O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar




Download 56,79 Kb.
bet2/3
Sana15.01.2024
Hajmi56,79 Kb.
#137441
1   2   3
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar (2)
Sherzod aka 2222, mustaqil ish falsafa , iqtisodiy va ijtimoiy sohada xalqaro reyting (14talik), Doc1, Документ Microsoft Word, yuklash 1 — копия
Besh asrkim nazmiy saroyini
Titratadi zanjirband bir sher
Temur tigi yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
Biror narsani u yasalgan material bilan almashtirish mumkin:
Endi senga tismol aytay bir avlon
O‘lmas po‘lat berdi, yegniga qalqon
Ma’lum bir hududda qishloqda yashab turgan kishilar ma’nosi shu yerga qishloq yoki hududga ko‘chiriladi. Yanvarning 15 larida butun qishloq to‘g‘on qurilishiga otlandi. (Oybek oltin vodiydan shabadalar) Ma’lum bir hududda qishloqda yashab turgan kishilar ma’nosi shu yerga qishloq yoki hududga ko‘chiriladi. (Oybek oltin vodiydan shabadalar)
Metonimiya hodisasi ko‘pgina olimlar tomonida o‘rganilgan va unga turli xil tasniflar berishgan. Masalan olim E.Qilichev o‘zining “Badiiy tasvirning leksik
vositalari” kitobida metonimiyaga quyidagicha ta’rif bergan. Metonimiya polisemiyaning bir ko‘rinishidir. Predemet yoki hodisalarni anglatuvchi so‘zlar metonimiya yo‘li bilan yangi ko‘chma ma’no anglatar ekan, bunda bir- biridan tubdan farq qiluvchi va butunlay boshqa-boshqa tushunchalarni ifodalovchi predmet-narsa va hodisalarning makon yoki zamonda o‘zaro ichki va tashqi jihatdan yaqinligi, bog‘liqligi, aloqadorligi ko‘zda tutiladi. Ya’ni predmet yoki hodisalarni makon yoki zamondagi o‘zaro doimiy bog‘lanishlari asosida birining nomi ikkinchisiga ko‘chiriladi. (12; 23)
Masalan ’’kent ko‘chdi‘’ birikmasidagi ‘’kent ‘’ so‘zi ko‘chma ma’noda ’’ odamlar’’ ’’kishilar’’ ma’nosini ifodalaydi. Bunda ikki voqealik orasida o‘zaro o‘rin munosabatiga ko‘ra yaqinlik, aloqadorlik, bog‘liqlilik ifodalanmoqda, ya’ni shu joyda o‘rnashgan, joylashgan odamlar, kishilar ko‘chdi ma’nosidir. Shuningdek avtor nomi asarlari o‘nida qo‘llanilishi mumkin, bunda keng kitobxonlar orasida tanilgan mashhur yozuvchi yoki shoirlarning asrlari haqida gap boradi. Chunki bir yozuvchi barcha asarlarining nomini sanamay, nutqda ixchamlikda erishish va fikrni qisqa bayon qilish uchun shu yozuvchining nomi ishlatilaveradi.
So‘zlardagi metonomik ma’no ko‘chirilishining bu turi S.Ayniyning asarida uchraydi: Men bibixalifa (qizlar maktabi )da Xofiz, Bedildan bir necha qism o‘qidim. Misolidagi “Xofiz’, “Bedil” so‘zlari ularning kitobi (she’rlari) ma’nosini ifodalamoqda. Shu konteksdagi “Bibixalifa” so‘zi va undan keyingi qavs ichida keltirilgan “qizlar maktabi” birikmasi kishilar diqqatini tortadi. Qadimda “bibixalifalar” deyilganda “qizlar o‘qiydigan maktab“ tushunilgani yozuvchi bir shtrix bilan izohlab kelgan, buni yozuvchining ma’nosi metonimiya yo‘li bilan ko‘chgan, tushunilishi qiyin bo‘lgan istorizm so‘zlari asar kontekstida izohlab ketish mahorati deb bilmoq kerak. Metonomik ma’no ko‘chirish usullari xilma –xil bo‘lib, biror bir asarning janri o‘rnida uning nomi ishlatilishi ham mumkin.
So‘zlarning metonomik ko‘chma ma’noda qo‘llash, ulardagi semantik strukturani o‘zgartirish orqali kitobxonga estetik ta’sir qilish bayonining emotsionalligini oshirish ko‘zda tutiladi. Bu holatda ham tilning estetik funksiyasi uni kommunikativ funksiyasi bilan dialektik birlikda olib boriladi.
Har bir brigada o‘ziga topshirilgan qit’ani mehr bilan ishlamoqda edi. Misoldagi “brigada” so‘zi “brigadada ishlovchi kishilar, a’zolar, ma’nosida ishlatilgan bo‘lib, kitobxonlarga qisqa, ya’ni bir so‘z orqali keng tushunchani ifodalab, estetik ta’sir ko‘rsatmoqda . Shuningdek, kitobxon, hech shubhasiz, bu so‘zlarning ma’nosini anglab yetadi. Yuqorida qayd qilinganidek, nutqini obrazli qilish, ixchamlash zaruriyati bilan metonomik ma’no ishlatiladi. Bunda so‘zning dastlabki nominativ funksiyasi yo‘qolib, semantik siljish yuz beradi.
