O‘zbekiston turli harbiy bloklarda ishtirok etmaydi va tashkilot harbiylashtirilgan taqdirda undan chiqib ketish huquqiga ega




Download 26.18 Kb.
bet2/2
Sana22.07.2021
Hajmi26.18 Kb.
#15474
1   2
 
2. O‘zbekiston turli harbiy bloklarda ishtirok etmaydi va tashkilot harbiylashtirilgan taqdirda undan chiqib ketish huquqiga ega.
3. O‘zbekiston o‘z hududida har qanday xorijiy bazalar yoki ob’ektlarni joylashtirmaydi.
4. O‘zbekiston Qurolli kuchlari chet eldagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etmaydi.

Sovet ittifoqi tarqalib ketganidan so‘ng, O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar uchta asosiy bosqichni bosib o‘tdi. 1992-2001 yillarda asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, davlat mulkini xususiylashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tish, zamonaviy armiyani tashkil qilish va O‘zbekistonni asosiy xalqaro ta’limlarga integrallashtirishdan iborat bo‘ldi.O‘zbekiston suverenitetini hech qanday aralashuvlarsiz, Yevropa va Amerika ko‘magisiz amalga oshirishga qaror qildi. O‘zbekiston shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida RF va XXR ta’siri o‘rtasida doim muvozanatni saqlovchi davlat hisoblanadi.

O‘zbekistonning foydali geosiyosiy holati, shuningdek strategik ahamiyatga ega tabiiy resurslar zaxirasi hisobga olinsa, bu davlatda bir nechta buyuk mamlakatlarning manfaatlari to‘qnashadi. Ayrim davlatlar go‘yoki mintaqadagi barqarorlik va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Aslida esa, ular beqarorlikning omili sifatida xizmat qilmoqda. Mintaqada iqtisodiy ishtirok uchun o‘sib borayotgan raqobat, siyosiy va harbiy yetakchilik hamda biznes manfaatlarni kengaytirish hozirda ko‘rib chiqish zarur bo‘lgan omillar emas.

Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi ayrim qo‘shni davlatlar Rossiyaga geosiyosat kun tartibidagi muhim yo‘nalish sifatida qaramoqda.O‘zbekiston esa xususiy yo‘nalishga amal qilishni afzal ko‘rdi. Vaholanki, uning zamonaviy barqaror pozitsiyasi mintaqa hamda umuman dunyoda tezkor o‘zgarib borayotgan siyosiy iqlim hisobiga o‘zgarishi mumkin.



