O’zbеkistоn dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti




Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/38
Sana21.07.2022
Hajmi0.85 Mb.
#24942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
033milliyvaharakatlioyinlarpdf
5-MAKTAB Scratch Annotatsiya
K I R I SH
 
Harakatli o’yinlar bolalar va o’smirlarni tarbiyalashda eng 
muhim va amaliy vositalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Harakatli o’yinlar turli xarakterdagi to’siqlarni yengish hamda 
har xil xislat va qobiliyatlarni ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy 
mashqlarning turli kompleksini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, 
odatda bolalarga quvonch baxsh etadigan musobaqa momentlari ham 
harakatli o’yinlar jumlasiga kiradi. 
Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o’yinlari 
taqlid qilish xarakteriga ega bo’ladi. Bola tevarak-atrofdagi borliqni 
kuzatadi, uning elementlarini o’yinga kiritadi va shu o’yin vositasida 
o’zini qurshab turgan olamni bilib oladi, unda turmush hodisalariga 
nisbatan muayyan munosabat paydo bo’ladi. 
O’quvchi turmushdagi, mehnat sohasidagi, tabiat hodisalari va 
jonivorlar hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib o’ynash bilan bu 
hodisa va harakatlarning ma’nosiga tushuna boradi, asta-sekin hayotiy 
tajribaga ega bo’ladi, qiyinchiliklarni yengishga o’rganadi, unda harakat 
ko’nikmalari hosil bo’ladi va uning tasavvurlari boyib boradi. 
Bolalarning o’zlari ijod qilib o’ynaydigan o’yinlariga keng o’rin 
berilishi zarur. Ammo bunday o’yinlarni ota-onalar hamda 
tarbiyachilarning e’tibori va rahbarligidan chetda qoldirib bo’lmaydi. 
O’yinni asta-sekin to’g’ri yo’lga solish bilan bolalarda kuzatuvchanlik
tashabbuskorlik, mustaqillik, mehnatsevarlikni o’stirish va ularni 
atrofdagi vaziyatga, o’zining va o’rtoqlarining harakatlariga to’g’ri baho 
bera bilish hamda shaxsiy muvaffaqiyatsizlikka nisbatan to’g’ri 
munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash lozim. 
Shunday qilish bilan bola asta-sekin zaruriy malakalarga ega 
bo’la boradi va shu malakalar tufayli u o’z kuchini to’g’ri sarflay 
oladigan, o’yin paytidagi turli vaziyatlarda yaxshi o’ylab harakat qila 
oladigan va kelgusida, tajribasining ortishiga qarab, turmushda 
uchraydigan qiyinchiliklarni osongina yenga oladigan bo’ladi. 
Bolani oilada tarbiyalashda ham, bog’chada tarbiyalashda ham 
uning tevarak-atrofdagi olamni bilishga aktiv intilishi dastlab o’yinda 
namoyon bo’ladi. O’yin protsessida ularning borliq haqidagi 
tushunchalari chuqurlashadi va mustahkamlanadi. 


Bolalar oilada va bolalar muassasalarida tarbiyalanganda 
butunlay o’yin va ermaklar bilan band bo’lsalar, maktabga kirish bilan 
ularning asosiy qiziqish va e’tibori o’qishga qaratiladi. 
O’yin boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun shunday bosqichki, 
bunda ular yangi bilim va tushunchalarni egallashga qaratilgan 
mustaqil faoliyatni boshlaydilar. Bolalar maktab tajriba uchastkasida 
ishlash va uyda foydali mehnat qilishdan tashqari, bo’sh vaqtlarining 
bir qismini turli o’yin va ermaklarga sarflaydilar. Bunday qilish ularga 
o’z ehtiyojlarini qondirish va yaxshi dam olish imkonini beradi. 
Harakatli 
o’yinlar 
bola 
harakatlarini 
o’stirish 
va 
takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan yurish, yugurish
sakrash, biror narsani irg’itish yoki uloqtirish, biror narsaga tirmashib 
chiqish kabi mashqlarni o’z ichiga oladi. Harakatlarning takomillashishi 
bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy etadi, yurak va nafas olish 
sistemasining faoliyati yaxshilanadi. 
Bundan tashqari harakatli o’yinlar bolalarni jismoniy jihatdan 
o’stirish uchungina emas, balki aqliy va ahloqiy jihatdan tarbiyalash 
uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Jamoa bo’lib o’ynaladigan 
o’yinlarda bolalarda maqsadga erishish uchun farosatlilik va 
qat’iyatlilik ko’rsatish, jamoa oldida, o’z xatti-harakatlari uchungina 
emas, balki o’rtoqlarining xatti-harakalari uchun ham mas’uliyatni 
sezish xislatlari tarbiyalanadi.

Download 0.85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkistоn dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti

Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish