinchi bosqichda yengil gazlarni ajratib olish 
jarayoni sodir etiladi. Ajratilgan gaz, gazni qayta ishlash zavodiga yuboriladi. 
Qisman gazdan tozalangan neft, kompleks tayyorlaydigan qurilmalarga haydaladi. 
Bu yerda neftni 2 va 3 bosqich gazdan tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Undan 
tashqari neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari bajariladi. Ajratib 
olingan gazlar, gazni qayta ishlash zavodiga yuboriladi. Tozalangan neft yopiq 
rezervuarlarga oqiziladi va ulardan nasos yordamida neftni sifatini tekshiruvchi 
jihozlarga uzatiladi. 
Agar tozalangan neftni sifati qoniqarli bo‘lsa, mahsulot saqlovchi 
rezervuarlarga haydaladi. U yerda nasos yordamida, magistral neft quvuri orqali 
neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi. 
Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarsiz bo‘lsa, neft ya’na kompleks 
tayyorlash qurilmalariga qaytariladi. Ajratib olingan suv tozalanib nasos yordamida 
neft quduqlariga haydaladi. 

Download 390,1 Kb.
1   2   3




Download 390,1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neftni kompleks tayyorlash qurilmalarining umumiy

Download 390,1 Kb.
Pdf ko'rish