O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar




Download 56.79 Kb.
bet1/3
Sana15.01.2024
Hajmi56.79 Kb.
#137441
  1   2   3
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar (2)
Sherzod aka 2222, mustaqil ish falsafa , iqtisodiy va ijtimoiy sohada xalqaro reyting (14talik), Doc1, Документ Microsoft Word, yuklash 1 — копия




Kurs ishi

Bajaruvchi:zebo


Tekshiruvchi:Xo‘janiyazova Sh

O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar
Reja:
1.Metanimiya hodisasi
2.Olimlarning qarashlari tahlili
3.

Bugungi jadal globallashuv jarayonlarida axborot kommunikasiya texnologiyalarining rivoji misli ko‘rilmagan holatlarini qamragan bir vaqtda, bir tildan boshqasiga so‘z o‘tmasligini tasavvur etishni o‘zi mushkul, shunday ekan tilimiz yanada boyib boradi, ravnaq topadi va go‘zallashadi. Bu bugungi kunda dunyoning inkor etib bo‘lmaydigan lisoniy mantiqiy haqiqatlaridan biridir.


Muhtaram yurtboshimizning quyidagi so‘zlari tilshunoslar va tarjimashunoslarga alohida mas’uliyat yuklaydi: “Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylik sifatida ona tilimizni asrab- avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur, ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish, milliy o‘zlikni, vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz”.
Ma’lumki, ingliz adabiyotining yorqin vakillari, V.Shekspir, Dj.London, T.Drayzer asarlari qatorida E.Hemingueyning durdona asarlari ham dunyo tillari qatorida o‘zbek tiliga tarjima qilingan va o‘zbek xalqini o‘z ma’naviy va milliy qadriyatlari bilan bahramand qilib, kitobxonlar diqqatini o‘ziga jalb qilib kelgan.
Mazkur asarlarning tarjima sifati, uslubi bilan bog‘liq jihatlari o‘rganilmagan. Shu sabab ushbu masalani o‘rganish tarjimashunoslikda muhim ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra biz ishimizda E.Hemingueyning “Alvido qurol” asarining asliyati va tarjimasini tahlilga tortdik. Asar tarjimasida badiiy tasvir vositasi, ya’ni ko‘chimning eng murakkab shakllaridan biri bo‘lgan metonimiyaning tarjimada qay darajada saqlaganligini atroflicha tadqiq etdik. Bu esa mavzuning
dolzarbligini ta’minladi.
“Metonimiya” atamasi paydo bo‘lganidan beri o‘tgan yillar davomida metonimiyaga doir ko‘plab tadqiqotlar, izlanishlar amalga oshirildi. Ayniqsa o‘zbek olimlari tomonidan metonimiya sohasida ko‘plab izlanishlar olib borildi. Bunga misol qilib R.Qo‘ng‘irov, S.Karimovlarning ilmiy tadqiqotlarini keltirishimiz mumkin. Metonimiya hodisasi R.Qong‘irov, S.Karimovning tadqiqotlarida o‘zbek badiiy tili misolida qisman o‘rganilgani bilan ajralib turadi. Agar T.Aliqulov, M.Mirtojiyev tadqiqotlarida nazariy jihatdan asoslangan bo‘lsa, yuqoridagi ikki tadqiqotda esa metonimiya asar tilida yozuvchi uslubni yuzaga keltiruvchi hodisa sifatida tahlil etilgan. Ikkinchidan bu ikki tadqiqotda metonimiya lingvistik hodisa ekanligiga ham alohida urg‘u berilgan.
Demak, tadqiqotlar orasida metonimiya grammatik hodisa sifatida
o‘rganilgan. Metonimiyani tasviriy vositaning shakllari bilan qorishtirish, holatlari uchrab turadi. 60-yillarda T.Aliqulov tadqiqotlarida metonimiya ko‘p ma’nolik hodisa sifatida qaraldi. 70-yillarga kelib esa M.Mirtojiyev tadqiqotlarida metonimiyaning bunday xususiyati yanada chuqurlashtirib o‘rganildi. Har ikki tadqiqotda ham metonimiya hodisasi nazariy jihatdan asoslanishga harakat qilingan. Metonimiya hodisasi badiiy asarlardan olingan parchalar yoki ma’lum ijodkor qo‘llangan tasviriy vosita asosida emas, asosan tadqiqotlarning o‘z qarashlaridagi so‘zlarni tahlil etish jarayonida ko‘rsatilgan. M.Mirtojiyev metonimiyani polisemiyaning bir shakli sifatida o‘rganar ekan, unga shunday ta’rif beradi. “Metonimiya .... nomdoshlovchi bilan nomdoshlanuvchi o‘rtasidagi aloqadorlik tufayli ko‘chma ma’no hosil bo‘lishidir” muallif bu fikrini misollarda asoslashga erishadi.
