O`ZBEKISTON GEO-IQTISODIYOTIDA TOSHKENTOLDI GEOHUDUDIDAGI
KONLARNING SANOATDAGI AHAMIYATI (OKMK, Qalmoqir koni)
https://doi.org/10.5281/zenodo.6370921
Badalov Mansur Mamarasulovich
Geologiya Fanlar Universiteti Foydali qazilma konlar geologiyasi fakulteti
Geokimyo, Mineralogiya va Petrologiya yo`nalishi 2-bosqich magistranti
Annotatsiya: O`zbekiston geoiqtisodiyotida toshkentoldi geohududidagi
konlarning sanoat ulushi, foydali qazilmalari zaxirasi ularning sanoatdagi o`rni, yillik
balansi, OTMK , Qalmoqir koni
Kalit so’zlar: resurslar, mis , okmk , neft, gaz, rux qo`rg`oshin , qurilish mollari
KIRISH
Toshkentoldi geohududi O`zbekiston geosiyosiy xaritasining Toshkent,
Sirdaryo Jizzax viloyatlarini o`z ichiga oladi. Hudud foydali qazlmalar zaxirasi,
ehtiyoji
talabiga nisbatan ancha rivojlangan hudud hisoblanadi,
Hududda foydali qazilma boyliklarining juda ko`p miqdorda mavjudligi
aniqlangan (O`z Res Dav Zaxira Qo`m 2021.y.)
Ushbu maqolada huddudagi eng yirik konlar o`rganilish tarixi,
zaxirasi ,yillik
qazib olinayotgan foydali qazilmalar (tn) istiqbolli rejalar va konlarning sanoatdagi
ulushi haqida to`xtalamiz
Qalmoqqir mis koni — Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahrining shim.gʻarbiy
qismiga tutashgan. 1931-yilda topilgan. Kondan 1951-yildan foydalanilmoqda.
Qalmoqqir mis koni. misporfir tipidagi dunyo boʻyicha eng yirik hisoblangan 10 ta
obʼyektlar qatoriga kiradi. Kon choʻkindi, vulkanogen va intruziv jinslar majmuasidan
tarkib topgan, ularda magmatik hosilalar koʻproq uchraydi. Konning geologik
tuzilishida riolitporfirlar, dolomitlar va ohaktoshlar, andezitdatsitli porfirlar, kvarsli
monsonitporfirlar, granodioritporfirli daykalar, dioritli va diabazli porfiritlar mavjud.
Vulkanogenchoʻkindi qatlam jinslarini siyenitdiorit qatoridagi asosliroq intruzivlar
yorib chiqqan va qisman ular bilan assimilyatsiyalashgan.
Asosiy ruda qamrovchi
jinslar yirik shtok shaklida mujassamlashgan siyenitdioritlar, dioritlar va
riolitporfirlardir. Porfirli shtokning yuqori qismi apofizalari karyerda, chuqurlik qismi
esa chuqur burgʻi quduqlari bilan 3700 m gacha ochilgan.
Kon rudalari 3 texnologik tipga:
oksidlangan, aralash (tarkibida ikkilamchi
sulfidlar boʻlgan) va birlamchi sulfidlarga boʻlinadi. Oksidlangan rudalar murakkab
tuzilishi bilan farqlanib, koʻpincha turli qalinlikdagi tik yotuvchi tomir, qatlam, linza
va ustun koʻrinishlarda uchraydi. Gipergenez zonasining eng koʻp qalinligi 180 m
(oʻrtacha 60–65 m), oksidlangan rudalarning oʻrtacha qalinligi 20 m, aralash va
xalkozinlilarniki 19 m dan iborat. Oksidlangan rudalardagi misning tarkibi — 0,3 dan
3% gacha, ikkilamchi sulfidli boyish zonasida — 0,3 dan 4% gacha. Qalmoqqir mis
konik.ning birlamchi rudalari tarkibida mis — 0,58%, molibden — 0,005 %, oltin —
0,5 g/t, kumush — 3 g/t, oltingugurt 1,5— 2%, kamyob elementlar (selen, tellur,
reniy, vismut, indiy va boshqalar) mavjud. Konning
markaziy qismi mis va temir
sulfidlariga boy. Oltinning taqsimlanishi xalkopiritli minerallashish bilan bogʻliq.
Rudali shtokverkning kuzatilgan qalinligi 1240 m gacha. U yaxlit uzluksiz tanani
tashkil qilib, konning oʻrta qismiga kelganda tarmoqlanadi. Konning boy oʻzak
qismining oʻlchamlari: uz. 1740 m, eni 500 m, eng katta qalinligi 450 m boʻlib, unda
mis oʻrtacha — 0,62%, molibden — 0,004%, oltin — 0,9 g/t, kumush — 3,55 g/t.
Konda metasomatik oʻzgargan jinslar keng tarqalgan. Ularda greyzenlashish eruptivli
brekchiyalar va qora granitporfirlarning daykalarida mujassamlashgan. Qalmoqqir
mis konik.ning kvarsseritsitli metasomatitlari odatdagi
ikkilamchi kvarsitlardan
oʻzida boy glinozyomli minerallarning (korund, diaspor, andaluzit va boshqalar)
deyarli uchramasligi bilan farq qiladi.Olmaliq kon-metallurgiya kombinati —
Oʻzbekistonda rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi. Kombinat 2
majmuadan — qoʻrgʻoshin-rux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata
konlari, qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi va rux zavodi)
hamda mis eritish
majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi)dan iborat.
– Qalmoqqir karerining qurilishi 1954 yilda boshlangan, 1959 yil 1 iyulda esa
kondan ilk marotaba ma`dan yuklangan va shu kungacha belgilangan ko`rsatkichlar
bajarib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda karerning uzunligi - 4000 metr, kengligi - 2000
metrni tashkil qiladi.
2020 yilda Qalmoqqir konidan 28 920 000 m3 ruda qazib olingan bo`lsa, 2021
yilning shu davriga kelib ushbu ko`rsatkich 1 472 000 m3 ga etkazildi. Rejada esa 30
392 000 m3 qilib belgilangan.