|
«Hayotga muhabbat» (1961), «Qish haqida» (1962), «Martin Iden» (1968) va b. asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan
|
bet | 2/4 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #144953 |
Bog'liq Yakuniy Nazorat Jahon Adabiyot«Hayotga muhabbat» (1961), «Qish haqida» (1962), «Martin Iden» (1968) va b. asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Martin Iden Kitob oʻlaroq birinchi marta 1909-yil „Macmillan“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor 1908-yilning sentabridan 1909-yilning sentabrigacha „The Pacific Monthly“ jurnalida chop etilgan.. „Martin Eden“ Londonning oʻzbek kitobxonlari orasida eng yaxshi tanilgan asarlaridan biridir. Romanni oʻzbek tiliga Qodir Mirmuhamedov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1986-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Romanda yozuvchi boʻlish ishtiyoqida yurgan yosh kishi haqida soʻz yuritiladi. London romanda oʻz hayotini aks ettirgan. Ammo Londondan farqli oʻlaroq, asar qahramoni Eden sotsializmga qarshi chiqadi. Roman qahramoni ogʻir mehnat qilib, shuhrat qozonadi. Ammo oʻzi ideallashtirgan tuzumdan hafsalasi pir boʻlib, umidsizlikka tushadi hamda oʻz joniga qasd qiladi. Qahramonlar - Martin Eden (talaffuzi: Martin Iden) – bosh qahramon; sobiq dengizchi
- Ruth Morse (talaffuzi: Rus Morz) – talaba, badavlat oila farzandi
- Lizzie Connolly (talaffuzi: Lizzi Konnoli) – fabrika ishchisi
- Joe Dawson (talaffuzi: Jo Douson) – Edenning boshchisi
- Russ Brissenden (talaffuzi: Ras Brissenden) – kasal yozuvchi
Abdulla Qodiriy Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820—1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–1906), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan.
|
| |