• Qoniqarli 5-6 ball bilan baholanadi
  • Qoniqarsiz 3-4 ball bilan baholanadi
  • FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR KLASTER GRAFIK ORGANAYZERI
  • Yaxshi 7-8 ball bilan baholanadi




    Download 0,59 Mb.
    bet118/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

    Yaxshi 7-8 ball bilan baholanadi:
    - savolga yozilgan javoblar o‘quv dasturi talablari doirasi bilan chеklangan, ammo to‘gri bo‘lsa;
    - javobda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan bo‘lsa;
    - qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida xatoliklar uchramasa;
    -bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa.
    Qoniqarli 5-6 ball bilan baholanadi:
    -savolga javob o‘quv dasturi talablariga mos kеlmasa, ya’ni tor doirada yoritilgan bo‘lsa;
    -qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida ba’zi xatoliklar uchrasa;
    -bayonda ba’zi orfografik va grammatik xatolar uchrasa.
    Qoniqarsiz 3-4 ball bilan baholanadi:
    -savolga javob juda tor doirada yoritilgan bo‘lsa;
    -qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonidaqo‘pol xatoliklar uchrasa;
    -bayonda qo‘pol orfografik va grammatik xatolar uchrasa.
    1-2 ball bilan baholanadi:
    -bеrilgan savolga javob yozilmasdan, boshqa savollarga javob yozilgan bo‘lsa;
    -qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonidaqo‘pol xatoliklar uchrasa;
    -bayonda qo‘pol orfografik va grammatik xatolar uchrasa.

    FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
    KLASTER GRAFIK ORGANAYZERI
    Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq obyektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
    Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida nomoyon bo‘ladi.
    Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
    Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shaklidir.
    Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosidan tashkil etiladigan mashg‘ulot jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosidatashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmuyi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.

    Download 0,59 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




    Download 0,59 Mb.