|
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
|
bet | 3/7 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 9,78 Mb. | | #254384 |
Bog'liq amaliyot hisobot Sadullayev Doniyor29.04.2024. Niyozmat MFY bilan tanishuv .
Tashkil topgan yili: Tuman xokimining 1997-yildagi qaroriga asosan tashkil topgan.
Maxallaning nomining tavsifi va tarixi: Niyozmat - (arab va turkiycha) – niyoz (arabcha) - “ehtiyoj”, mat (turkiycha) - “odamlar, kishilar deb izohlash mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarining nomlari to‘g‘risida”gi qonuninng 9-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman kengashi qarori bilan “Niyozmat” MFY nomi berilgan. Maxallaning binosi 1990-yillarda oldinlari kolxoz idorasi, keyinchalik bolalar bog‘chasi sifatida foydalanib kelingan, 1997 yildan boshlab maxalla fuqarolari yig‘ini binosi sifatida foydalanib kelgan.
Chegaradoshligi:2021yil “Niyozmat” maxallasi tuman markazidan 22 km uzoqlikda joylashgan, “Nebusa”, ”Chorbog”, “Xujamazgul” maxallalari va Baxmal tumani bilan chegaradosh.
Ijtimoiy soha obe'ktlari:Maxalla infrastrukturasida 1 maktab, davlat sherikchiligida tashkil etilgan 3 ta oilaviy tashkil etilgan bolalar bog‘chasi, 13 dan ortiq savdo do‘konlari, 1 ta avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonalari va axolini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida qurilgan 8 ta arteziyan quduqlari mavjud.
“Niyozmat” maxallasi 1991 yildan boshlab faoliyat yuritadi. 1991 yildan boshlab Jalilov Mirsoli 6 yil davomida 1997 yilga qadar maxalla fuqarolari raisi lavozimida ishlagan. Shundan so‘ng maxalla raisi lavozimida “Niyozmat” fuqarolaridan Abduraxmonov Abdusalom,Tojiyev Orifjon, Abdullayev Nabijon, Niyozkulov Ortikboy, Mallayev Abdunabi, Toshmamatova Nargiza va Azizov Abduxakimlar maxalla raisi lavozimida ishlagan. 2022 yil may oyidan maxalla raisi lavozimida Mustayev Aktamjon Taylonovich faoliyat yuritib kelmoqda.
01.05.2024. Mahalla fuqorolari yig’inida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish .
Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish borasida keng islohatlar olib borilayotgan davrda yoshlarning axborot madaniyatini shakillantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. O’quvchi va talabalarning axborot madaniyatini shakillantirish ta’lim muassasalarida va keying bosqichda Oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’qitish davrida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnalogiyalari” fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |