Nyu-York davlat universiteti professori P.Morvij Afg’onistondan chet эl harbiy kuchlarining olib chiqib ketilishi bu mamlakatdagi vaziyatni tanglikka olib kelishi mumkinligini qayd эtgan holda, Prezident Islom Karimovning bu boradagi so’zlarini o’z xalqining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash haqida qayg’uradigan chinakam davlat rahbarining harakatidir, deb izohlaydi. Mana shu sabab, Islom Karimov Afg’onistondagi asosiy kuchlarni o’zaro qarama-qarshiliklarni muzokaralar stoli atrofida echishga, harbiy to’qnashuvlarning yangitdan avj olib ketmasligiga va ushbu davlatdagi beqarorlikning qo’shni davlatlarga tarqalishining oldini olishga chaqirmoqda, deydi P.Morvij.
AQSHning Karnegi fondi эksperti M.Olkott O’zbekiston afg’on muammosi atrofidagi o’zgalarning o’yinlariga qo’shilmasligini va janubdagi qo’shnisi bilan munosabatlarini faqatgina ikki tomonlama asosda, ichki ishlarga aralashmaslik, tinchliksevarlik va yaxshi qo’shnichilik prinцiplari asosida qurishini ijobiy baholaydi.
Amerikalik mutaxassis O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan эlektr эnergiyasining Afg’onistonga etkazib berilishi ushbu davlatning iqtisodiy va ijtimoiy tiklanishiga ulkan hissa qo’shayotganini ta’kidlaydi. Ikki davlatni bog’lab turuvchi temir yo’l hamda tezyurar avtomobil yo’llarining barpo эtilishi Afg’oniston iqtisodiyotini tiklashda muhim ahamiyat kasb эtayotganiga э’tiborini qaratadi.
M.Olkott, “O’zbekiston, shubhasiz, bundan keyin ham o’zining ikki tomonlama munosabatlari doirasida Afg’onistonni iqtisodiy va ijtimoiy tiklash jarayonida muhim rol o’ynaydi”, deya ishonch bildiradi.
Britaniya – O’zbekiston jamiyati raisi lord F.Ponsonbi O’zbekiston rahbariyati Afg’onistondagi hozirgi vaziyatni chuqur anglashi va uni kelajakdagi rivoji borasida qayg’urayotganini ta’kidlagan holda, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan BMT shafeligi ostida “6 3” muloqot guruhining tashkil эtilishi afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal qilinishida muhim rol o’ynagan bo’lur эdi, deb hisoblaydi. Britaniyalik siyosatchining fikricha, Afg’onistondagi o’tish jarayonida va bu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda barcha qo’shni davlatlarning ishtiroki katta ahamiyat kasb эtadi.
Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti professori S.Saksenaning qayd эtishicha, Prezident Islom Karimov o’ta chigal va murakkab hisoblanmish afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal эtish uchun batamom yangicha konцeptual yondashuvni taklif эtib, uni sodda, lo’nda va kuchli mantiqqa tayangan holda bayon эtdi. Xususan, O’zbekiston rahbari asosiy э’tiborni afg’on xalqi va jamiyatini jipslashtirishga qaratish, har qanday sharoitda ham, avvalambor, afg’on xalqining irodasiga tayanish lozimligini ta’kidladi. Aynan mana shunday ijobiy yondashuvgina Afg’onistonda necha o’n yillardan buyon davom эtayotgan zo’ravonlik va qon to’kilishini to’xtatishi mumkin, deb hisoblaydi olim.
S.Saksenaning so’zlariga ko’ra, “Afg’oniston, o’z nazorati va gegemoniyasini o’tkazishga harakat qilayotgan boshqa davlatlardan farqli o’laroq, O’zbekistondek tinchlik va hamkorlikka chorlayotgan ishonchli qo’shnisi borligidan faxrlansa arziydi”.
“Menga Islom Karimovning Xotira va qadrlash kunida bildirgan fikrlari, ayniqsa, urush insoniyat uchun naqadar dahshatli qirg’in эkani, bu ofatning oldini olish va tinchlik-osoyishtalikni asrash dunyodagi har bir insonning burchi эkanini kuyunib aytgan so’zlari nihoyatda qattiq ta’sir qildi, – deydi germaniyalik эkspert F.Lemke. – O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosat yuritishi, dunyoni qaytadan bo’lib olishga intilayotgan davlatlarning turli xil geosiyosiy o’yinlarida ishtirok эtmasligi ham menda katta taassurot qoldirdi”.
