O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. Arxitekturaga xos va ozlashgan sozlar tasnifi




Download 290.02 Kb.
bet3/11
Sana05.12.2022
Hajmi290.02 Kb.
#33229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O zbek tilini sohada qo llanilishi fanidan mustaqil ish mavzular
javobsiz, 1- маъруза, 1. MA\'RUZA - 1 (1), 7bf231394ac5a4fe8b0fad25d50df1fb, Kopfstandmethode 10-12, Axloq-odobga oid hadis namunalari, Saytga Ochiq dars uchun, 13450 1 78082DFBE4DC95EA61813DA8939866DCF842A2F1, ГОСТ 34687-2020, Амалий, 7-mavzu (4), Globallashuv, Tog jinslarining burg\'ulanuvchanligi bo\'yicha sinflanishi. Reja , Laboratoriya ishi
O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. Arxitekturaga xos va ozlashgan sozlar tasnifi.

O‘zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda boyib boradi. Tilning lug‘at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.

O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so‘z yasash orqali yangi so‘zlar hosil qilinadi: sirifdosh. Limonzor. Vazirlik.

Ijarachi, tinchliksevar. MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalaruan adabiy tilga so’z olish ham kiradi: aya. Bolish. Uvildiriq (ikra) kabi.

Boshqa tillardan so’z olish (tashqa manba). 0‘zbek tiliga boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish turli davrlarda turlicha boMgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so‘z o’zlashtirish faollashgan. 0‘zlashgan so‘zlar ham o‘zbek tili leksikasida anchagina miqdomi tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so‘z yasashdan ko‘ra boshqa tillardan so‘z o’zlashtirish hisobiga boyishi yyetakchilik qilmoqda.
O`zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.
Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O`zbek tili lug`at tarkibining birinchi yo`l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo`llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so`zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo`shimcha yordamida yangi so`z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so`zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o`xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O`zbek tili lug`at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo`q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani
tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo`lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg`ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so`z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o`zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.
«O`zbek tilining eskirgan so`zlar o`quv izohli lug`ati» – o`zbek adabiy tilining me’yoriy lug`atidan biri. Lug`at X.Norxo`jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan.
Lug`atda so`zlar quyidagicha tavsiflangan:

I Har bir so`zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.




  1. Lug`atda so`zlarning, asosan, hozirgi o`zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.




  1. So`zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:

DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg`ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug`lash uchun ishlatiladigan so`z.


  1. Bosh so`zlarning mustaqil ko`chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko`chma belgisi bilan ta’minlangan.



  1. Lug`atda ayrim so`zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.

Koloinada-ustunlar qatori, qatorak.

Konservatsiya-ta’mirning asosiy turi. Qadimiyat asori atiqalarini saqlab qolish uchun ko’riladigan choralar. Binoni yanada buzilib ketishini oldini olish uchun maxsus qurilish choralari ko’riladi.

Koshin-1) bino bezagi uchun maxsus pishitilgan sirkor mo’rt sopol bo’lagi. Yuzasi sirlangandan keyin yana bir marta xumdonda pishiriladi. 2) kesma koshin.

Kulol tuproq-sopol buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladigan shirali tuproq, soz tuproq.

Kuloxiy gumbaz-kulox (uchli qalpoq) shaklidagi gumbaz.

Lamba-tekis suvalgan yoki taxtalardan terilgan ship.

Linga (krujalo)-yog’och va gumbazlarning andazasi.

Loyixa-bino tuzilishini ko’rsatuvchi me’moriy chizmalar to’plami.

Lo’k-g’ishtning chalqancha tomoni; chalqancha berilgan g’isht.

Majmua-ma’lum me’moriy reja asosida o’zaro mutanosib qurilgan binolar.

Madrasa-diniy oliy o’quv yurti.

Mang’ash-tarkibida temir, xrom qoldiqlari bo’lgan tog’ ma’dani. Kulol ustalar qoramtir jigarrang bo’yoq sifatida foydalanishgan.

Me’mor- binokor usta, balno, muxandis; bino va inshootlarning loyixasini yaratuvchi va ularning qurilishini nazorat qilib turuvchi bosh mutaxassis.

Andaza-o’lchov olish, aynan shaklni ko’chirish.


Download 290.02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 290.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. Arxitekturaga xos va ozlashgan sozlar tasnifi

Download 290.02 Kb.