Metonimiya hodisasi M.Mirtojiyev tadqiqotining bir qismi sifatida o‘rganilganligi sababli ham uning xususiyatlari ilmiy nazariy jihatdan to‘la ochilgan. Muallifning doktorlik dissertasiyasida ham mazkur fikrlar rivojlantirilgan. Mazkur tadqiqotda metonimiyaning klassifikasiyasi haqida fikr yuritilar ekan, muallif nomi asarning nomi bilan qo‘llaniladi. Birinchi qo‘llanmada o‘zbek tilida metonimiyaning olti ikkinchisida yetti xil ko‘rinishi mavjudligi asoslab berilgan. Masala bir muallif tomonidan yoritilganligi sababli ham metonimiya hodisasining ko‘rinishlari har ikki qo‘llanmada ham bir xil ta’rif keltirilgan. Bu o‘rinda metonimiyaning yetti xil ko‘rinishini keltirish maqsadga muvofiq. Narsa (idish) ichidagi narsaning ma’nosi o‘sha narsaga o‘tkaziladi. Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan almashtiriladi. Biror narsadan yasalgan material bilan almashtirish. Ma’lum mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o‘rinda yashab turgan kishilar ma’nosi shu yerga davlat yoki mamlakatga ko‘chiriladi. Alohida olingan aniqlovchi to‘liq narsani almashtiradi. Aniq tushuncha nomi o‘rniga mavhum ma’noli ot qo‘llaniladi.
Nutq madaniyati va usulbiyat asoslari qo‘llanmasida ta’kidlab o‘tish joizki o‘zbek tili stilistikasi va mazkur qo‘llanmadagi tilning tasviriy vositalari qismlari professor R.Qo‘ng‘irov tomonidan yozilgan metonimiya hodisasining ko‘chma ma’noga asoslangan.
Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad mavzuni nazariy jihatdan yoritib berish hamda E.Hemingueyning “Alvido qurol” asari tarjimasida metonimiyaning o‘zbek tilida qay darajada tiklanganligini o‘rganish va tarjima jarayonidagi nuqsonlar va yutuqlarni aniqlashdan iborat.
Tadqiqot maqsadidan chiqib o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni ko‘ndalang qo‘ydik.
Metonimiya tushunchasiga to‘la oydinlik kiritish va uning tarjima bilan bog‘liq jihatlarini kompleks o‘rganish;
Tarjimada metonimiyani saqlashda tarjimonning individual uslubiy mahoratini ochib berish;
Metoniya tarjimasida shakl va mazmun birligi saqlanishini aniqlash;
Tadqiqot ishi o‘zbek tarjimashunosligida metonimiyaning ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘girishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganishga qaratilgan dastlabki monografik plandagi ishlardan biridir. Unda tadqiq etilgan masalalar ishning ilmiy yangiligini belgiladi.
Metonimiya tushunchasiga ma’lum va muayyan ma’noda oydinlik kiritildi, uning mavjud tasniflari umumlashtirildi;
Tarjima va asl nusxaga qiyosiy – tipologik jihatdan o‘rganib chiqildi hamda o‘zaro nomutonosibliklar aniqlandi.
tarjimada metonimiya muqobillarining shakl va mazmun birligi o‘rganildi.
Badiiy asardagi metonimiyani saqlashda tarjimonning individual– uslubi tarjima asarning sifatini aniqlash imkonini berishi tadqiq qilindi.
Tadqiqot manbai sifatida E.Hemingueyning “Alvido qurol” asari asliyati va uning o‘zbekcha tarjimasi asos qilib olindi. Tarjimashunoslarning ilmiy qarashlari, tarjimalari, taqrizlari, shuningdek, folklor asarlari namunalari, ilmiy maqola va risolalar mazkur mavzuni tadqiq etishda metodologik asos o‘rnini bosadi.
Tadqiqqotning ilmiy – nazariy va amaliy ahamiyati Mazkur tadqiqot tarjimashunoslikda kam o`rganilgan soha tarjimada metonimiyani saqlanishiga bog`lik masalalarga bag`ishlanganligi, bundan keyin yaratiladigan tadqiqotlar uchun nazariy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotning metodologik asosi va metodlari N. Vladimirova, G` Salomov, R.Fayzullayeva, Q.Musayevlarning ilmiy fikrlari, nazariy qarashlari tadqiqotga metdologik asos bo`lib xizmat etdi.
Mavzuning maqsad vazifalaridan kelib chiqqan holda qiyosiy – tipologik, uslubiy (stilistik), tekstologik, semantik, va statistik tahlil qilish metodlariga tayanildi.
Metonimiya tarjimasi doimiy ravishda tadqiq qilishni talab qiluvchi tajimashunoslikda muhim bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. Metonimiyada ikki predmet tashqi ko‘rinish yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo‘lsa ham, umuman bir-biridan farq qiluvchi predmetlar belgilari chog‘ishtiriladi. Metonimiya ancha murakkab ma’no ko‘chish hodisasi hisoblanib, ayni zamonda ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar diqqatini o‘ziga jalb etib keladi. Bu ma’no ko‘chishga tilshunoslar ko‘p ma’noli so‘zlardagi semema va semalarning xarakterli xususiyatlarini ochish, ko‘chma ma’no hosil qiluvchi hodisalar tahlili nuqtai nazaridan yondoshsalar, adabiyotshunoslar esa polisemantik so‘zlardagi tasvirning turli vositalar (o‘xshatish, sifatlash, majoz istoriya)ni yuzaga keltiruvchi omillar deb biladilar. Har ikkala yo‘nalishda ham maqsad bitta, u ham bo‘lsa, so‘zning ko‘p ma’noligi va undagi uslubiy imkoniyatlarni o‘rganishdir.
So‘zning ko‘p ma’noliligini o‘rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun muhim rol o‘ynaydi. Chunki, bir so‘zning o‘zida turli xil ma’noning bo‘lishi uchun og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashda uslubiy bo‘yog‘iga, ma’nosiga e’tibor berishni talab qiladi. Shu boisdan ma’no ko‘chish ham sinonimiya, omonimiya va boshqa leksik vositalar singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so‘z o‘yinlarini yuzaga keltiradi. Bunday paytlarda so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosi to‘qnashtiriladi, natijada kutilmagan yangi ma’no hosil bo‘ladi. So‘zlarning ana shu nozik ma’no ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo‘llanadi.
Uslubiyat – nutqning eng yaqin va muvofiq vositasini tavsiya etadi, me’yor qilib belgilaydi. Nutqning turli uslubiy qatlamlarida qo‘llanmalardan vositalarini belgilab beradi. Shunga ko‘ra uslubiyat so‘z san’ati ifoda vositalari haqidagi alohida bir fandir. Hozirgi kunda uslubiyat sohasida tadqiq etilgan tadqiqotlar bizning e’tiborimizni tortdi. Ayniqsa, metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi tasviriy vositalar va o‘xshatishlar ham ijodkor asari tilidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish ham mas’uliyatli va ham qiziqarlidir. Ana shu fan haqidagi tushunchalarimizning boyib borishida tilshunos olimlarimiz va yozuvchilarimizning xizmati benihoyatdir. Ularning katta mehnati tufayli o‘zbek tilining ko‘pgina sohalarida qat’iy me’yorlar belgilaydi, til birikmalarining aloqa jarayonidagi lisoniy namunalari tavsiya etiladi.
Til taraqqiyotidagi ko‘pgina masalalar ilmiy nazariy asosda qo‘yildi. Masalan: dastlab o‘zbek tilida tasviriy vositalar, ko‘chimlar bo‘yicha hal qilinadigan masalalariga kam e’tibor berilar edi. Keyinchalik bu sohalarda so‘zlarning biriga ko‘chirish yoki so‘zlarni shu maqsadda, umuman ko‘chma ma’noda (asossiz ma’noga emas), ishlatilishiga troplar (ko‘chimlar) deyiladi.
Ko‘chimlar ko‘proq og‘zaki nutq uchun xarakterli hodisadir. Ulardan zo‘rma-zo‘raki foydalanib bo‘lmaydi, nutqni buzishi mumkin. Ularga yozuvchi yoki notiq zarurat tug‘ilgandagina murojaat qilishi lozim. Aks holda ular badiiy asar qimmatni oshirish o‘rniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘chim (trop)lar quydagi asosiy turlarga bo‘linadi: Metonimiya, metafora, sinekdoxa, epitet (sifatlash), o‘xshatish, jonlantirish, simvol, allegoriya, giperbola, litota, perifraza, antifraza, ironiyalaridir.
Badiiy tasvir vositalaridan biz kuzatishlarimizni metonimiyaga qaratdik.
Metonimiya – grekcha metonumiya so‘zidan olingan bo‘lib boshqacha nom berish degan ma’noni bildiradi. Metaforaga o‘xshash tropning asosiy turlaridan biri bo‘lgan metonimiya ham so‘zlarning, ko‘chma ma’nosiga asoslanadi.
Metofarada bir-birlariga o‘xshash predmet va ularning belgilari ko‘chirilsa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko‘rinish yoki ichki xususiyatlari bilan birbiriga qandaydir aloqasi bo‘lsa ham ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi predmetlar belgilari chog‘ishtiriladi. Masalan: Ra’no Anvarga xat yozib yuboradi va gapning qolganini Fuzuliydan o‘qirsiz, deydi (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”). Bunda muallifning nomi uning asari o‘rniga ko‘chgan uni nomi bilan qo‘llanadi.
Yoki darsdan so‘ng A.Qodiriyni olish uchun do‘stimni uyiga bordim gapida ham asar avtor nomi bilan qo‘llanilgan.
Umuman metonimiyada biror narsa ichidagi predmetni ma’nosi, o‘sha narsaga o‘tkaziladi. Masalan: Bir piyola ichdim. Bir tovoq tushurdim, “piyola”, “choy” ma’nosida tovoq esa “osh” ma’nosida keltirilgan. Yoki muallif nomi asar o‘rnida qo‘llanilishi mumkin: Navoiyni o‘qidim, Oybekni o‘qidim: yana harakat natijasi shu harakatni bajaruvchi qurol nomi bilan almashtiriladi. Masalan: mazkur gaplarning hammasi ustoz S.Ayniy qalamiga tegishli. Yoki yana:

Download 56.79 Kb.
  1   2   3




Download 56.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar

Download 56.79 Kb.