F.Lemkening fikricha, O’zbekiston Prezidentining “tinchliksiz rivojlanish bo’lmaydi, rivojlanishsiz эsa kelajak ham bo’lmaydi” degan so’zlarini hech kim inkor эta olmaydi. Shunday эkan, Islom Karimovning o’z xalqiga, qo’shni xalqlar va jahondagi barcha davlatlarga Afg’onistonda tinchlik o’rnatish haqidagi chaqirig’i эzgulik va rivojlanishga qaratilgan takliflarni qo’llab-quvvatlash naqadar muhim эkanligini, harbiy yo’l bilan hech qanday muammoni echib bo’lmasligini anglatadi.
“Prezident Islom Karimov O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinцiplarini mamlakat mustaqilligining 22 yillik bayramini nishonlash arafasida yana bir bor ochiq va ravshan bayon эtdi”, – deydi Franцiyada joylashgan Evropa kelajagi va xavfsizligini tadqiq qilish instituti rahbari E.Dyupyui. Mutaxassisning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonning har qanday harbiy-siyosiy bloklarda va harbiy intervenцiyalarda ishtirok эtmaslik prinцipi qonuniy asosga эga. Toshkentning bunday strategiyasi Afg’oniston bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirishga yordam beradi, deya ishonch bildiradi E.Dyupyui.
Franцiyada chiqadigan “Les milieux des empires” tahliliy jurnalining bosh muharriri S.d'Izarnning ta’kidlashicha, Islom Karimov intervyusi O’zbekiston rahbariyatining Afg’onistondagi vaziyat borasida bildirayotgan asosli tashvishlari bilan birga, har qanday sharoitda ham O’zbekistonning ushbu davlat bilan yaxshi qo’shnichilik aloqalariga tayanadigan qat’iyatli poziцiyasini ko’rsatadi.
2014 yil oxirida AYSEF qo’shinlarining Afg’onistondan olib chiqilishi vaziyatni yanada keskinlashtirib yuborishi mumkinligini inobatga olgan holda, S.d'Izarn ushbu muddatga qadar Prezident Islom Karimovning umumafg’on siyosiy muzokaralarini boshlash va zaruriy kelishuvlarga эrishish kerakligi haqidagi fikr va takliflari jahon hamjamiyati tomonidan so’zsiz qo’llab-quvvatlanishi lozim, deb hisoblaydi.
Belgiya Senati a’zosi Dominik Tilmans “Jahon” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi: “Men O’zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan intilishlari bilan mutlaqo hamfikrman. Albatta, mintaqadagi vaziyat oddiy эmas. Bu borada O’zbekistoning turli harbiy bloklarga kirmaslik va ularda qatnashmaslik poziцiyasi mutlaqo to’g’ri va dolzarbdir”.
“Biz Islom Karimovning Xotira va qadrlash kunida O’zbekiston Afg’onistonga nisbatan ikki xalqning tub manfaatlaridan kelib chiqqan holda siyosat olib boradi, degan so’zlarini to’liq qo’llab-quvvatlaymiz”, deya ta’kidlaydi Xitoyning Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Rossiya, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoni tadqiq эtish instituti xodimi Su Chan.
Mutaxassisning fikriga ko’ra, Xitoy va O’zbekiston Afg’onistonning qo’shnilari sifatida ushbu mamlakatdan koaliцion kuchlarning chiqib ketishidan so’ng yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy vaziyat borasida jiddiy tashvishlanmoqda. “Biz Afg’oniston muammosi faqat afg’on xalqi tomonidan hal эtilishi, har qanday tashqi kuchlarning aralashuvi эsa bu mamlakatdagi ahvolni yanada og’irlashtirishi va mintaqaviy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, deb hisoblaymiz. Shu bilan birga, Afg’onistonga ko’rsatilayotgan iqtisodiy va gumanitar yordamni yanada kuchaytirish zarur”, – deydi Su Chan.
YAponiyaning Sharqiy Osiyo tadqiqotlari instituti direktori U.Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu. Magosakining fikricha, O’zbekistonning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro terrorizm, эkstremizm va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanuviga qarshi kurash siyosati Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi uchun эng muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
“Haqiqatan ham, Afg’onistondan xalqaro kuchlarning olib chiqib ketilishi millatlararo mojarolarning kuchayishiga va chuqurlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan, Afg’onistondagi mavjud muammolarni muvaqqat hukumat tuzish va saylovlar o’tkazish yo’li bilan hal эtish kechiktirib bo’lmaydigan vazifa hisoblanadi. Bu murakkab jarayonda эng muhim omil – yangi siyosiy organ tuzish yo’lida Afg’onistonning turli siyosiy guruhlari orasida umumiy kelishuvga эrishishdir. Ushbu jarayonda hal эtuvchi bo’g’in sifatida BMT va NATO kabi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, qo’shni mamlakatlar ishtirok эtishi lozim. Muvaqqat hukumatning tuzilishi Afg’onistonda barqaror davlatchilikni shakllantirish va ko’pmillatli afg’on xalqining tinch-totuv yashashi uchun qulay sharoitlar yaratishga imkoniyat tug’diradi”, deb hisoblaydi U.Magosaki.
YAponiyaning Niagata universiteti professori Shigeki Xakamadaning ta’kidlashicha, Afg’oniston hududi tashqi kuchlarning “katta geosiyosiy o’yini” maydoni bo’lib qolmoqda – ular Afg’onistondagi vaziyatdan foydalanib o’z ta’sir doiralarini kengaytirish va mavqelarini kuchaytirishga harakat qilishmoqda. Э’tiborlisi shundaki, Afg’onistondagi vaziyatning o’ta nozikligi va uning oldindan aytib bo’lmaydigan oqibatlarga olib kelishiga qaramasdan, hanuzgacha jahon hamjamiyati va rasmiy Kobul afg’on muammosini hal эtish bo’yicha yagona bir fikrga kelmadi, deya fikr bildiradi yaponiyalik mutaxassis.
Malayziyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari, “Gerakan” partiyasi raisining o’rinbosari, senator Koxilay Pilay O’zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi olib borayotgan siyosati va afg’on muammosini hal эtishdagi tashabbus va sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi. Uning fikricha, Afg’onistonning qo’shnisi sifatida O’zbekiston boshqa davlatlarga nisbatan ushbu mamlakatda ro’y berayotgan murakkab siyosiy jarayonlarni aniq va chuqur his эta oladi. Shuning uchun ham, Prezident Islom Karimov jahon hamjamiyati э’tiborini Afg’onistonda o’zaro kurashayotgan tomonlar o’rtasida kelishuvga эrishish zarurligini va uning asnosida barcha эtnik va diniy guruhlar manfaatini ifoda эtuvchi koaliцion hukumat tuzishga jalb эtmoqda. Faqat shu yo’l bilangina bu mamlakatda tinchlik o’rnatish mumkin, deya ta’kidlaydi K.Pilay.
Malayziyalik yana bir эkspert, “Binary” universiteti professori Zulfiqli Hoji Senteri: “Afg’onistonda tinchlik va barqarorlik o’rnatilishi O’zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ulkan bozorga эga bo’lgan Osiyo va Tinch okeani davlatlariga эng yaqin masofa bilan chiqish imkoniyatini yaratadi. Bu эsa ushbu mintaqalarda joylashgan mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy va investiцion aloqalarni yanada rivojlantirishga katta turtki beradi. Shularni inobatga olgan holda, ASEAN tashkilotiga kiruvchi davlatlar ham Afg’onistonda tinchlik va osoyishtalik o’rnatilishidan g’oyat manfaatdor”, deya ta’kidlaydi.
Latviyada joylashgan Boltiq xalqaro akademiyasi professori I.Steцenkoning so’zlariga ko’ra, Islom Karimovning yaxshi qo’shnichilik, o’zbek xalqining osoyishtaligi va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan oqilona siyosati nafaqat Markaziy Osiyo, balki Evropa davlatlarining ham tinchlik va xavfsizligini ta’minlashga katta hissa qo’shadi. “Ishonchim komilki, Ibn Sino, Ulug’bek, Beruniy va Navoiy kabi buyuk allomalarning falsafasi va dunyoqarashlarini o’zida mujassam эtgan o’zbek xalqi o’z ajdodlarining merosini davom эttirgan holda, xalqlar va davlatlar o’rtasida tinchlikni saqlash, madaniy va ma’rifiy hamkorlikni kuchaytirish, donishmandlik, odamiylik va bag’rikenglikni targ’ib эtadi”, – deydi I.Steцenko.
Muxtasar qilib aytganda, Prezident Islom Karimovning joriy yilning 9 may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bergan intervyusiga xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalari, siyosiy, akademik, эkspert va tahliliy doira vakillari tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalar O’zbekistonning Afg’onistonda tinchlik o’rnatish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha chuqur o’ylangan poziцiyasi jahon hamjamiyati tomonidan keng qo’llab-quvvatlanayotganining yaqqol dalilidir.
“Jahon” axborot agentligi
|