Metonomik ma’no ko‘chirishda fikrni lo‘nda qilib berish bilan birga, avtorning emotsiya va to‘lqinlarini voqealikka munosabatini ifodalash ham ko‘zda tutiladi: ….bular topgan pul va molning bir qismi hamma kattalar cho‘ntagiga tushadi. Misoldagi “kattalar” amaldorlar , yuqori mansabdagi kishilar ma’nosi qo‘llanilgan. Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, “katta” sifatining uning ifodalagan ko‘chma ma’no bilan o‘xshashlik belgisi yo‘q. Ammo nutqdagi “kattalar” deganda mansabdor shaxslar bevosita anglashaveradi.
Metonimiya badiiy adabiyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan badiiy vosita. Olimlardan Tursunov.U, Muxtorov.J o‘zlarining “Xozirgi o‘zbek adabiiy tili” kitobida metonimiyani bir qancha turlarga bo‘lganlar. Shulardan biri sinekdoxadir.
Sinekdoxada qism va butun munosabati asosida ma’no ko‘chiriladi. U
metonimiyaning bir ko‘rinishidir. (22;121)
Masalan “Oyoqyalanglar” so‘zida kishi organizmidan - tana qismidan “oyoq“ va uning “sochiqligi”ga ishora qilish bilan bir vaqtning o‘zida ikki ma’no mujjasamlashgan. Yani “oyoq” organizm qismi orqali butun “odam” tushunilsa, unga “yalang” “ochiq” so‘zi qo‘shilib, “kambag‘al”, “qashshoq” ma’nosini bergan. Natijada bu so‘zning ifoda planidan ko‘ra mazmuni kengayib, ta’sirchanlik, emotsionallik xususiyati ham yanada oshgan.
E.Qilichevning “Badiiy tasvirning leksik vositalari” kitobida metonimiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: Metonimiya deb voqea-hodisa, narsa-buyumlar o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlik va bog‘liqlik asosida ma'no ko‘chishiga aytiladi. Metonimiya ham qiyosga asoslanadi. Faqat «metaforada bir-biriga o‘xshash predmetlarning belgilari qiyoslansa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko‘rinishi yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo‘lsa ham, ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi (bir biriga o‘xshamagan) predmetlarning belgilari chog‘ishtiriladi".
Masalan: ...yaxshiliqmi, yomonliqmi haytovur bo‘ladirgan ko‘ngilsiz gapni kechikkani yaxshi... Fuzuliyni yaxshilab o‘qish kerak. (A.Qodiriy)
Ushbu gapda muallif va uning asarlari o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanib, «asar» muallif nomi bilan qayta nomlanyapti. Yoki, Saroy tinch uyquda, tun yarim (A.Qodiriy). Bu misolda "saroy” so‘zi orqali «saroydagi odamlar» ma’nosi ham ifodalangan. Metonimiyaning turli ko‘rinishlari mavjud va bu haqda tilshunoslikka oid adabiyotlardan atroflicha ma’lumot olish mumkin. Biz sizga bir mansurani havola qilmoqchimiz. Unda muallifning metonimik qayta nomlash usulidan mahorat bilan foydalanganiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz:
Xemengueyni o‘qish
– Aka Xemenguey ham badimga urib ketdi, – dedi buxorolik shoir. – Endi o‘qiyapman Jabron Xali, Folkner, Frishni.
O‘sha kuni uyga keldim. Yana kezib chiqdim o‘zim sevgan Ernst olamlarini.
To‘g‘ri ekan. Badga urishi mumkin ekan hatto Xemenguey ham.
Agar o‘z erking ko‘rinsa juda uzoq. Ishonching darz ketsa.
Tuyulsa omonat, liqildoq.
Muomalaga o‘rgatar Xemenguey. Olijanob muomalaga. Biz esa tobora yiroqlashib boryapmiz bunday muomaladan. (I.G‘afurov)
Ba’zi adabiyotlarda metonimiya metaforani bir ko‘rinishi deb qaraydilar, lekin metonimiya metaforadan farq qiladi. Metonimiya ham nom ko‘chish usuli bo‘lib, narsalar orasidagi obyektiv bog‘liqlikka asoslanadi. Bog‘liqlik asosidagi ma’no ko‘chish bir necha xil bo‘lishi mumkin:

