|
Topshiriq.Xizmat xatlarining matnlarini tuzing.
Mustaqil ta’limni tashkil qilish
|
bet | 85/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgTopshiriq.Xizmat xatlarining matnlarini tuzing.
Mustaqil ta’limni tashkil qilish
Mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalarning boblari va mavzularini o‘rganish. Bunday ish natijalari referatlar, taqdimotlar va individual berilgan topshiriqlar orqali tekshiriladi;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. Bunda o‘qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo‘ladi. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi;
- o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg‘ulotlari hamda seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘llanishi mumkin;
- fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyot (monografiya, maqolalar), referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish chog‘ida amalga oshiriladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi;
- O‘zbek tili fanini nazariy jihatdanmustahkamlash bo‘yicha manbalarni o‘rganish, ularni tahlil qilish. Bu ish 1-2- semestr davomida bajariladi va reyting tizimida baholanadi;
- talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish;
- avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi, nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. Bu ma’ruza mashg‘ulotlari doirasida ham, amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi.
MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
I semetr uchun
|
| |