Olmaliq kon-metallurgiya kombinati




Download 307,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.01.2024
Hajmi307,17 Kb.
#147266
1   2   3
Bog'liq
Badalov Mansur Mamarasulovich

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 
Korxona tomonidan Qurama togʻlaridagi polimetalli rudalarning boy zaxirasini 
keng koʻlamda oʻzlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949-yildan boshlangan 
edi. 1950-yilda qoʻrgʻoshin koni, 1954-yilda qoʻrgʻoshinrux boyitish fabrikasi, 1955-
yilda Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961-yilda mis-molibden ruda boyitish 
fabrikasi, 1964-yilda miss eritish zavodi, 1970-yilda rux zavodi, 1971-yilda Chalata 
koni, 1974-yilda Sari-Cheka karyeri ishga tushirildi. Olmaliq konmetallurgiya 
kombinati aksiyadorlik jamiyati obʼyektlarini rivojlantirish 80-yillarda ham faol 
davom ettirildi. 1999-yildan kombinat ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 
Kombinatdatda qazib chiqarilayotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy 
elementlarni ajratib olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, 


qoʻrgʻoshin, sulfat kislotasi, mis va molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux 
kuporosi kabi mahsu-lotlar ishlab chiqariladi. Korxona boʻlinmalarini „Svedala“ 
(Shvetsiya), „Varmon“ (Germaniya), „Integra Gro-ur“ (Amerika), „Mexanabr-
Injiniring“ (Rossiya) va boshqa ilgʻor firmalarning zamonaviy asbobuskunalari bilan 
jihozlash ishlari olib borilmoqda. Kombinatt mahsulotlari chet mamlakatlarga 
eksport qilinadi.[1 
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O'zbekistonda mis ishlab chiqaruvchi 
yagona korxona hisoblanadi. Korxona rafinlangan mis, rux, molibden, qo`rg`oshin 
kontsentrati va boska mahsulotlarni ishlab chiqaradi. 
«Olmaliq KMK» AJ ulushiga respublikada ishlab chiqarilayotgan kumushning 90 
foizi va oltinning 20 foizi to`g`ri keladi. 
2018 yil avgust oyidan boshlab korxonaning davlat ulushi «SFI Management 
Group» MCHJ xorijiy kompaniyasining ishonchli boshqaruviga topshirildi. 
«Olmaliq KMK» AJning 2022 yilga qadar barcha tarkibiy bo'linmalarini 
modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish dasturi ikki milliard dollardan ziyod 
investitsiyalarni sarmoyalshtirishni ko`zda tutadi. Unda mis boyitish fabrikasi, mis 
eritish va rux zavodlari, Angren kon boshqarmasi va boshqa asosiy tsexlar ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish belgilangan. Bu, o`z navbatida, ma'nan va 
jismonan eskirgan quvvatlarni chuqur modernizatsiya qilishni nazarda tutadi. 
Ushbu dasturning amalga oshirilish natijasida «Olmaliq KMK» AJ rangli va 
qimmatbaho metallar, shuningdek, boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish 
hajmini sezilarli darajada ko`tarish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini 
oshirish, hamda bir qator muhim ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini 
qo`lga kiritadi. 
AOKA tomonidan bir guruh jurnalist va blogerlar ishtirokida Olmaliq kon-
metallurgiya kombinatiga (OKMK) press-tur tashkil etilgan. Unda OKMKda amalga 
oshirilayotgan investisiya loyihalariga e`tibor qaratilishi malum qilingan. 
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yurtimizda yirik korxonalaridan biri 
hisoblanadi. Kombinat bugungi kunda mis-molibden, rux-qo`rg`oshin, polimetall va 
oltin tarkibli ma`danlarni qazib olish va qayta ishlash bo`yicha dunyoda 30ta eng yirik 
korxonalar safidan joy olgan. Kombinat bugungi kunda ochiq va er osti konlari, 
ma`dan boyitish va oltin saralash fabrikalari, metallurgiya va sement zavodlariga 
hamda yirik texnikalariga ega rivojlangan sanoat majmuasiga aylangan. 
Mutaxassislar OKMKda amaliyotga joriy etilayotgan investisiyaviy loyihalar 
haqida keng ma`lumot berishdi.Shuningdek, “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida 
rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo`shimcha 
chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2020 yil 26 maydagi qarorga muvofiq loyihaning 
birinchi bosqichida 2021-2025 yillarda 290 ming tonna mis, 38 tonna oltin va 203 
tonna kumush ishlab chiqariladi. 2024-2028 yillarda esa loyihaning ikkinchi 


bosqichida 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab 
chiqariladi. 
Kon ishlarida zahiralar holatini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Shu 
maqsadda Buyuk Britaniyaning “SRK Consulting” kompaniyasi yordamida “Olmaliq 
KMK” AJ mineral resurslar xomashyo bazasini kengaytirish va zaxiralarni qayta 
baholashga qaratilgan loyiha joriy qilindi. 
Ayni kunda Olmaliq loyihasi (Qalmoqqir va Yoshlik I) dunyoda oltin miqdori 
bo`yicha 1- o`rin, ruda tarkibidagi oltin bo`yicha 2-o`rin, ruda hajmi bo`yicha 3-o`rin 
(19,5mlrd tonna) ma`dandagi mis miqdori bo`yicha 6 – o`rinni egallamoqda. 
Biz yuqorida sizga malum qilgan konlar Markaziy Osiyodagi eng od qatordagi 
konlar. Yurtimiz iqtisodiyotida albatta bunday konlar mavjudligi, Xalqaro 
Geoiqtisodiyotda muhin o`rin tutadi. 

Download 307,17 Kb.
1   2   3




Download 307,17 Kb.
Pdf ko'rish