|
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
| bet | 7/7 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 9,78 Mb. | | #254384 |
Bog'liq amaliyot hisobot Sadullayev Doniyor18.05.2024. Mahallada axborot xizmatlaridan to’laqonli foydalanish bo’yicha konikmalarni xosil qilish
Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha soalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta'lim maktablari ta'lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog'i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat'iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo'lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta'lim maktablari ta'lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo'l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o'z-o'zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o'stirishda tutayotgan o'rni va ta'siri ortib borayotganligini inkor etib bo'lmaydi. Umumiy ta'lim maktablaridagi ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o'qituvchi va o'quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
axborot yig'ishning yangi usullarini va ularni qo'llashni bilib oladilar;
bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o'stirishga yordam beradi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta'lim sohasida, o'quv faoliyatida va o'quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta'limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg'unlashtirishga imkon beradi.
OLINGAN NATIJALAR VA XULOSA
Amaliyot vaqtida Niyozmat mahalla fuqorolar yig’inidagi barcha zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan to’laqonli foydalanish haqidagi bilim malakalarimizni yanada oshirdik . Bu yerdagi barcha zamonaviy kompyuterlardan foydalanib bilim konikmalarimizni yanada oshirishimizga yordam berdi . Mahallada yani o’z o’zini boshqarish organlarida axborot kommunikatsiya texnalogiyalarining o’rni juda katta .Amaliyot bajarilish oxirlarida mahalladagi barcha zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan tolaqonli foydalanish haqidagi bilimlarni amaliyotda yanada mustahkamladik .Kompyuter, umuman axborot texnologiyalari hozirgi zamonamiz bilan chambarchas bog’liqligini tushintirish uchun misollarda ko’rsatib bordim. Kompyuterda ishlash ko’nikmalarini o’rganish sifatliroq va samaraliroq bo’lishi uchun amaliy ish vaqtida ishlatilgan dasturlardan foydalanishda ayrim “qisqa yo’llarni” ko’rsatib berishga harakat qildim, va mening fikrimcha ko’pgina ko’rsatilgan, o’rgatilgan saboqlar o’qituvchilarga yangilik bo’lib ko’rindi. O’qituvchilar o’z navbatida ko’rgan yangiliklarini iloji boricha tezroq o’rganib olishga harakat qildilar.
Amaliyot davomida mentor bo’lish, assistent bo’lish, bilimlarni musthkamlash, kerakli bilimlar, ko’nikmalarni o’rganib oldim, o’rgatish bo’yicha o’z mahoratimni oshirib bordim. Ma’ruza va amaliy ishlar davomida to’plagan bilimlarimni va qo’llanmada keltirilgan ma’lumotlarni maksimal darajada ochiq-ravona, tushunib olishga harakat qildim. Amaliyot mobaynida menga biriktirilgan o’quvchilar bilan ishlash yengil ishlardan biri emasligini tushunib, ikki tomonlama kelishuv, inoq bo’lish va har bir fikrni eshitish, bir birlarimizni hurmat qilish, bular uchun maxsus usullardan foydalanish va ularni ishlab chiqishga harakat qildim, va bu amaliyot kelajakda hodimlar bilan, kasbdoshlarim bilan biror bir korxonada yuqori sifatli va samarali ishlab chiqarishga yordam beradi degan xulosaga keldim.
|
| |