• 3-topshiriq.
  • MENING O’QUV YURTIM FRAZEOLOGIZMLAR Topshiriq.
  • -topshiriq. Berilgan so‘zlarning sinonimlarini toping. Do‘st, ozod, ko‘rkam. 2-topshiriq




    Download 0,81 Mb.
    bet8/70
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #255315
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
    Bog'liq
    O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsi

    1-topshiriq. Berilgan so‘zlarning sinonimlarini toping.
    Do‘st, ozod, ko‘rkam.


    2-topshiriq. Antonimlarni topib ko‘chiring. Yod oling.
    1.Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l. 2. U goh kulib, goh yig‘lab bo‘lgan voqeani aytib berdi. 3. Yaхshi topib gapiradi, yomon qopib. 4. Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar.


    3-topshiriq. Berilgan so’zlardan omonimlarni ajrating va ular ishtirokida gaplar tuzing.
    Bosh, oyoq, qo‘l, tok, soch, kul.


    4-topshiriq. Matndagi gaplardan sinonimlarni topib, ularning ma'nolarini tushuntiring.
    1. Gulsumbibi uyda qitday o‘tin, qitday ko‘mir yo‘qligini so’zladi (O.).
    2. Hoji xola dutor torini picha bo‘shatdi, uzilib ketishi mumkin edi. (M.Ism).
    3. Matqovul aka sekin kelib, chekkadagi odamlar yonida to‘xtadi (M.Ism).
    4. Shohista ohista qadam tashlab uyga kirar ekan, eshikni sekingina yopdi (M.Aliyev.). 5. Yo’lchi bu kishining yuzini ko‘rmasdanoq ovozidan tanidi (O.).
    6. Otabek tovush egasini tanidi (A.Qod.).


    MENING O’QUV YURTIM
    FRAZEOLOGIZMLAR


    Topshiriq. Matnni o‘qing. Uning mazmunini so‘zlab bering.


    MENING OQUV YURTIM

    Toshkent elektrotexnika aloqa instituti 1955 yilda sobiq ittifoq aloqa vazirligiga qarashli 7 institutning biri sifatida tashkil etilib, tarmoq oliy o‘quv yurti hisoblangan. Institut O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston uchun elektrotexnika va radioaloqa injenerlarini tayyorlay boshladi.


    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tasarrufidagi tarmoq oily o‘quv yurtiga aylantirildi.
    1997 yil O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, 2002 yildan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi..
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan Toshkent aloqa elektrotexnika institutiga universitet maqomi berildi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlandi. Universitetga axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash vazifasi yuklatildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan universitetning mamlakatimiz fani rivoji, milliy ta’lim tizimi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, yoshlar tarbiyasidagi katta hissasini e’tiborga olib, 2004 yil 22 dekabrda “2005 yilda universitetning 50 yilligini nishonlash to’g’risida”gi 598- sonli qarorini qabul qildi. Uni o‘tkazish bo’yicha tayyorgarlik rejasiga asosan tashkiliy qo’mita tarkibi tasdiqlandi.



    Download 0,81 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




    Download 0,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -topshiriq. Berilgan so‘zlarning sinonimlarini toping. Do‘st, ozod, ko‘rkam. 2-topshiriq

    Download 0,81 Mb.