2. Neftni qo‘shimchalardan tozalash Neftni kompleks tayyorlash qurilmalarining umumiy chizmasi va texnologik jarayonlari




Download 390,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.11.2023
Hajmi390,1 Kb.
#101331
1   2   3
Neftni qo‘shimchalardan tozalash 
1. Suvdan tozalash. Neft va suvning aralashmasi emulsiya ko‘rinishida bo‘ladi. 
Ularning aralashmadagi hajm miqdorlariga ko‘ra: neftning suvdagi emulsiyasi (n/s) 
yoki suvning neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo‘lishi mumkin. Asosan amaliyotda 
(95%) suvning neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo‘ladi. 
Hosil bo‘lgan neft-suv emulsiyasi turg‘un holatda bo‘lib, ularni turg‘unligini 
buzish va ajratish uchun emulsiya tarkibiga deemulgatorlar (emulsiyani 
parchalovchi kimyoviy moddalar) qo‘shiladi. Undan tashqari aralashmani qizdirish 
va boshqa ta’sirlar natijasida ham emulsiya turg‘unligi kamaytiriladi. 
Neftni suvsizlantirish mexanik, termik, kimyoviy, filtrlash, issiqlik kimyoviy 
emulsiyani parchalash, elektrik usullari yordamida amalga oshiriladi. 


Mexanik usul tindirishga asoslangan bo‘lib, u tindiruvchi qurilmalarda olib 
boriladi. 
Neft-suv aralashmasi tindiruvchi qurilmaga keladi va u yerda ajralish sodir 
bo‘ladi, ya’ni neft suvdan yengil bo‘lganligi uchun aralashmani yuzasiga ajralib 
chiqib, neft qatlamini hosil qiladi. Hosil bo‘lgan neft va suv qatlamlari alohida 
ajratib olinadi. 
Issiqlik usulida, tindirishgacha bo‘lgan davrda, aralashma qizdiriladi yoki 
issiqlik bilan ishlanadi. Bunda suv zarrachalarni yuza ta’sirining maxkamligi 
kamayib, neftning qovushqoqligi pasayadi. Natijada suv globullarini (katta 
zarrachalarini) cho‘kish tezligi oshadi. 
Kimyoviy suvsizlantirish usuli asosiy usullardan bo‘lib, bunda tindirish 
jarayonigacha neft-suv tarkibiga deemulgatorlar qo‘shiladi. Deemulgatorlar turg‘un 
neft-suv emulsiyasini parchalaydi. Natijada tindirish qurilmalarida neft va suvning 
ajralishi uchun sharoit yaratiladi. 
Issiqlik kimyoviy deemulsiya usulida, neft-suv aralashmasi tarkibiga 
deemulgatorlar qo‘shish bilan bir qatorda, ularni issiqlik bilan ham ishlanadi. Bunda 
suv tomchilarining sirt yuza ta’sir kuchlari kamayib, emulsiya turg‘unligi, buziladi 
(100% gacha). Bu o‘z navbatida, tindirish jarayonida, suv va neftning ajralish 
jarayonini yuqori darajada sodir bo‘lishiga olib keladi. 
1. 
Neftni turg‘unlashtirish. Turg‘unlashtirish deganda, normal sharoitda 
gaz holatida bo‘lgan neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratib olish va ularni 
neft-kimyo sanoatiga ishlatish uchun yuborish tushuniladi. Neft tarkibidagi yengil 
uglevodorodlarni ajratish, Separatsiya va rektifikatsiya usullari yordamida amalga 
oshiriladi. Separatsiya usulida, neft aralashmasini bir yoki bir necha bor bo‘g‘latish 
va uni bosimini kamaytirish natijasida, undan yengil uglevodorodlarni va ular bilan 
birga boshqa gazlarni ajratiladi. Rektifikatsiya usulida, neftni bir yoki bir necha bor 
qizdirish va sovutish (kondensatsiyalash) natijasida, undan aniq uglevod fraksiyasi 
olinadi. Kon havzalarida neftning turg‘unlantirish separatsiya usulida amalga 
oshiriladi. 


Separatsiya jarayoni: neftni o‘lchash, neftni siquvchi nasos stansiyasi va neftni 
kompleks tayyorlash qurilmalaridagi seporatorlarda bajariladi. 
Yuqori bosimdagi neft oqimi seporatorga tushganda uning bosimi kamayadi. 
Natijada, yuqori bosimda suyuq holatda bo‘lgan yengil uglevodorodlar gaz holatiga 
o‘tib, suyuq neftdan ajralishi sodir bo‘ladi. 
Separatsiya 
yordamida 
turg‘unlantirilgan 
neftni 
tarkibida 
yengil 
uglevodorodlarning (S
1
-S
4
) miqdori 1,5÷2% atrofida bo‘ladi. Ular neftning qayta 
ishlash zavodida Rektifikatsiya kolonnalarida ajratib olinadi. 

Download 390,1 Kb.
1   2   3




Download 390,1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Neftni qo‘shimchalardan tozalash Neftni kompleks tayyorlash qurilmalarining umumiy chizmasi va texnologik jarayonlari

Download 390,1 Kb.
Pdf ko'rish