|
Buxoro adabiy muhitining xos xususiyatlari
|
bet | 143/155 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #133618 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O`zbek adabiyotiBuxoro adabiy muhitining xos xususiyatlari
Buxoro adabiy muhiti. Buxoro adabiy muhitining xos xususiyatlari.
(XVII asrdan XIX asrning ikkinchi yarmi(1865 yil)gacha). Davr madaniy hayotiga sharh. Siyosiy hayotdagi beqarorlik va sulolalar almashinuvi. Adabiy hayotning o’ziga xos xususiyatlari. Xonliklar markazlarida adabiy muhitning shakllanishi va taraqqiyoti.
Adabiy hamkorlik va tarjima adabiyoti. Adabiyotda zullisonaynlik an’anasi. Muhojirlik adabiyoti.
Tarixnavislik. O’tmish tarixnavisligi va uning davom etttirilishi. Tarixnavislikka alohida e’tibor. Xondamirning “Habibu-s-siyar” va “Siyaru-l-muluk” asarlari. Tarixiy asarlarning yangilanish xususiyatlari.
Tazkiranavislik. Davr tazkiranavisligining o’ziga xos xususiyatlari. Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” asarining ilmiy qimmati. Asarda XVI asr madaniy hayotini aks ettirish tamoyillari. Mutribiy, Maliho Samarqandiy, Qori Rahmatulloh Vozeh, Fazliy Namangoniy, Ahmad Tabibiy tazkiralari. Tazkiralarda adabiy siymolar tavsifi. Tazkira janrida adabiyotshunoslik takomil bosqichlarining ifodalanishi.
Xoja ijodi. Hayoti va ijodi. Hikoyalari. “Gulzor” va “Miftohu-l-adl” asarlarining talqini.
Shayboniyxon va Muhammad Solih hayoti va ijodi
Shayboniyxon hayoti va ijodi. Shoir devoni va uning janr xususiyatlari. Asarlarining mavzu va g’oyaviy ko’lami. Shoir dunyoqarashi va tariqati. Shayboniyxon ijodida lirik qahramon tabiati. She’riy mahorat qirralari.
Muhammad Solih ijodi. «Shayboniynoma» jangnoma tipidagi doston sifatida. Asar mazmuni, tarixiy shaxslar va badiiy timsollar.
Qul Ubaydiy va Turdi ijodiy merosi manbalari
Qul Ubaydiy hayoti va ijodi manbalari. Ubaydiy merosi. “Kulliyot”ining yaratilish tarixi va janr xususiyatlari. Shoirning she’riy janrlar takomilidagi o’rni. Qul Ubaydiy she’riyatida lirik qahramon tabiati. Dunyoqarash va tariqat masalalari. Shoir masnaviylari. Ularning mavzu va g’oyaviy qamrovi. Shoir merosining timsollar olami.
Turdi ijodi. Shoir hayoti voqealarining asarlari asosida tiklanishi. Turdi she’rlarining janr xususiyatlari. G’azal va muxammaslari. Subhonqulixon haqidagi hajviyasi. Asarda madaniy hayot tasviri.
|
| |