2.05.2024 Mahallada elektron tizimlar bilan ishlash .
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan nodavlat ta’lim tashkiloti yoki kasb-hunarga o‘qitish markaziga qoplab beriladi.
3.05.2024. Mahallada elektron tizimlar bilan ishlash .
Ayollar daftari — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.
Kreditlar «Ayollar daftari»ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Bunda kreditlar 33 million so‘mgacha miqdorda hokimlar yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratiladi.
6.05.2024. Yoshlar ishlari agentligi elektron platformasidan foydalanish .
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechim topish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi davlat tashkilotidir. Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi. Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o‘z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga ega. Agentlik tizimiga agentlikning markaziy apparati, hududiy va mahalliy bo‘linmalari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti kiradi. Hududiy bo‘linmalar (tumanlar va shaharlar bo‘limlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi. Yoshlar ishlari agentligi Prezidentning PF-6017-son Farmoni bilan tashkil etilgan.
|