«O‘zbekenergota’mir» aksiyadorlik jamiyati o'quv markazi




Download 498.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi498.14 Kb.
#39330
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Шахзодга



«O‘ZBEKENERGOTA’MIR» 
AKSIYADORLIK JAMIYATI 
 
O'QUV MARKAZI 
 
 
 
 
 
 
 
Tasdiqlayman 
 
 
Bosh director V.v.b. 

I.B. Radjabov 
 
 
«____» _____2023 y 
 
 
 
 
"ELEKTR MASHINA ELEMENTLARINI TA’MIRLOVCHI"
kasbi bo‘yicha tayyorlash va malakasini oshirish 
 
O'QUV REJASI VA DASTURI 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


YOZUV TUSHUNTIRISH MATNI 
Ushbu o‘quv reja va dasturlar ishchilarni "Elektr mashina elementlarini ta’mirlovchi" 
kasbi bo‘yicha, 3-dan 6-toifagacha tayyorlash va malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, unda malaka tavsiflari, nazariy va ishlab chiqarish dasturlarining o‘quv rejasi, 
maslaxatlar, shuningdek malaka imtihonlarini o‘tkazish uchun nazorat savollari mavjud. 
Malakaviy tavsiflar ishchilarning ish va kasblarining yagona tarif-malaka 
ma’lumotnomasiga (YATMM) muvofiq tuzilgan. 
"Elektr mashina elementlarini ta’mirlovchi" kasbiga yangi ishchilarni tayyorlash 
bo‘yicha o‘quv dasturlar, o‘quvchilarning bilim va kasbiy mahoratini hisobga olgan holda
ishlab chiqilgan. 
Ishchilarni qayta tayyorlash va ikkinchi kasbni egallashda, shuningdek, oliy kasbiy 
ma’lumotga ega bo‘lganlarda, ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini, xamda ushbu 
kasbdagilarga qo‘yiladigan talablarni va turdosh kasbdagi ish tajribasini hisobga olgan holda, 
o‘qitish muddatlari qisqartiriladi. O‘quv materiallarni qisqartirish, asosan, qayta tayyorlash 
va ikkinchi mutaxasisslikni olishdan oldin, shuningdek, maxsus fan bilan bog‘liq umumiy 
kasbiy fanlarning jamlangan materiallarining integratsiyalashgan kurs hisobidan amalga 
oshiriladi. Bu oldin olingan bilimlarni takrorlash va yangilash uchun umumlashgan 
ma’ruzalar o‘tkazish imkonini beradi. Kasbiy ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosati, 
ta’limga kiritilgan kasbiy ma’lumot standartiga asoslanib, ta’lim berishning ikki bosqichini: 
federal va mintaqaviy o‘quv darajasini olib borishni nazarda tutadi. O‘quv darajaning 
mintaqaviy bosqichiga, ma’lum bir ishlab chiqarishning aniq xususiyatlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan mahalliy daraja ham kirishi mumkin. 
Federal daraja-kasbiy ma’lumot standarti xisoblanib, qaysi mintaqada va qaysi sohada 
ishlamasin ushbu kasb uchun zarur bo‘lgan umumiy masalalar bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmalar miqdorini ta’minlaydi. 
Mintaqaviy darajada esa ma’lum qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutiladi (mintaqada 
amalda bo‘lgan va kasblar bilan bog‘liq qoidalar, qonunlar, talablardan ko‘chirmalar, yangi 
uskunalar va texnologiyalar, indivudal masalalarni taxrirlash va boshqalar). 
Kiritilishi kerak bo‘lgan, o‘zgarishlar, yangi uskunalar yoki texnologiyalarga tegishli 
bo‘lsa, o‘quv dasturida zaxira vaqti sifatida belgilangan soatlar xisobidan, shuningdek, 
maxsus texnologiya yoki ishlab chiqarish ta’limi materiallarini kamaytirish orqali 
ta’minlanadi. 
Ishchilarni tayyorlashda, amaliy mashg‘ulotlarga, ishlab chiqarish ta’limini asos qilib 
kiritilishi, xisobidan amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish ta’limi ustasi ishchilarni mehnatni samarali va xavfsiz tashkil etishga, 
har bir ish joyida va uchastkada yangi uskunalar va ilg‘or texnologiyalardan foydalanishga 
o‘rgatishi, ular bilan mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari va materiallar, xamda energiyani 
tejash choralarini batafsil ko‘rib chiqishi kerak. 
O‘quv jarayonida, mehnat xavfsizligi bo‘yicha barcha talablarni bajarish va 
mustaxkam o‘zlashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratish lozim. SHu maqsadda nazariy 
o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustasi (insruktor) dasturlarda nazarda tutilgan mehnat 
xavfsizligi uchun umumiy talablarni o‘rganishdan tashqari, har bir mavzuni o‘rganishda yoki 
yangi mavzuga o‘tishda har qanday holat uchun ishlab chiqarish ta’limi jarayonida 
kuzatilishi kerak bo‘lgan mehnat xavfsizligi talablariga katta e’tibor berishlari kerak. 
O‘qishning oxirida har bir ishchi korxonada belgilangan texnik shartlar va 
standartlarga muvofiq malaka xarakteristikasida nazarda tutilgan ishlarni bajarishni bilishi 
kerak. 


Malakaviy imtihonlar xuquqiy xujjatlarga muvofiq tashkil etilgan malaka 
komissiyalari tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 
Dasturlarning alohida mavzularini o‘rganishga ajratilgan soatlar soni, ularni o‘rganish 
ketma-ketligini o‘zgartirish, lozim bo‘lsa, u xolda, dasturlar mazmuni va soatlarning 
umumiy soniga muvofiq to‘liq bajarilishi sharti bilan o‘zgartirishga ruxsat beriladi. 

Download 498.14 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 498.14 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O‘zbekenergota’mir» aksiyadorlik jamiyati o'quv markazi

Download 498.14 Kb.
Pdf ko'rish