  1. Narsa nomi – shu narsa asosidagi boshqa bir narsaga ko‘chadi: Dasturxon – stolga yoziladigan mato // dasturxon ishtaxamni ochib yubordi (dasturxondagi ovqatlar).

  2. Bir narsaning shu narsaga asoslangan o‘lchov birligi nomi bo‘lib xizmat qiladi: bosh, kalla – “bosh” o‘lchov birligi: ikki bosh uzum, bunda metafora ham qatnashadi – shakliy o‘xshashlik bor.

  3. Bir narsaning nomi shu predmetdan hosil bo‘ladigan predmetga ko‘chadi: til (nutq a’zosi), til (nutq).

  4. Belgining nomi shunday belgisi bor narsaga ko‘chiriladi – ko‘k (rang nomi) – ko‘k (osmon)

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman.
Cho‘lpon. (“Go‘zal”)

  1. Harakatning nomi shu harakat natijasida hosil bo‘ladigan narsaga ko‘chiriladi: to‘ymoq – to‘y.

Metonimiyaning muayyan ko‘rinishi – sinekdoxa butun va qism orasidagi bog‘liqlikni nazarda tutadi. Metonimiya va metafora orasidagi farq nom ko‘chish asoslaridadir. Metaforaga o‘xshashlik, metonimiyaga bog‘liqlik asos bo‘ladi. Bu eng asosiy farq bo‘lib, o‘xshashlik va bog‘liqlik munosabatlari orasidagi tafovut bu farqni yanada kuchaytiradi.
Bu tafovut shundaki, o‘xshashlik qaysidir darajada erkin, ya’ni subyekt o‘xshashlikni ochadigina emas. Noo‘xshash narsalar orasida mutanosiblikni topish qadimdan iste’dod sanaladi. Metaforada qiyos asosi nihoyatda murakkab bo‘lishi mumkin. Yuqorida ana shunday holatlar haqida gapirib, faqat so‘zning semem tarkibiga suyanib turib bu xil metaforalarni ochish qiyin bo‘lishi haqida gapirgan edik.
Metonimiyada esa bog‘liqlik asos bo‘ladi. Bog‘liqlik obyektiv mavjud bo‘lmasa, uni tiklab bo‘lmaydi. Darhaqiqat, bog‘liqlik (munosabati) xususiyati doimiy bo‘lib, uni hamma tan oladi va qayd etadi. Ko‘chaning oldingi qismini nima uchun bosh deb atalishiga umumtektologik-mantiqiy qonuniyatlar ko‘rsatish qiyin. Biroq metonimiyaning xususiy ko‘rinishi bo‘lgan sinekdoxa – butunni qism, qismni butun bilan atash asosini kibernetika ham tushuntirib bera oladi. Chunki kibernetikaning asosiy qonunlaridan bo‘lmish axborot nazariyasi bo‘yicha har qanday butun qism haqida, har qanday qism butun haqida axborot tashiydi.

Download 56,79 Kb.
1   2   3




Download 56,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar

Download 56,79 Kb.