|
O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti Ingliz tili 2-fakulteti xta2 2006-guruh talabasi Otajanova Mohinurning Jahon Adabiyoti fanidan yakuniy nazorat taqdimoti Mavzu
|
bet | 3/4 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #144953 |
Bog'liq Yakuniy Nazorat Jahon AdabiyotSarob - Abdulla Qahhorning 30-yillar ijodida uning birinchi romani — „Sarob“ muhim oʻrinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning faoliyatini koʻrsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi oʻzbek xalqi hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va maʼnaviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. „Sarob“ keng mavzuli roman boʻlgani uchun yozuvchi oʻzining badiiy niyatini yalangʻoch holda koʻrsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari koʻrinishida reallashtirishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan
- Muallif bu qissani 1934-yil yozgan. Roman shu kungacha bir necha marta nashr qilingan. Ushbu kitob 1995-yil Toshkent shahrida „Sharq nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati“da chop etilgan.
Qahramonlar - Saidiy, Munisxon (o‘zini o‘zi otib o‘ldirgan), Murodxo‘ja domla, Soraxon va boshqa
Asarning o’xshashliklari Martin Iden» va «Sarob» romanlari o‘rtasida bir qator mush taraklik ko‘zga tashlanadi. Bu, eng avvalo, qahramon larni tanlash va voqealar rivojida ko‘rinadi. Har ikkala roman ning bosh qahramoni – ijodkor shaxslar. Ularning har ikkalasi ham kambag‘al oiladan chiqqan. Asar voqealari boshlanganda Martin ham, Saidiy ham ota- onalaridan ajralib, yetim bo‘lib qolgan edilar; har ikkala qahramonning bu olamdagi eng yaqin kishilari – opalari edi. Saidiyning bir, Martinning ikki opasi bor edi. Tabiiy qon-qar doshlik bog‘lab turgan bu opalar o‘z jigariga ona singari har qancha mehribon bo‘lmasin, ular Martin va Saidiyning yuksak orzu-niyatlarini anglay olmaydilar. Ruf otasi, onasi, akalari dan iborat to‘laqonli badavlat oilaning erka farzandi bo‘lgani singari, Munisxon ham onasi va akasining mehr-muhabbati panohida to‘q, betashvish hayot kechiradi. Har ikkala romanda ham pochcha obrazi bor Asarning o`xshashliklari - Ruf ham, Munisxon ham yuqori
- tabaqa vakili bo‘lib, Martin uchun ham, Saidiy uchun ham qo‘l
- yetmas yuksaklikda yashaydilar.
- Voqealar har ikki romanda bir-biriga mushtarak ravishda
- rivojlanib boradi. Yuqori tabaqaga mansub bo‘lgan boy-ba
- davlat qizga erishish maqsadi Martin va Saidiyni birdek izti
- robga solib, ulardagi ichki kuchni uyg‘otib yuboradi. Har ik
- kala yigit o‘z sevgilisiga munosib bo‘lish, unga erishish uchun
- jamiki imkoniyatni ishga soladilar. Martin va Ruf o‘rtasidagi
- muhabbatni Rufning yaqinlari qabul qila olmaganlari singari,
- Munisxonning akasi Muxtorxon ham ikki yosh o‘rtasidagi mu
- nosabatga yuzaki qaraydi, bilib turib o‘zini bilmaslikka soladi.
- Voqealarning keyingi rivoji roman mualliflarining badiiy
- maqsadiga ko‘ra turlicha rivojlanadi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti Ingliz tili 2-fakulteti xta2 2006-guruh talabasi Otajanova Mohinurning Jahon Adabiyoti fanidan yakuniy nazorat taqdimoti Mavzu
|