Markaziy Osiyo to‘rtta yadroviy davlat, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston bilan qurshab olingan. So‘nggi 25 yil davomida mintaqadagi yadroviy qurol sohasi bo‘yicha masalalar Hindiston va Pokistondan farqli o‘laroq diplomatiya yo‘li orqali samarali yechim topdi.Shu sababdan, mustaqillikning birinchi yillaridanoq O‘zbekiston tiyilish siyosatining faol tarafdorlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakat prezidenti tomonidan mintaqa va umuman jahondagi barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi sezilarli qadam bo‘lgan «Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan holi hudud to‘g‘risidagi bitim» (SAZSYaO) tashabbusi ilgari surildi.Mazkur bitim shuningdek, mintaqadagi davlatlar o‘rtasida qulay muhitni yaratishga ham xizmat qiladi. Bitim mintaqada terrorizmga qarshi kurashish va yadroviy qurolni terrorchilar qo‘liga tushib qolishdan saqlash kabi qator o‘ziga xos jihatlarga ega. Markaziy Osiyoda yadroviy qurol tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida O‘zbekistonning yetakchi roli alohida e’tiborga loyiq va G‘arb bilan o‘zaro munosabatlarda ustuvor yo‘nalishga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishda ham ancha ilg‘or bo‘lib, o‘rtacha narxlarda rivojlangan davlatlarning ehtiyojini qondira oladi. Bugungi kunda Afg‘oniston poytaxti Qobulning elektr energiyasi ta’minoti butunlay O‘zbekistonga bog‘liq. Geografik va etnik omillar tufayli yuzaga kelgan mintaqaviy masalalar O‘zbekiston uchun asosiy xavf hisoblanadi. Sovet davridan beri meros bo‘lib qolgan umumiy muammolar, eski xo‘jalik tizimlari va ulkan ob’ektlarni barpo qilish bo‘yicha rejalar mintaqaviy «nizo sababi» bo‘lib qolmoqda.O‘zbekiston an’anaga muvofiq ravishda Afg‘oniston muammosining tarixiy yechimiga nazar tashlashga chaqiradi, chunki ikkala davlat ham azaldan yagona madaniy maydonda yashab kelgan.O‘zbekiston qo‘shni davlat sifatida Afg‘onistonning yangi hukumatiga ko‘mak berish va uning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini tanladi hamda munosabatlarni faqatgina ikki tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozirda O‘zbekiston milliy manfaatlarni hisobga olgan holda,Afg‘oniston bilan aloqalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda va ular tomonidan rivojlanish bo‘yicha tanlangan yo‘lni hurmat qiladi. Shu tariqa, O‘zbekiston qo‘shnisidagi ichki nizolarga aralashib qolish yoki har qanday harakatlarni qo‘llab-quvvatlash borasida betaraf bo‘lib qolmoqda.O‘zbekiston mazkur mamlakatda tinchlikni va tanazzulga yuz tutgan iqtisodiyotni tiklashga oid turli tashabbuslar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. 2011 yilda ishga tushirilgan «Xayraton-Mazari-Sharif» temir yo‘li liniyasi mintaqaning kelgusi hayotida muhim o‘ringa ega bo‘ldi, chunki ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyo davlatlarining dengiz portlariga chiqishida muhim bo‘g‘im hisoblanadi.So‘nggi 50 yil ichida Orol dengizining hajmi 8 barobarga, suv hajmi esa 13 barobarga qisqardi. Bunda vaziyatni yanada keskinlashtiradigan xatar mavjud, chunki Qirg‘iziston va Tojikiston Rog‘un GES (balandligi 335 m.) va Qambarota GES (275 m.) kabi gidroelektrstansiyalari qurilganligi ikkala to‘g‘onning ishlatilishi ayniqsa ekinlar o‘sishi davrida Amudaryo va Sirdaryoga suv oqimini sezilarli ravishda kamaytiradi va qurg‘oqchilikka sabab bo‘ladi.O‘zbekiston o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ko‘p asrlik mustaqil va teng masofadagi tashqi siyosatni yuritishga qaror qildi. Natijada Toshkent mintaqadagi barqarorlik kafolatiga aylandi.YeI va AQSh mintaqada o‘zaro munosabatlarning qo‘shma maydonini yaratishga urinmoqda. Bu maydon Markaziy Osiyoning 19-asrda bo‘lgani kabi Katta o‘yin kurashi arenasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi. G‘arbning mintaqa ishlarida O‘zbekistonning strategik ahamiyatini hisobga olishiga to‘g‘ri keladi.

Markaziy Osiyoda xavfsizlik borasidagi tahdidlarni bartaraf qilishning eng oqilona yo‘li davlatlar va ularning mintaqaviy integrallashuvini mustahkamlashdir. Buning asosida kafolati va markazi O‘zbekiston bo‘lgan mintaqa barqarorligini ta’minlovchi birlashmani yaratish yotadi. Chunki, istalgan hudud, jumladan Markaziy Osiyoda geosiyosiy vakuum hosil bo‘lgan taqdirda, boshqa davlatlarning aralashuvi ehtimoli o‘sib boradi va bu butun mintaqadagi barqarorlikka salbiy ta’sir qiladi.

Download 26.18 Kb.
1   2




Download 26.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston turli harbiy bloklarda ishtirok etmaydi va tashkilot harbiylashtirilgan taqdirda undan chiqib ketish huquqiga ega

Download 26.18 Kb.